Mavzu : qadimgi xetlar dini qanday din


Xett podsholigining kuchsizlanishi va parchalanishi



Yüklə 24,62 Kb.
səhifə4/7
tarix26.12.2023
ölçüsü24,62 Kb.
#198064
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu qadimgi xetlar dini qanday din-fayllar.org

5. Xett podsholigining kuchsizlanishi va parchalanishi. Mursili II podsholigining oxirlarida Old Osiyodagi ahvol o`zgaradi. Seti I va Ramzes II fir`avnlik qilgan davrda – 1337–1235-yillarda Misr podsho-ligi kuchayadi. Misr fir`avnlari O`rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlarni qaytadan qo`lga kiritish uchun xettlar bilan qattiq kurash olib boradilar. Bu urush miloddan avvalgi 1280-yili Misr-Xett sulhi bilan yakunlanadi. Sulhga binoan Suriyaning katta qismi va shimoliy Finikiya xettlar, Palastin va Janubiy Finikiya esa misrliklar ixtiyoriga o`tadi. Shu davrda Ossur podsholari Mitannini olib, xettlarga tahdid soladilar. Xett qo`shinlari ularning hujumlarini arang qaytaradilar. Xettlar g`arbda Troadani istilo qilib, Sardi shahrini vayron qiladilar.
Miloddan avvalgi XIII asr oxirida g`arbdan Kichik Osiyo, O`rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlar va Misrga «Dengiz xalqlari» hujum boshlaydilar. «Dengiz xalqlari» – axeylar, sardlik sherdonlar, tursha-etrusk va boshqa qabilalarning ittifoqidan tashkil topgan edilar. Misr fir`avnlari juda qiyinchilik bilan ularning hujumlarini qaytarishga muvaffaq bo`lganlar. Kichik Osiyodagi katta-kichik davlatlar, xususan Xett podsholigi ham «dengiz xalqlari» hujumiga bardosh bera olmaganlar. Xettlarning jangovar aravali qismlari ham bosqinchilarning qarshiligini sindira olmagan.
Miloddan avvalgi 1190-yili «Dengiz xalqlari»ning lashkarlari Xett podsholigi markazi Xattusani ishg`ol qilib, uni vayronaga aylantiradilar. «Dengiz xalqlari»ning bergan zarbalari natijasida yaqinginada qudratli hisoblangan Xett podsholigi barham topadi. Miloddan avvalgi XII–VIII asrlarda bu qudratli podsholik mayda-mayda davlatlarga bo`linib ketadi.
Xettlarning ijtimoiy tuzumi, xo`jaligi va madaniyati
1. Xettlarning ijtimoiy tuzumi. Xett podsholigi Sharqdagi boshqa davlatlar kabi quldorlik davlati bo`lgan. Miloddan avvalgi III ming yillik oxiri va II mingyillik boshlarida Kichik Osiyoda katta-kichik shahar-davlatlari tashkil topgan. Bu shahar-davlatlarni dastlab xalq yig`ini tomonidan saylangan hokimlar boshqarganlar. Keyinchalik esa shahar-davlat hokimligi lavozimi otadan bolaga, aka-ukalarga meros qilib qoldiriladigan bo`lgan. Xett podsholaridan biri Tabarna o`zini «Ulug` podsho» deb e`lon qilgan. Tabarna Xett davlatiga asos soluvchi hisoblanib, uning ismi podsholik unvoniga aylangan. Shundan boshlab Xett podsholari o`zlarini «tabarna» deb ataganlar. Ular o`z yozuv-vasiyatlarida o`g`limni «tabarna» – podsho qildim deb yozib, hokimiyat-ni o`g`illariga topshirar ekanlar.
O`sha vaqtdagi yozuvlarning birida shunday deyiladi: «Ulug` podsho Tabarna o`z shahri Kussarda kasal bo`lib qolib o`g`li Mursilini podsholikka chaqiradi». U o`z amaldorlariga «Endi men o`g`limni sizlarning ustingizdan tabarna qilib qo`ydim», deydi.
Telepin davrida Xett davlati tashkil topadi va taxt vorisligi tartibga keltiriladi. Telepin yozuvlariga ko`ra podsholik hokimiyatini katta o`g`il, agar katta o`g`il bo`lmasa, ikkinchi o`g`il ular bo`lmagan taqdirda katta qizning eri – kuyov olishi kerak ekan. Telepin yozuvlarida podsho huzuridagi zodagonlar kengashiga ham katta e`tibor berilgan. Bu kengash podshoning qarindosh-urug`lari, aka-ukalari, bojalari, sarkardalari va boshqa amaldorlaridan iborat bo`lar ekan. Podsho katta huquqqa ega bo`lgan. Ammo mamlakat hayotiga oid ko`p masalalar kengash a`zolarining maslahati bilan amalga oshirilgan. Xettlar davlat, adliya, ijtimoiy, iqtisodiy va oila masalalarida o`z qonunlariga ega bo`lganlar.

Yüklə 24,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin