Texnologiya ta’limi fanidan o'quvchilar quyidagi ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak: qog'ozni buklash usulidan foydalanib, quticha; chiqindi materiallar uchun quti, xo'tikcha, soyabonli shapka, stakan, buzoqcha, kitob uchun xatcho'p, archaga osiladigan turli o'yinchoqlar, maydalangan rangli qog'ozlardan mozaika usulida mevalar shaklini, turli bayramlar uchun niqoblar plastilindan mevalar? tort maketini, chiqindi va tabiiy materiallardan turli o'yinchoqlarni yasay olish. Sabzavot va mevalarning urug'idan applikatsiya usulida yo'lsimon naqsh tuza olish. Tikuvchilikda ishlatiladigan asboblardan foydalanib, to'g'ri chok tika olish. Maktab yer uchastkasidagi gullarni parvarishlay olish.
Texnologiya ta’limi fanidan o'quvchilar quyidagi malakalarga ega bo'lishi kerak: ish qurollaridan to'g'ri foydalanish. Qish faslini applikatsiya usulida ishlash. Archaga osiladigan turli o'yinchoqlarni rangli qog'ozlardan mozaika usulida mevalar shaklini yasash. Sabzavot va mevalarning urug'idan applikatsiya usulida yo'lsimon naqsh tuzish. "Navfo'z" bayramiga tabriknoma tayyotlash. To'g'ri chok tikish. Plastilindan jo'ja yasash. Qirqilgab geometrik shakllarni bir-biriga yelimlash. 2-sinf. Texnologiya ta’limi fanidan o'quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo'lishlari kerak: qog'ozni buklash, qirqish orqali dekorativ gullar shaklini, kitobcha uchun muqova tayyorlashni, rangli qog'ozlardan archa bezaklarini, o'yinchoq quyon, oqqush, baliq, qayiq, pingvin, samolyot, pirpirak, ikkiga
buklangan qog'ozlarni qirqish usullarini, applikatsiya usulida naqsh tuzishni, "Bahorgi guldasta " mavzusida kompozitsiya va tabriknomalar tayyorlashni, uchuriladigan qog'oz qush, turli o'yinchoqlar igna uchun yostiqcha, chok turlari, zanjir chokdan foydalanib gul shaklini, urug'lar uchun xaltacha tikishni bilish, plastilindan turli shakllarga ega bo'lgan o'yinchoqlar, xalq hunarmand ustalari ishlagan ish namunlariga qarab loy va plastilindan o'yinchoqlarni, uy jihozlaridan namunlar yasashni bilish; svetofor maketini qurush-yasashni bilish; tabiiy turli sabzavot va mevalarning urug'laridan yo'lsimon va kvadrat ichida applikatsiya usulida naqsh tuishni, mozaika usulida qo'qongul shaklini, tuxum po'choqlaridan hajmdor o'yinchoqlar, quritilgan barglardan hayvonlar, o'yinchoqlar yassahni bilish, maktab yer uchastkasida bahorgi dala ishlarini bajarishni bilish.
Dostları ilə paylaş: |