mavzu / soat / juftlik Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash


Bolalarning hayotini estetiklashtirish



Yüklə 104,79 Kb.
səhifə6/15
tarix28.11.2023
ölçüsü104,79 Kb.
#168973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2-mavzu (Ma`ruza matni)

Bolalarning hayotini estetiklashtirish tamoyili munosabat, faoliyat, bolalarning munosabatlarini go‟zallik qonunlari, ulardan quvonish hissini uyg‟otish asosida tashkil etishni talab etadi.
Bolalarning estetik tarbiyasi tizimi ularning yosh bilan bog‟liq psixologikpedagogik o‟ziga xosliklarini hisobga olish tamoyili asosiga quriladi.
Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida estetik tarbiyani tizimli tashkil etishda uning mohiyatini, uning yetakchi g‟oyalarini ifodalovchi ushbu tamoyillarga qat‟iy rioya etiladi (2-rasm)
2-rasm. Estetik tarbiyaning ustuvor tamoyillari
Maktabgacha ta‟lim yoshining turli davrlari bilan bog‟liqlikda estetik tarbiyani amalga oshirishning o‟ziga xosliklari ham aniq namoyon bo‟ladi.
Ilk yoshli bolalarda hali ularning estetik tarbiyasi to‟g‟risida emas, balki ularning hissiy va sensor rivojlanishi to‟g‟risida o‟ylash kerak. Bola yaltiroq buyoqdan xursand bo‟ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan huzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida ularning sensor-hissiy qabul qiluvchanligi takomillashib boradi. Bu yoshdagi bolalarda hissiy kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim rol o‟ynaydi. Kattalarning ochiq yuz bilan jo‟shqin ohangda gapirishlari bolaga buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga ijobiy munosabatda bo‟lishiga yordam beradi. Va, aksincha, kattalarning ogohlantiruvchi ovozi, ular yuzidagi tundlik alomati yoki humrayib qarashlari, jerkib, siltab tashlashlari bolalarda shu buyumga yoki uning sifatiga salbiy munosabatni shakllantiradi.
Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki asta-sekin takomillasha boradi. Bolalar endi faqat borliq xususiyatlarini emas, shu bilan birga san‟at asarlaridagi ayrim estetik ifoda vositalarini ham idrok eta boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqaning quvnoq va g‟amgin kuylariga, ularning qattiq va sokin ohangiga, ohista va tezligiga javob ta‟siri paydo bo‟ladi.
O‟rta yosh guruhi davrida bolalar estetik idrokining rivoj-lanishida muhim o‟zgarishlar yuz beradi. Ularning estetik idroki ancha aniq va tabaqalashgan bo‟lib qoladi. Ammo u qisqa-qisqa bo‟lib, bolaning shaxsiy tajribasi va qiziqishiga bog‟liq bo‟lib qoladi. Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazni eng oddiy estetik baholay oladi, ba‟zi bir estetik vositalarni to‟g‟ri anglaydigan, tasvir mohiyatini tushunadigan bo‟lib qoladi.
Bolalarda go‟zallikni idrok etish jarayoni aniq ifodalangan, ta‟sirli, faol tusda bo‟ladi. Bu ayniqsa, ular qo‟g‟irchoq teatri, kino, multfilm, telespektakllarni tomosha qilganlarida aniq namoyon bo‟ladi. Bolalar asar qahramonlari harakatiga qo‟shilib bemalol harakat qiladi, ularning muayyan vaziyatda o‟zlarini qanday tutishlarini aytib turadilar, go‟yo o‟zlarini ular bilan birga o‟ynayotgandek his etadi. Bu yoshdagi bolalar tanish bo‟lgan san‟at asarlarini yangi asarlar bilan solishtiradi va ba‟zi bir xulosalar chiqaradi. Bolalarni she‟rni hikoyadan, badiiy asarning ba‟zi bir janrlarini, tasviriy san‟at va musiqaning ayrim turlarini (ertakni hikoyadan, marshni raqsdan, allani o‟yindan va b.) bir-biridan ajrata boshlaydi.
Katta yosh guruhining oxiriga kelganda ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat bilan tinglaydi, tasviriy san‟at asarlarini sinchiklab kuzatadi, ulardagi ijobiy qahramonlar xatti-harakatlardan quvonadi, yomonlikni qoralaydi. Bolada musiqaviy va shoirona tinglash qobiliyati rivojlanadi. Ularda ayrim musiqa janrlariga, adabiy va tasviriy san‟at asarlariga nisbatan barqaror qiziqish paydo bo‟ladi. Bolalarda badiiy ijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil ravishda topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she‟rlar to‟qiydilar, applikatsiya va rasmlar ishlaydi. Endi ular o‟zlarining va o‟rtoqlarining ishlarini baholaydigan bo‟lib qoladi.
Kuzatayotgan san‟at asarlari, eshitayotgan musiqa asarlari, o‟qilayotgan she‟rlarning eng nozik tomonlarini ko‟ra biladilar, seza boshlaydi. Badiiy asarlardagi ba‟zi she‟riy obrazlarni eslab qoladilar va o‟z nutqlarida ishlatadilar. Tevarak atrofdagi go‟zallikka, san‟atga, badiiy va o‟yin faoliyatining xilmaxil turlariga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi.

Yüklə 104,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin