Mavzu : ginzburg asarida oila tematikasi



Yüklə 46,43 Kb.
səhifə4/9
tarix25.03.2023
ölçüsü46,43 Kb.
#89840
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KURS ISHI ITALYN Nilufar 1

I bobga xulosa.
Yuqoridagi ma’lumotlar bva fikrlarga asosan shuni xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Natalia Ginzburg adabiyot sohasida nafaqat iste’dodli va mohir qalam egasi, jamiyatda o’z o’rnini topa olgan yozuvchilardan biri, balki shu bilan birga noyob hamda mohir romannavis va adabiyotshunos sifatida ham keng ommaga tanilgan ijodkorlardan biri desak yanglishmaga bo’lamiz. U hayoti davomida ko’p qiyinchiliklarga uchragan bo’lishiga qaramasdan, hayot yo’li davomida olg’a harakat qila olgan sabrli va bardoshli ayol ekanligiga amin bo’lamiz. Uning asarlari nafaqat Italiyada,balki dunyoning boshqa shaharlarida ham sevib mutolaa qilinadi.
Asarni o’qish davomida uning mazmuni va mohiyatini bilish mumkin. Asarda oilaviy munosabatlar, do’stlik va qarindoshlik rishtalari bir-biri bilan chambarchas bog’langan holda bu mohir va iste’dodli yozuvchi tomonidan to’laligicha namoyon etib bera olganligiga guvoh bo’lamiz.

Natalia Ginzburgning “ Ti ho sposato per allegria “ asarida qahramonlar tizimi
Asar bosh qahramonlari Guliana va Pietro bo’lib, asarning boshidan oxirigacha ularning qatnashuvi ko’zga yaqqol tashlanadi. Butun bir asarning shakllanishi ularning oilaviy munosabatlari va bir birlari o’rtasidagi dialoglardan iborat. Ikkinchi darajadagi qahramonlarga Pietro va guliananing uy xizmatchisi Vittoria, Pietroning onasi, singlisi ( Ginestra), Guliananing onasi, Elena, Topazia, va Mnolo personajalarini kiritish mumkin. Bu ikkinchi darajali personajlar ham asarning rivojlanishiga muhim ta’sir ko’rsatmay qolmaydi. Bundan tashqari asar davomida bir qancha mayda personajlar qatnashuvi va aralashuvi orqali asar yana ham qziqarli voqealarga boy bo’lgan.
Giuliana. Sodda, samimiy va kambag’al bir qiz bo’ladi. U hayoti davomida doimo qiyinchilik ko’rib kelgan. Asarda Giuliananing yoshlik chog’i, uning orzulari haqida asarda keltirilgan quyidagi bir lavha orqali bir oz bo’lsa ham tasavvurga ega bo’lishimiz mumkin: “Invece a me studiare non mi è piaciuto, e mia madre voleva che diventassi maestro, ma io volevo fare o l’attrire, o ballerina” “Menga o’qish yoqmas edi va oyim meni o’qituvchi bo’lishimni xohlar edi,ammo men yo aktrisa bo’lishni, yo ballerina bo’lishni xohlar edim”. Bu yerda biz Giuliana yoshligidanoq o’qishga qiziqishi bo’lmagani, onasi Giulianani kelajakda o’qituvchi bo’lishini, ammo Giuliana esa aktrisa yoki bo’lmasa balerina bo’lishni xohlaganligini ko’rishimiz mumkin. Giuliana oyisining unga qarshi chiqqanligi uchun ham u uyidan o’n yeti yoshida qochib ketadi: “Così, a diciasette anni sono scappata di casa” “Shuning uchun ham, o’n yeti yoshimda uyimdan qochib ketdim”. Giuliana uydan qochib ketganidan so’ng uyiga kam boradigan, oyisi bilan yaxshi chiqishmaydigan bo’lib qoladi. Ustiga ustak u o’zi o’ylagan orzusini amalga oshira olmaydi, ya’ni u na aktrisa, na ballerina bo’lib yetishadi. “Ci ritorno ogni tanto, ma di rado. Non vado d’accordo con mia madre. Appena insieme, cominciamo subito a litigare. L’ho delusa, perché non sono diventata né maestro, né attrice, né ballerina”. Giuliana uyidan qochib ketgan ilk kunlari o’zini juda baxtli his qiladi, chunki u endi tug’ilib o’sgan Pieve di Monteseccoda emas, balki Rimda yashar edi. U qanday qilib aktrisa bo’lish mumkin ekanligini bilmas edi. Uning o’ylashicha, u shunchaki ko’chada u yerdan bu yerga yursa, vaqti kelib, kimdir uning oldida to’xtab, unga: “Ha, men o’z filmimga izlayotgan aktrisa aynan siz bo’lasiz” deyishi haqida hayol surib ko’chada bekordan bekor u yerdan bu yerga sang’ib yurar va kutardi. Bu orada uning otasi unga yuborib turadigan pullarining qariyb hammasini ishlatib bo’lgan edi. Shuning uchun Giuliana bir qog’oz do’koniga ishga kiradi, ammo u yerda u unchalik uzoq qolmaydi. Chunki bir kuni Giuliana qo’lidagi siyoh to’la idishni mijozlardan birining ko’ylagiga to’satdan to’kib yuboradi. Qog’oz do’konining boshlig’i buni ko’rib jaxl qiladi va Giulianani ishdan bo’shatadi. Shundan so’ng, Giuliana hayotini ozgina muddat mobaynida ishsiz o’tkazishiga to’g’ri keladi. Bir necha kundan so’ng Giulianani Paoluccio, unga oshiq bo’lib qolgan yigit, disk do’koniga ishga oladi. Aksincha, Giuliana esa unga oshiq emas edi. Giuliana disk do’koniga har kuni disk eshitish uchun keladigan, qora, uzun mo’ylovli, oppoq yuzli, ko’zlari ma’yus; hech qachon kulmaydigan bir shaxsni uchratadi. Xullas, Giuliana unga oshiq bo’lib qoladi. Uning ismi Manolo edi. Giuliana Manolo bilan birga uning uyida yashay boshlaydi. Ular o’rtasida hech qanday yaqin rishtalar, yaqinliklar bo’lmagan edi, chunki Manolo har doim Giulianaga uni seva olmasligi haqida aytardi. Manolo bilan Giuliana birgalikda ozgina vaqt yashab, oxiri yaqinlik munosabatlarini o’rnatadi. Garchi ular o’rtasida yaqinlik munosabatlari paydo bo’lgan bo’lsa-da, ammo Manolo hech qachon unga uni yaxshi ko’raman deb aytmas edi, Manolo Giulianaga oldingi xotinining chiroyli ekanligi, o’ziga bir xoslik borligi haqida gapirib berardi. Giuliana esa o’zini xo’rlanganday his qilardi. U o’zini shunchalik baxtsiz his qiladiki, hatto u oyisi bilan Pieve di Monteseccoda yashagan paytlari u yerda yashash joniga tegib ketgan bo’lsa ham, u o’zini bunchalik baxtsiz his qilmaganligi haqida aytadi. Giuliana Manolo bilan birga yashay boshlagach, u o’z ishini ham tashlab qo’yadi, u endi ortiq Paoluccioni ham ko’rmay qo’yadi, kuni bilan kravatda qoladigan yoki bo’lmasa gilam ustida mushukni siypalab o’ychan holda o’tiradigan bo’lib qoladi. Giuliana har safar unga Manoloning uylanishi haqida o’ylar edi, lekin Giuliana shubhada, chalkash holatga tushib qolgan edi, chunki Manolo Giulianaga uylanishi uchun birinchi bo’lib u oldingi xotini bilan chet davlatlarning birortasiga chiqib u yerda ajrashib kelishi lozim edi, “1975-yilgacha Italiyada ajrashish bo’lmagan”. Mana shularni o’ylab Giuliana shubha-yu chalkash vaziyatda qoladi. Bir kuni Giuliana tongda uyg’onganida uyda Manolo bo’lmaydi, uni kuni bilan kutadi, ammo Manolo qaytib kelmaydi. Giuliana Manolodan farzand kutayotgan bir paytda Manoloning uydan chiqib ketib qaytib kelmasligi Giulianani tahlikaga solib qo’yadi. Vaqt o’tishi bilan Giuliana bu tushkunlikka ham ko’nikib ketadi, har kuni ko’chada sayr qilishga chiqa boshlaydi. Bir kuni u do’kondan qaytib kelayotganda uyining oldida bir qizni, ya’ni Manoloning sobiq xotinini uchratib qoladi. Uning ismi Topazia edi. Topazia bilan ancha yaxshi kelishib ketadi. Giuliana bir kuni Topazianing br suratchi do’stini uchratib qoladi va o’sha suratchi uni Margutta ko’chasidagi bir uyga bayram kechasiga taklif qiladi. Ana shu bazmda Giuliana Pietroni uchratadi, shundan so’ng ular turmush qurishadi.

Yüklə 46,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin