Mavzu : Jamoa bilan ishlash metodikasi. Reja



Yüklə 23,32 Kb.
səhifə2/9
tarix07.01.2024
ölçüsü23,32 Kb.
#207902
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Jamoa bilan ishlash metodikasi. Reja

Bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta‘minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning еtarli darajada uyushgan har qanday guruhlar ajratib turadi. Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me‘yorlari o‘z ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlari tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat mana shu bois jamoa hayotining bir yagona maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy g‘oyaviy yo‘nalganligi uning еtakchi belgisi hisoblanadi. Har bir jamoa boshqa bir jamoalar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Uning har bir a‘zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi. qsadi, intilishida o‘zaro birlik uzviy maqsadga muvofiq tashkil etadi. Jamoani tushinish, uni xis etish hamda shaxsni shakllantirishdagi o‘rni va rolini to‘g‘ri baholay olish umumiy va xususiy maqsadning qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatining birligini namoyon etadi hamda bo‘linishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va umummilliy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyatning ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan jamoa navbatdagi muhim xususiyatdir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalishini ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir. Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining yagona ijtimoiy tizimini o‘rnata olishdagi usuli, ya‘ni jamoani tashkil qilish usuli ham muhim xisoblanadi. Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa faoliyati natijasida jamoa a‘zolari o‘rtasidagi ishchanlik, bir-biri uchun g‘amxo‘rlik, o‘zaro yordam, jamoa manfaati uchun javobgarligi xissi qaror topadi. Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma‘suliyat xissini uyg‘ota borib, jamoa a‘zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, jamoaga mansublik xissini paydo bo‘lishini uyg‘otadi, jamoa munosabatida bo‘lishi ehtiyojini oshiradi.


Yüklə 23,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin