Natalia Ginzburg adabiyotdagi uslublari va uning o’zigaxosligi Har bir yozuvchining o’ziga xos uslub va usullari bo’lgani kabi Natalia Ginzburg ham bundan mustasno emas,ya’ni Natalia Ginzburg ham o’ziga xos va boshqalarning ijodiga o’xshamagan uslubda qalam tebratgan. U yaratgan barcha asarlari boshqacha bir xususiyatga ega ekanligi bilan boshqa yozuvchilardan ajralib turardi. O’zining tabiiy yo’nalishda ish yuritishni istamasligi, ko’rkam va qarshi kurash bilan ko’ngilda kechayotgan his tuyg’ularini ifodalash va ko’proq real va ta’sir kuchi barchaga birday yetib boradigan hissiy kechimmalardan keng qo’llaydi,uzoq nutqlari misli rasmlarni ifodalaganday tuyuladi va bunday yo’nalishda yozishni afzal ko’rishini bir necha bor ta’kidlab o’tadi. Biz buni u tomonidan yaratilgan buyuk san’at asarlaridan ham bilib olishimiz mumkin.
Uni “tasvirlar orqali gaplashishi”, Leone Ginzburg haqida ko’proq yaqin va alamli bir rasmga solingandek oilaviy mavzular haqidagi asarlari kitobxonlarda qiziqish uyg’ota oldi. Giulio Einaudi ofisida bir portret osilganligini eslaganda bir vaqtnig o’zida, kutilmaganda reining munosabati, shuningdek, shahar, yolg’izlikni ham tasvirlab “Memoriya” ya’ni yaxshigina mantiqiy ma’vzuga ega bo’lgan “Xotira” nomli asarini yozadi “…ko’chada yurganingda hech kim senga ergashmaydi.Agar qo’rqsang hech kim sening qo’lingdan tutmaydi. Sening ko’chang,sening shahring ham emas. Yorug’ shahar seniki emas: Yorug’ shahar boshqalarniki…”
Bu kitobida shoira fazilatlari uning qo’shiqlari orqali “bir do’st portreti” ni ifodalashi muhim ahamiyatga ega. Natalia Ginzburg, shuningdek, do’stlik munosabatlarini shahar sifatida tasvirlab bergan. O’z do’sti Cesare Pavese haqida ham so’zlab o’tadi: “Bizning shahrimiz o’xshash, biz buni yo’qotgan do’stimizdan anglayapmiz, qaysiki u uchun qimmatli edi; u qanday ediya: mehnatkash, u bu mehnatga bo’lgan ishtiyoqidan o’jar bo’lib qolgan edi; va hozirda esa u dangasa bo’lgan va dangasaligicha qolib orzu qilishga shay…”.
Nihoyatda aniq bir uslub yaratuvchi yozuvchining asarlarida uning uslubi orqali yaratiladigan ijodiy muhsuli zamirida uning juda ham aqlli shaxs ekanligi namoyon bo’ladi. Uning yozuvlarida ostida asosan ironiya,odamzot va hayotning qiyosiyligi haqidagi ma’no va mazmunlar yotadi.
Bundan tashqari, muallif qiziqarli yozmani yozish va o’zini baxtli yoki baxtsiz bo’lishligini farqlay olishini so’z ustasi ekanligi orqali tasvirlab bergan. Natalia Ginzburg fantaziyani uyg’otuvchi omil bu xayolimizda baxtsizlik xotiralarini uyg’otuvchi kechimmalarda deb biladi. Shuning uchun ham u o’quvchilarga o’z asarlarini shu qadar ishonchli va aniq yetkazib berganki,hatto o’quvchi ham asar o’qib turib uning ichiga sho’ng’ib ketadi. U quyidagi fikrlarni keltirib o’tadi: “Biz hayotimizda bizning qalb,tashnalik va huzursizliklarimizga ko’z yuma olmaymiz” deydi. U bir xil baxt og’riq keltirishi mumkin,shuning uchun, xavfli bo’lishi mumkin deydi.
Natalia Ginzburg kitoblarida odatdagi mavzularni oila mavzulari guruhi, ayol hayoti, ayol chekadigan azoblar va qiyinchiliklar,shuningdek, ko’p muvaffaqiyatsiz,anglashilmovchiliklar hamda yolg’izlik ichidagi munosabatlarni ifodalagan. Uning asarlarida asosan bosh qahramon ayol obrazi bo’lib, u ikki xil tipda kelishi mumkin: birinchisi o’ziga ishonmagan va soda obraz bo’lsa, ikkinchisi o’ziga ishongan hayotiy tajribaga ega va boshqalardan farq qilib turadigan obraz bo’lgan.