Mavzu : falsafa taraqqiyoti bosqichlari reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/19
tarix31.03.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#54544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
2-мавзу маъруза материали

Abu  Ali  ibn  Sino  (980—1037)  “Shifo  kitobi”  “Tib  qonunlari”  “  Bilimlar  kitobi”, 

“Tabiatdurdonasi” kabi asarlari mashxurdir. Borliqni talqin etishda Ibn Sino Forobiy izidan borib. 

uni “vujudi vojib” va “vujudi mumkin”dan iborat, deb e’tirof etadi. “Vujudi vojib” birinchi sabab 

vazifasini  bajaradi. “Vujudi  mumkin”  esa  uning  oqibatidir.  Vujudi  vojib  va  vujudi  mumkin vaqt 

nuqtai  nazaridan  farqlanmaydi.  Ular  o‘rtasidagi  farq,  aslida,  nafislik  darajasi  bilan  belgilanadi. 

Harakat — vujudi mumkinning ichki mohiyatidan kelib chiqadi. Harakat osoyishtalik bilan birga 

mavjud  bo‘lib,  jismlarning  o‘zaro  o‘rin  almashinuvigina  emas,  balki  keng  ma’noda  ularning 

o‘zgarishi, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishidir. Ibn Sinoning fikricha, harakat quyidagi uchta 

ko‘rinishda  namoyon  bo‘ladi:  1.  Aksidental  harakat.  Bu  harakatda  jism  boshqajism  tarkibida 

bo‘lib, o‘sha jism harakati bilan birga harakat qiladi, bir o‘rindan boshqa o‘ringa ko‘chadi, lekin 

bu jism o‘z o‘rnini o‘zgartirmaydi. 2. Majburiy harakat. U jismning o‘z harakati emas, balki uning 

asosiy  sababi  jism  mohiyatidan  tashqarida  mavjuddir.  Masalan,  ot  aravani  tortadi,  suv  tashiydi, 

odam olov yoqadi, toshni otadi va h.k. 3. Tabiiy harakat. U jismning o‘z-o‘zidan kelib chiqadigan 

harakatini  anglatadi.  Olovning  ko‘tarilishi,  shamolning  sodir  bulishi,  toshning  pastga  tushishi 

kabilar bunga misol bo‘ladi. Bu harakat o‘z navbatida doira va to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatdan 

iborat  bo‘ladi.  Harakat  fazo  va  vaqt  bilan  uzviy  aloqadadir.  Yaratilishning  intihosi  va  ibtidosi 

bo‘lmagani kabi, harakat, fazo hamda vaqtning ham boshlanish va oxirgi nuqtasi bo‘lmaydi. 

Olimning  sababiyatga  oid  mulohazalari  e’tiborga  molikdir.  Unga  ko‘ra,  sabablar  moddiy 

(muayyan holatni keltirib chiqaruvchi sabab), faol (muayyan holatni o‘zgartiruvchi sabab), shakliy 

(turli xil quvvatlar bilan bog‘langan sabab) va tugallovchi (barcha sabablarning pirovard maqsadi) 

sabablardan iboratdir. Ibn Sino Zakariyo ar-Roziy va Beruniy kabi jahon falsafiy tafakkuri tarixida 



 

birinchilardan bo‘lib kuzatuv va tajribaga muhim e’tibor qaratdi. Masalan, alloma ular ko‘magida 



xastaning  holati,  kelajakda  kutilayotgan  kayfiyati,  dori-darmonlar  tarkibi,  inson  va  atrof-

muhito‘zaro  munosabati  muammolarini  hal  etishga  urinadi.  Ibn  Sino  barcha  falsafiy  fanlarni 

nazariy  va  amaliy  falsafaga  bo‘ladi.  Nazariy  fan  metafizika  (yuqori  darajali  fan),  matematika 

(o‘rta bosqichdagi fan) va fizika (fanning pastki qatlami)dan iborat. Amaliy falsafa siyosat, huquq, 

iqtisod,  axloq-odobni  qamrab  oladi.  Olim  mantiqni  o‘zining  ilmlar  tasnifiga  kiritmaydi,  uni 

bilishning vositasi  deb  hisoblaydi.  Ibn Sinoning tabiiy-ilmiy qarashlari  serqirradir.  U  jismlarning 

o‘zaro  bir-biriga  ta’siri,  aloqadorlik,  zaruriy  va  tasodifiy  bog‘lanish  to‘g‘risida  muhim 

ma’lumotlar  qoldirgan.  Olim  o‘zining  “Tabiat  durdonasi”  (“Qurozayi  tabiat”)  asarida  sarob, 

jismlarning  solishtirma  og‘irligi,  chaqmoq,  momaqaldiroq,  nur,  yomg‘ir,  tog‘  jinslarining 

yemirilishi  va  boshqalar  haqida  qimmatli  ma’lumotlar  beradi.  Mutafakkir  o‘z  asarlarida  ilm  va 

axloq-odob  uyg‘unligi,  inson  kamoloti,  baxt-saodat,  ijtimoiy  adolat,  kishilarning  o‘zaro 

hamkorligi,  hukmdorning  burchi  to‘g‘risida  qiziqarli  g‘oyalarni  ilgari  surgan.  Uning 

ta’kidlashicha, barchani bir xil ijtimoiy mavqega erishtirib bo‘lmaydi. Aslida ular uchun muayyan 

sharoit  yaratib  bermoq  lozim.  Barchaning  boy  va  mansabdor  bo‘lishi  yoki  hammaning 

qashshoqbo‘lishi jamiyatning tanazzuli hamda inqirozidir. Lekin inson o‘zgalarga mehr-oqibatli. 

g‘amxo‘r  bo‘lmog‘i,  kerak  vaqtda  saxovat  va  muruvvat  qo‘lini  nochorlarga  uzatishi  zarurdir. 

Inson  tug‘ilishidan  boshlab,  axloqli  yoki  axloqsiz  bo‘lavermaydi.  U  hayotda  shaxsiy  va  o‘zgalar 

tajribasi,  ajdodlar  an’analari,  ta’lim-tarbiya  natijasida  shakllanadi  va  muayyan  ijtimoiy  mavqega 

erishadi. 


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin