Estetik qiziqish – shaxsning estetik faoliyatni tashkil etishga, voqelik va sanat asarlarini estetik jihatdan o’zlashtirishga kirishishi.
Estetik faoliyat ko’nikmalari – estetik ehtiyojlarni qondirish yo’lida amalga oshiriladigan xatti-harakat ko’nikmalari.
Estetik mulohaza – shaxsning aniq bir estetik hodisaga munosabatini bildiradigan aqliy harakati. Shaxs o‟zi ega bo‟lgan estetik ongi va estetik faoliyat ko‟nikmalariga tayangan holda predmet, buyum, voqelik yoki hodisaning qiymati va kamchiliknuqsoni haqida hukm chiqara oladi, estetik baholaydi.
Estetik tarbiya bola tug‟ilgandan boshlab umrining oxirigacha amalga oshiriladi. Shu sababli, u nafaqat maktabda, balki sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda uyushtiriluvchi tadbirlarda, turli anjumanlarda yosh avlodni go‟zallik va nafosatni his etishga undovchi vositadir.
Estetik tarbiya faqat narsa va hodisalarning mohiyatini anglash, go‟zal jihatlarini ko‟ra bilishnigina emas, balki ichki go‟zallikni his qilish xislatini ham tarbiyalaydi. Insondagi xulqiy go‟zallikni qadriga yetishga undaydi.
Estetik faoliyatga kirishish vazifasi har bir tarbiyalanuvchining tasviriy san‟at, musiqa, xoreografiya to‟garaklarida faol ishtirok etishi, ijodiy birlashmalar, guruhlar, studiyalar va hokazolarda qatnashishini nazarda tutadi.
Ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining xususiyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega.
II. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning estetik didini rivojlanishidagi o’ziga xos xususiyatlar.Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida tashkil etiladigan estetik tarbiya o‟ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. Eng muhim xususiyat estetik tarbiyani tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil etishdir.
Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida tashkil etiladigan estetik tarbiya bolalarda axloqiy sifatlar, ijobiy xulq-atvor me‟yorlarini tarkib toptirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta‟sir ko‟rsatadi. Estetik tarbiyani olib borish jarayonida tarbiyalanuvchilarda estetik his-tuyg‟u, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va go‟zallikni sevish, go‟zallikka intilish tuyg‟ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Estetik tarbiya – tarbiyalanuvchilarda estetik ongini, borliqqa, tabiatga nisbatan estetik munosabatini shakllantirish, estetik didni qaror toptirish, go’zallikni sevish va qadrlashga o’rgatishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat va jarayon. Bolalarni estetik tarbiyalash va rivojlantirish estetik tarbiya tizimi yordamida amalga oshadi. Estetik tarbiyani tashkil etish tizimida qator tamoyillar yotadi.