Mavzu : falsafa taraqqiyoti bosqichlari reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/19
tarix31.03.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#54544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
2-мавзу маъруза материали

tabbiiyunlarning  (Arastu  falsafasi  va  tabiatni  o‘rganishga  ahd  qilganlarning)  falsafiy  qarashlari 

shakllana borgan.  Muhammad al-Xorazmiy  (783—850) va  Ax,mad  al-Xorazmiy va  Ahmad  al-

Farg‘oniy (taxm. 797-865) butun musulal-Farg‘oniy mon ShaRQI va jahonda tabiiy va aniq fanlar 

rivojiga  salmokush  hissa  qo‘shgan  buyuk  allomalardir.  Muhammad  al-Xorazmiy  arab 

xalifaligining  poytaxti  Bag‘dodda  “Donishmandlik  maskani”  (“Bayt  ul-hikma”)ga  rahbarlik 

qilgan.  Uning  “Astronomiya  jadvali”  “Hind  hisobi  to‘g‘risida  risola”,  “Quyosh  soati  to‘g‘risida 

risola”,  “Musiqa  haqida  risola”,  “Tiklash  va  qarshi  qo‘yish  hisobiga  oid  muxtasar  kitob”  kabi 

asarlarida  algebra  sohasiga  asos  solindi.  Sharq  xalqlari  orasida  “Buyuk  matematik”  unvoniga 

sazovor  bulgan  Ahmad  al-Farg‘oniy  astronomiya  va  matematika  sohalarida  nom  taratdi.  Uning 

“Samoviy jismlar harakati va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob”, “Astronomiya asoslari” 

asarlarida koinot xaritasi tuzilgan. Yer va fazoviy sayyoralar hajmi, iqlimlar, jo‘g‘rofiy kengliklar 

to‘g‘risida  kuzatuvchilar  orqali  asoslangan  yangi  ma’lumotlar  berilgan,  ilm-fanning  yangi 

yo‘nalishlariga  asos  solingan.  Qo‘lga  kiritilgan  ma’lumotlarni  umumlashtirish,  tadqiqotda  hissiy 

va  aqliy  mushohada  mushtarakligi  allomaga  xos  xususiyatlar  sifatida  dunyoqarashni 

shakllantirishning muhim omillari bo‘lib keldi va undan keyin yashagan ilm ax,liga ta’siri sezilib 

turdi.  Abu  Nasr  Forobiy  falsaFa'  tabiatshunoslik  va  tibbiyot  tarixini  Forobiy,  Beruniy  va  Ibn 

Sinosiz  tasavvur  qilib  bo‘lmaydi.  Abu  Nasr  Forobiy  (873—950)  —  musulmon  Sharqida 

Arastudan keyin “Ikkinchi ustoz” unvoniga muyassar bo‘lgan  yirik mutafakkir va alloma. Uning 

qalamiga  160  dan  ziyod  asar  mansub  bo‘lib,  ular  asosan  tabiiy-ilmiy  va  falsafiy  muammolarni 

sharxdash  hamda  bu  sohalarning  dolzarb  masalalarini  tahlil  qilishga  bag‘ishlangan.  U 

birinchilardan bo‘lib o‘z davri ilmlarining tasnifini beradi. Musiqa, matematika, tibbiyot, arab tili 

grammatikasi,  alximiya,  mantiq  ilmlariga  oid  qimmatli  asarlar  yaratish  bilan  birga  falsafiy 

muammolarga  bag‘ishlab  bir  qator  ilg‘or  fikrlarni  bayon  qilgan.  Mutafakkir  olamni  ikki 

ko‘rinishda:  “Vujudu  vojib”  (olloh)  va  “vujudi  mumkin”  (barcha  moddiy  va  ruhiy  narsalar) 

misolida  talqin  qiladi,  barcha  narsalar  “vujudi  vojib”  tufayli  yashash  huquqiga  ega  bo‘ladi.  Ular 

o‘zaro  bir-biri  bilan  sababiy  tarzda  bog‘lanadi.  Sababsiz  oqibat  bo‘lmaganidek,  oqibatsiz  sabab 

ham  bo‘lmaydi,  deydi  Forobiy.  Vujudi  vojib  birinchi  sabab  sifatida  o‘zga  sabab  yoki  turtkiga 

muhtoj  emas.  U  mutlaq  borliq  va  donishmandlikning  ifodasidir.  Vujudi  mumkin  esa  yaratiladi, 

lekin  o‘zi  yaralmaydi.  U  doimiy  o‘zgarishda,  ziddiyatli  munosabatlarda,  unda  barcha  narsalar 

kamolotga qarab rivojlanadi. Vujudi vojib birinchi sabab sifatida o‘zga sabab yoki turtkiga muhtoj 

emas. U mutlaq borliq va donishmandlikning ifodasidir. Vujudi mumkin esa yaratiladi, lekin o‘zi 

yaralmaydi.  U  doimiy  o‘zgarishda,  ziddiyatli  munosabatlarda,  unda  barcha  narsalar  kamolotga 

qarab rivojlanadi.  

Bilish jarayoni aql va sezgilar orqali yuzaga keladi. Bilish jarayoni cheksiz bo‘lib, u inson 

jonli  mushohada  va  tafakkurining  noaniq  narsani  bilmaslikdan  bilishgacha  bo‘lgan  murakkab 

yo‘lni  bosib  o‘tadi.  Bu  yo‘nalish  hodisalar  oqibatini  bilishdan  ularning  sababini  anglash, 

aksidensiyadan substansiyaga yetib borishni maqsad qilib qo‘yadi. Bilishda aql va mantiq ilmining 



 

maqomi beqiyosdir. Mutafakkir talqinida aqliy bilish ikki . jihatga ega: birinchidan, u konkretdan 



uzoqlashish  va  undan  umumiy  tomon  va  jihatlarni  ajratib  olishni,  ikkinchi  tomondan  esa,  ushbu 

umumiylik  ko‘magida  konkret  jihatlarning  mohiyatiga  chuqurlashishni  taqozo  etadi.  Aql 

vositasida  inson  ilm-fanni  yaratadi.  Fan  tufayli  hodisalar  mohiyati  ochib  beriladi.  Har  bir  fan 

insonning  muayyan  ehtiyojlarini  qondirishga  xizmat  qiladi.  Bundan  tashqari,  Forobiy  bilish 

ta’limotining boshqa jihatlarini ham o‘rgangan. U ilmiy tadqiqotda kuzatuv, baqsmunozara, bilish 

metodlari,  jonli  mushohadaning  cheklanganligi  to‘g‘risida  qiziqarli  g‘oyalarni  ilgari  surgan. 

Forobiy tufayli musulmon Sharqi falsafiy tafakkurida mantiq ilmi chuqur iz qoldirdi. 

Beruniy  “Oddiy  javharlar  paydo  bo‘lish  va  yo‘qbo‘lishni  bilmaydi”  degan  g‘oyani  ilgari 

surgan. U olamning Olloh tomonidan yaratilganligini e’tirof etadi. Abadiylik birinchi sabab bilan 

bog‘liqdir, chunki u yaratuvchi umrini anglatadi. Mutafakkirning taraqqiyot, qonuniyat, zaruriyat 

va  tasodifiyat  to‘g‘risidagi  mulohazalari  alohida  ahamiyatga  molikdir.  Qat’iy  zaruriyat  va 

tamoyillariga bo‘ysunadigan hodisalarga  siklik  tarzda hosil  bo‘ladigan  jarayonlar  (hayvonlarning 

urchishi, o‘simliklarning changlanishi, ekinlarning ekilishi va boshqalar) kiradi. Lekin zaruriyat va 

qonuniyat tasodifiyat bilan uzviy  aloqada bo‘ladi, chunki hamma narsalar ham muayyan tartibda 

ro‘y  beravermaydi.  Beruniyning  asarlarida  bilish  masalalari  muhim  maqomga  egadir.  Bilishga 

bo‘lgan qiziqishning ikkita sababi bor. Birinchidan, bu o‘ziga xos lazzatdir. Ikkinchidan, bilishdan 

maqsad  odamlar  ehtiyojlarini  qondirishdir.  Bilish  sezgilar  yetkazib  bergan  ma’lumotlardan 

boshlanadi.  Ular  bilishning  yuqori  bosqichi  akdiy  bilish  uchun  o‘ziga  xos  ko‘makchi  va  asos 

bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bilimning  chinligi  kuzatuv  va  sinov-tajriba  orqali  belgilanadi.  Ular  tufayli 

ashyolarning  muhim  jihatlari  o‘rganiladi,  ularning  mikdoriy  tomonlari  anikdanadi,  bilish 

jarayonining  samaradorligi  oshib  boradi.  Inson tabiat  hodisalarini  bilishga  bo‘lgan intilishda  ikki 

narsadan  ilhomlanadi.  Ulardan  biri  azaldan  berilgan  tabiiy  qiziqish,  barcha  narsalar  mazmun-

mohiyatiga  yetib  borishga  intilishdir.  Ikkinchisi  esa,  bilish  tufayli  qo‘lga  kiritilgan  yutukdardan 

manfaatdorlikdir.  Uning  fikricha.  “Agar  fanga  asoslanib  bo‘lmasa,  undan  voz  kechish  lozim” 

Beruniyga  ko‘ra,  inson  qiyofasi  tabiat  ta’sirining  natijasidir.  Uning  ichki  qiyofasiga  kelsak,  uni 

inson  cheksiz  sa’y-harakatlar  oqibatida  tubdan  o‘zgartirishi  mumkin.  Har  bir  kishi  o‘z 

xulqatvorining  sohibidir.  Jamiyat  tadrijiy  o‘zgarishlar  orqali  rivojlanib  boradi.  Adolat,  fuqaro 

uchun  g‘amxo‘rlik,  zulmni  bartaraf  etish,  jamiyatni  aql  va  adolat  tug‘i  ostida  boshqarish 

mutafakkirning idealidir.  




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin