Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya almashinuvi reja



Yüklə 122,15 Kb.
səhifə43/70
tarix27.01.2022
ölçüsü122,15 Kb.
#51681
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   70
Mavzu. 1 Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Modda va energiya al

BOG'LAMLARNING TURI

Mustahkamlovchi bog'lamlar bog'lash materialini jarohat sohasida mahkamlab qo'yish uchun ishlatiladi. Ular, kosinka, palaxmon, bint, yelim va plastir shaklida bo'lishi mumkin. Bintli bog'lam gavdaning muayyan qismiga, masalan, ozgina qon ketganda, qon quyilganda, doimiy tazyiq ko'rsatish uchun qo'yilsa, bosib turuvchi bog'lam deb ataladi.


Mavzu: Travmatik shok va uning belgilari.

Baxtsiz hodisalardan keyin, kuchli va og'ir shikastlanish, ko'p joyning og'ir kuyishi yoki uzoq davom etadigan og'ir operatsiyalardan so'ng yuzaga keladigan eng og'ir asoratlardan biri shok hisoblanadi. Bu og'ir holat nerv tizimi va hayotiy zarur jarayonlaming susayishi bilan hamda qon bosimining zo'r berib pasayishi bilan ifodalanadi. Shok holatini keltirib chiqaradigan sabablar turli-tuman. Baxtsiz hodisa natijasida jarohatlanishdan keyingi bu holat travmatik shok deb ataladi. Travmatik shok jarohatlanishlarda, ya'ni yumshoq to'qimalarning katta sohalari butunligining buzilishi, ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'i yoki katta nerv dastaklarining shikastlanishi, suyaklarning maydalanib ketishi, qo'l yoki oyoq qismlarining uzilishi va hokazolarda, kuyishda ko'p uchraydi.

Jismoniy toliqish, uzoq vaqt uxlamaslik, och qolish va ozib ketish, sovqotish, qon yo'qotish, nurlanish kasalligi, hayajonlanish shokka sabab bo'ladi. Shok aksari ko'p qon yo'qotishdan kelib chiqadi. Xirurgik operatsiyadan keyingi shokning paydo bo'lish sabablari quyidagicha: operatsiya uzoqqa cho'zilishi, to'la og'riqsizlantirmaslik yoki narkozning yetarli bo'lmasligi, ko'p miqdorda qon yo'qotish, operatsiyaning og'ir o'tishi, ayniqsa, sezuvchan joylarda yaralarni operatsiya qilish va hokazo. Ko'pincha shok holati shikastlangandan keyin oz vaqt o'tgach yuzaga kela boshlaydi. Bu birlamchi yoki dastlabki shok deb ataladi. Ba'zan jarohatlangandan yoki operatsiyadan keyin birmuncha vaqt o'tgach shok yuz beradi. Bu ikkilamchi shok deb ataladi. Ikkilamchi shok shikastlangan sohaning qattiq og'rishi natijasida ayniqsa, bemorni transportda tashiganda shikastlangan oyoq-qo'l yaxshilab qattiq qilib bog'lamaslik (singan suyak parchalarining bir-biridan qochishi, transportdagi silkinishlar), shuningdek, to'qimaning yemirilishi tufayli kelib chiqishi mumkin.

Shokning kechishida ketma-ket ikkita: erektil (qo 'zg 'alish holat) va torpid (tormozlangan holat) davr qayd qilinadi. Shokning erektil davrida bemorda qo'zg'alish va qo'rqish, bezovta bo'lib oyoq-qo'llarini tipirchilatishi kuzatiladi, yuzi qizaradi, tomiri tez uradi. Torpid davrda esa kasal ko'pincha loqayd bo'lib, qon bosimi past, qon tomir urishi tezlashadi (120 marta va undan ortiq), ba'zan puis butunlay yo'qoladi. Biroq amalda bu davrlarni aniqlash qiyin.

Shok quyidagi belgilar bilan ifodalanadi: nafas olish tezlashishi, harorat pasayishi, siydik miqdori kamayishi, teri oqarib ketishi, sovuq ter bosishi, yuzlarning so'rrayib qolishi va boshqalar, ko'zqorachig'i kengayib ketadi, biroq yorug'likka reaksiya beradi, ko'pincha ko'ngil ayniydi, hiqichoq tutadi, bemor qusadi.

Oxirgi vaqtda olimlar shok holatini uch darajaga bo'ldilar: birinchi daraja shokda bemorning umumiy ahvoli yaxshi bo'lib, puis minutiga 90-100 marta urib turadi, maksimal qon bosimi 100 millimetr simob ustunidan ortiq bo'ladi. Ikkinchi darajada bemor qizarib, sovuq yeyishi mumkin, puis minutiga 120-140 marta uradi, maksimal qon bosimi 70-80 mm simob ustuni o'rtasida bo'ladi. Uchinchi darajada bemorning ahvoli ancha og'irlashadi, puis minutiga 120-160 marta uradi, maksimal qon bosimi 70 mm simob ustunidan kam bo'ladi.




Yüklə 122,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin