Mavzu : qadimgi xetlar dini qanday din



Yüklə 24,62 Kb.
səhifə5/7
tarix26.12.2023
ölçüsü24,62 Kb.
#198064
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu qadimgi xetlar dini qanday din-fayllar.org

2. Xettlarning xo`jaligi. Kichik Osiyoning tabiiy sharoiti u yerda xo`jalikning hamma tarmoqlarini rivojlanishiga imkon bergan. Xettlar va ularning ota-bobolari qadim zamondan boshlab Qizilirmoq, Sayhun, Jayhun va boshqa katta-kichik soy bo`ylaridagi unumdor yerlarda dehqonchilik qilishgan. U yerda dehqonchilikning ikki turi bo`lgan. Biri sug`orma dehqonchilik bo`lgan. Ziroatchilar katta-kichik daryo va soy sohillarini o`zlashtirganlar. To`g`on, kanal va boshqa suv inshootlari qurib, sug`orma dehqonchilik bilan mashg`ul bo`lganlar. Ziroatchilik-ning ikkinchi turi bu lalmikor dehqonchilikdir. Suv chiqmaydigan va sug`orilmaydigan yerlarda ekin ekib, hosil olish lalmikor dehqonchilik deyiladi.
Miloddan avvalgi II mingyillikdan boshlab Kichik Osiyoda yilqichilik va otlarning turli zotlarini yetishtirish rivojlantiriladi. Xettlar ot parvarish qilishni Mitanni xurritlaridan o`rganganlar. O`sha vaqtlarda otliq qo`shin va ot qo`shilgan ikki g`ildirakli jangovar arava qismlari Xett askarlarining asosini tashkil etgan. Xettlarning jangovar aravalari dushmanlarni dahshatga solgan. Xettlarda qadimdan boshlab, parrandachilik, asalarichilik va xo`jalikning boshqa tarmoqlari ham rivoj topgan edi.
Anatoliya tog`larida oltin, kumush, mis, qo`rg`oshin, tuz, tosh va boshqa ma`dan konlari ko`p boigan. Shuning uchun xettlar jamiyatida tog`-kon sanoati, temirchilik, qurolsozlik, qishloq xo`jalik qurollarini ishlab chiqarish yuksak darajada ravnaq topgan edi.
Dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik rivojlanib ortiqcha mahsulot ishlab chiqarilishi savdo-sotiqning jonlanishiga sabab bo`ldi. Mamlakatda avvalo ichki savdo, so`ng tashqi savdo ham rivoj topdi. Xettlar har tomonga savdo yo`llari tarmoqlanib ketgan qulay geografik o`rinda joylashgan edilar, bu yerdan ular ana shu yo`llar orqali Yunoniston, Urartu, Ossuriya, Mesopotamiya, O`rtayer dengizi sohilidagi mamlakatlar va Misr bilan qizg`in savdo ishlari olib borganlar.
3. Xettlar madaniyati. Xettlar ham Sharqning boshqa xalqlari kabi o`zlariga xos madaniyat yaratganlar. Xett madaniyati Mesopo-tamiya O`rtayer dengizi sohilidagi mamlakatlar, Yunoniston, Kavkaz va boshqa xalqlar madaniyatining ta`siri ostida shakllangan va rivoj topgan. Shumer-akkad yozuvi asosida o`zlarining Xett-iyeroglif va mixxatsimon yozuvlarini yaratganlar.
Kichik Osiyo va unga tutash bo`lgan joylardan topilgan xilma-xil hujjat, xett qonunlari to`plami, Xattusili III bilan Ramzes II lar o`rtasida tuzilgan do`stlik shartnomasi shumer-akkad, xett-iyeroglif va Misr iyerogliflari bilan yozilgan. Xett iyeroglif alifbosi va xatining mavjudligi, xettlarda savdoning yuksak darajada ekanligini ko`rsatadi. Xettlarda astronomiya, matematika, geometriya, tarix, agronomiya, veterinariya, tabobatva boshqa fanlar o`z davrida ancha rivoj topgan. Qadimgi xettlarda haykaltaroshlik, tosh sathiga qabartma tosvirlar ishlash rivojlangan edi. Xett haykaltaroshlari xudolar, podsholar, jangchilar ot, ot qo`shilgan jang aravalari, yarim hayvon, yarim odam – sfmkslar haykallarini va toshga o`yib tushirilgan qabartma suratlarni ustalik bilan ishlaganlar.
Xett san`ati me`morchilikda ham katta yutuqqa erishgan. Me`morlar shoh saroylarida ajoyib qasrlar, ibodatxona va ma`muriy binolar qurganlar. Ularni Xett xudolari, podsholari va jangchilarning haykal ham qabartma suratlari bilan bezaganlar. Xettlarda adabiyot ham rivoj topgan bo`lib, u xalq og`zaki ijodiyotidan kelib chiqqan. Xett adiblari ajoyib ertaklar, hikoyalar, afsonalar, dostonlar yaratganlar. „ Ullikumin haqida qo`shiq», «Telepin haqidagi afsona» va «Illuyanke haqidagi afsona» lar Xett adabiyotining ajoyib namunalari hisoblanadi.
O`sha davrda «Suppilulium I solnomasi», «Mursili II solnomasi» va «Xattusili III tarjimai holi» kabi tarixiy asarlar ham yaratilgan.
Yangi Xett podsholigi davrida esa mesopotamiyaliklarning «Gilgamesh haqida doston», Gesiodning «Teogoniey» kabi asarlari xett tiliga tarjima qilingan ekan.
Xettlarning yozgan turli asarlari mazmun jihatidan boy bo`lib, xett dunyosining ko`p jihatlarini qamrab olar edi. Xett madaniyati o`ziga xos bo`lib, sharq xalqlari madaniyatiga, xususan yunon madaniyatiga katta ta`sir ko`rsatgan.

Yüklə 24,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin