Mavzu : falsafiy qonunlar va kategoriyalar. Reja: Falsafada usul va uslub muammosi



Yüklə 24,71 Kb.
səhifə2/4
tarix20.10.2023
ölçüsü24,71 Kb.
#157803
1   2   3   4
FALSAFIY QONUNLAR VA KATEGORIYALAR.

Falsafiy qonunlar.

Dunyoning mavjudligi ana shunday botiniy va zohiriy o‘zgarishlarning abadiy takrorlanib turishidan iboratdir. Bu takrorlanishlar esa o‘z mohiyati va xususiyatlarini saqlab qolganliklaridan qonun va qonuniyat tusini olgan. Masalan, biz Nyuton tomonidan kashf etilgan butun olam tortishish qonunini o‘rganganimizda ana shunday holni idrok etganmiz. Bu qonunning asosiy mohiyati butun olamdagi narsalarning bir-biri bilan aloqadorligi tamoyilining doimiy takrorlanishi, har soniya va har daqiqada bu holatning sodir bo‘lib turishini isbotlaydi. Xo‘sh, qonun o‘zi nima? U kishi va umuman, jamiyat hayotida qanday ahamiyatga ega? Qonunni bilmasdan, o‘rganmasdan turib yashash mumkinmig? Qonun tushunchasi kundalik hayotimizda nisbatan tez-tez ishlatib turiladigan tushunchadir. Xususan, fizika yoki kimyo qonunlari deymiz, tabiat qonuni yoki bo‘lmasa, iqtisodiy qonunlar, yuridik qonunlar va h.k. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillarining uchinchisi ham qonun to‘g‘risida bo‘lib, unda barcha sohada qonunning ustuvorligi ta'minlanishi ta'kidlanadi. Yuqoridagilarni birlashtirib turadigan, barchasi uchun ham umumiy bo‘lgan xossa, xususiyatlar bormig‘. Eng avvalo, shuni aytish kerakki, olamdagi barcha narsa — tabiat, jamiyat va inson taraqqiyoti ma'lum qonunlar asosida amalga oshadi. Fanlarning (ijtimoiy, gumanitar, tabiiy va h. k.) asosiy vazifasi har bir soha bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib, qonunlarni kashf qilish yoki ularning amal qilish xususiyatlarini o‘rganish va ochib berishdan iborat. Qancha ko‘p qonun kashf qilinsa, taraqqiyot shuncha tez bo‘ladi. Taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, rivojlanishga erishish qiyin. Yaqin o‘tmishda iqtisodiyotning o‘ziga xos qonunlarini pisand qilmay, turli xil s'ezd, plenum, konferensiya qarorlari asosida eksperimentlar o‘tkazib, barcha uchun farovon hayot — kommunizm jamiyatini barpo qilmoqchi bo‘lishganini va bunday siyosat qanday oqibatlarga olib kelgani barchaga ma'lum.
Endi shunday savol: Nima uchun inson qonunni bilishi kerak? Bunda oddiy misollarga murojaat qilamiz: yoz oylarida barcha odamlar issiq kiyimlar (etik, palto, qo‘lqop va h. k.) sotib olishadi, o‘tin yoki ko‘mir g‘amlab qo‘yishadi va h. k. Nima uchung‘ Chunki ular tabiatning bitta qonunini, ya'ni fasllarning o‘zgarishi, yozdan keyin kuz, undan keyin qish kelishini juda yaxshi bilishadi. Inson qonunlarni bilishi, ularga amal qilishi doirasida erkindir. Erkinlik nimag‘ Erkinlik anglab olingan zaruriyatdir. Har qanday qonunga xos belgilardan biri zaruriylik, ya'ni ob'ektiv tarzda amalga oshish, o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lishdir. Erkinlik esa ana shu zaruriylikni anglab olish va unga amal qilishdan iborat faoliyatni anglatadi. Yuqoridagi fikrlarni xulosa qilib, qonunga quyidagicha ta'rif berish mumkin: Qonun olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi bog‘lanishlari, o‘zaro aloqalari va munosabatlarining namoyon bo‘lishidir. Endi qonunning belgilariga to‘xtalamiz: Hozir mustaqil O‘zbekiston barcha rivojlangan mamlakatlar singari ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo qilish yo‘lidan bormoqda. Bunda umumbashariy qonunlar va mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlari e'tiborga olingan. qonun turli-tuman aloqadorliklar, bog‘lanishlardan faqat muhimlarini, ya'ni shunday bog‘lanishlarni ifodalaydiki, bular olamning mavjudligi, o‘zgarishlari va undagi narsa hamda hodisalarning mohiyatidan kelib chiqqan bo‘ladi;
- qonun zaruriy bog‘lanishlarni ifodalaydi, ya'ni tasodifiy bog‘lanishlar, goh paydo bo‘lib, goh yo‘qolib ketadigan bog‘lanishlarga asoslanmaydi.
- qonun narsa va hodisalarning umumiy bog‘lanishlarini ifodalaydi. Qonun nisbatan barqaror, takrorlanib turuvchi bog‘lanishlarni (munosabatlarni) ifodalaydi ya'ni bir safar yuz berib, ikkinchi safar yuz bermaydigan bog‘lanishlarni qonun qamrab olmaydi. Masalan, 2001 yili qishdan keyin bahor kelib, 2002 yilda qishdan keyin birdaniga yoz kelishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki, bu tabiat qonuni — fasllar o‘zgarishi qonuni doirasiga kirmaydi.




  1. Yüklə 24,71 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin