Texnologiyata’limifanidano'quvchilarquyidagiko'nikmalargaegabo'lishlarikerak:qog'ozni qirqish va buklash orqali dekorativ gullardan kompozitsiya, archa bezaklarini, o'yinchoq pirpirakni, ikkiga buklangan qog'ozlardan qirqib, applikatsiya usulida naqsh yasay olish. Qog'ozdan applikatsiya usulida tabriknoma tayyorlay olish. Igna uchun yostiqcha tika olish.Zanjir chokidan foydalanib gul shaklini tika olish. Gullayotgan daraxt shoxchasini qurish- yasay olish. Tabiiy urug'lardan applikatsiya usulida naqsh tuza olish. Quritilgan barglardan hayvonlar shaklini yasay olish. Chiqindi materiallardan o'yinchoqlar yasay olish. Maktab yer uchastakasida bahorgi dala ishlarini bajara olish.
Texnologiyata’limifanidano'quvchilarquyidagimalakalargaegabo'lishlarikerak:qog'ozni qirqish va buklash orqali dekorativ gullardan kompozitsiya, archa bezaklarini, o'yinchoq pirpirakni, ikkiga buklangan qog'ozlardan qirqib, applikatsiya usulida naqsh tuzish. Qog'ozdan applikatsiya usulida tabriknoma tayyorlash. Igna uchun yostiqcha, xaltacha tikish. Plastilindan uy jihozlarini yasash. Tabiiy urug'lardan applikatsiya usulida naqsh tuzish. Quritilgan barglardan hayvonlar shaklini yasash. Chiqindi materiallardan modellar yasash.
sinf. Texnologiya ta’limi fanidan o'quvchilar quyidagi bilimlarga egabo'lishlarikerak:qog'ozdan turli parrandalar yasash usulini, papye-mashye usulida idishlar tayyorlash va bezash usulini, mozaika usulida archa bezaklarini, lola, qo'ziqorin, sichqon, qog'ozdan hajmdor gul tayyorlash usulini va bayramlarga tabriknomalar tayyorlashni, bezak chok turlari, kartondan guldon, chovgum ushlagich, yumshoq o'yinchoq tikishni bilish; to'qish haqida ma'lumotni, to'qishda ishlatiladigan asbob-uskunalarni va ulardan foydalanishda xafvsizlik qoidalari, to'qishning oddiy usullari, texnik modellash haqida ma'lumot va turli harakatli o'yinchoqlar yasashni bilish; plastilin va loydan turli idishlar, tabiiy materiallardan turli o'yinchoqlar yasashni, tabiiy xomashyolar bilan ishlashni, urug'lardan mozaika yasashni bilish; "Qush bolasi" mavzusida kompozitsiyani, "Yil fasllari" manzarasini qurish-yasashni bilish.