mavzu / soat / juftlik Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash


Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash



Yüklə 104,79 Kb.
səhifə2/15
tarix28.11.2023
ölçüsü104,79 Kb.
#168973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2-mavzu (Ma`ruza matni)

Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash
I. Estetik tarbiya va ta’limning nazariy asoslari. Ijtimoiy tarbiyaning asosiy turlaridan biri – bu estetik tarbiya sanaladi. Aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasini estetikasiz tasavvur qilib bo‟lmaydi.
Estetik tarbiya (lot. “estezio” – go’zallikni his etaman) – shaxsni ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari, turmush go’zalliklarini anglash, idrok etish, to’g’ri tushunishni o’rganish, uning estetik didini o’stirish, unda go’zallikka muhabbat uyg’otish, go’zallikni yaratish qobiliyatini rivojlantirish.
Estetik tarbiyani tashkil qilish orqali shaxsning tabiiy va ijtimoiy borliq, voqelik, maishiy turmush, mehnatga estetik munosabati shakllanadi. Shunga ko‟ra estetik tarbiyaning maqsadini belgilash mumkin.
Estetik tarbiya)ning maqsadi – shaxsning tabiiy va ijtimoiy borliq, voqelik, maishiy turmush, mehnatga estetik munosabatini shakllantirishdan iborat.
Shaxsni estetik jihatdan tarbiyalash, unda estetik qobiliyat, didni shakllantirish va rivojlantirish masalalari alohida fan doirasida o‟rganiladi. Bu fan “Estetik asoslari” deb nomlanadi.
Estetika asoslari – nafis sanatni, badiiy ijodiyotni, tabiat va turmushdagi go’zallikning mohiyati, shakllarini, inson va ijtimoiy borliq o’rtasidagi qadriyatlar munosabatini o’rganuvchi fan.
Estetik tarbiya axloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor me‟yorlarini tarkib toptirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta‟sir ko‟rsatadi. Ta‟lim muassasalarida musiqa va tasviriy san‟at darslari, adabiyot kabi fanlarning o‟qitilishi estetik tarbiyani samarali yo‟lga qo‟yish vositasi hisoblanadi.
Oilada va ta‟lim muassasalarida nafosat tarbiyasini tashkil etish orqali o‟quvchilarda estetik qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik his-tuyg‟u, estetik did, estetik mulohaza, estetik ong, estetik ideal, estetik qarash hamda estetik faoliyat ko‟nikmalari shakllantiriladi.
Odatda estetik tarbiyaning asosiy mohiyati quyidagi tayanch kategoriyalar yordamida ochib beriladi:
Estetik did – estetik axborotlar oqimi, estetik va axloqiy meyorlar yig’indisi orqali shakllanib, shaxsning buyum, hodisalarga estetik baho berishida yaqqol namoyon bo’ladigan hodisa.

Yüklə 104,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin