Mavzu : Jamoa bilan ishlash metodikasi. Reja



Yüklə 23,32 Kb.
səhifə3/9
tarix07.01.2024
ölçüsü23,32 Kb.
#207902
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Jamoa bilan ishlash metodikasi. Reja

Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va umummilliy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyatning ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan jamoa navbatdagi muhim xususiyatdir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalishini ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir. Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining yagona ijtimoiy tizimini o‘rnata olishdagi usuli, ya‘ni jamoani tashkil qilish usuli ham muhim xisoblanadi. Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa faoliyati natijasida jamoa a‘zolari o‘rtasidagi ishchanlik, bir-biri uchun g‘amxo‘rlik, o‘zaro yordam, jamoa manfaati uchun javobgarligi xissi qaror topadi. Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma‘suliyat xissini uyg‘ota borib, jamoa a‘zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, jamoaga mansublik xissini paydo bo‘lishini uyg‘otadi, jamoa munosabatida bo‘lishi ehtiyojini oshiradi.

Jamoaning o‘ziga xos xususiyatlari.


  • Jamoaning o‘ziga xos xususiyatlari.

      Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan tashkiliy jihatlari ko‘zda tutiladi. Mazkur tuzilma bir tomondan jamoa a‘zolari qo‘shilgan ishchanlik munosabatlarini ifoda etsa, ikkinchi tomondan rahbarlik vazifasini bajaruvchi tarbiyachilar hamda jamoa a‘zolari o‘rtasidagi mavjud boshqarish munosabatlari mazmunini ifoda etadi. Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a‘zolari o‘rtasida shaxslararo ma‘naviy psixologik munosabatlarining umumiy tizimi va mikroguruxini tashkil etuvchi ayrim a‘zolar o‘rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a‘zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o‘rinni egallaydi. Tarbiyalanuvchi shaxsning jamoadagi o‘rni uning shakllanish jarayoniga ta‘sir ko‘rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo‘lganda, jamoaning rasmiy еtakchilari norasmiy munosabatlari tizimida ko‘zga ko‘ringan o‘rinni egallagan holdagina chinakam jamoa bo‘la oladi


Yüklə 23,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin