3.3.Sportga oid o‘zaro munosabatlarda yuzaga keladigan nizolar tasnifi, sabablari, hamda ularni oldini olish va bartaraf etish yo‘llari. Mahoratli o‘qituvchi va trener o‘quvchilar faoliyatini baholashda ehtiyotkor bo‘lishi lozim. Zero, noto‘g‘ri qo‘yilgan baho o‘quvchi shaxsiga salbiy ta’sir ko‘rsatib qolmay, balki uning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini so‘ndiradi. O‘quvchi faoliyatini baholashda pedagogik tajribasiga tayanib ish ko‘rish maqsadga muvofiqdir:
Trener o‘quvchilarga amaliy yondashish balki unga shaxs sifatida munosabatda bo‘lishi lozim. O‘quvchini kelajakka ishonch ruhida tarbiyalashi zarur; trener tomonidan sport jamoasining har bir a’zosining mehnatini rag‘batlantirishi va uning dangasaligi va qobiliyatsizligi uchun jazo vositasi bo‘lmasligi zarur. O‘quv jarayonini samarali boshqarish va pedagogik nizolarni hal etish, pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri nizo sanaladi.
Nizo – qarama-qarshi, bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan kuchlar to‘qnashuvi, ikki yoki undan ko‘p taraflar orasida o‘zaro kelishuvning yo‘qligini, manfaatlar to‘qnashuvini ifodalovchi ziddiyat pedagogik nizo trener-sportchi, pedagog va talaba, ota-ona, hamkasblar yoki rahbariyat o‘rtasida pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar to‘qnashuvi, o‘zaro qarama-qarshiliklardir. Pedagogik nizo bir qator belgilarga ega. Unga xos bo‘lgan asosiy belgilar quyidagilardir:
inqiroz;
anglashilmovchilik;
kutilmagan hodisa;
zo‘riqish;
noqulaylik, ichki yoki tashqi xavotir,bartaraf etish qiyin bo‘lgan qo‘rquv;
Pedagogik nizoni keltirib chiqaruvchi omillar Davomiyligiga ko‘ra pedagogik nizolar bir necha turli bo‘ladi. Ularning asosiy turlari quyidagilardir
Pedagogik nizoning asosiy turlari Trener tomonidan adolatsizliklarga, ijtimoiy munosabatlardagi yakka hokimlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Trener pedagogik nizolarni hal etishda bir qator yo‘l tutadi. Ular orasida eng samarali yo‘llar quyidagilar sanaladi:
1. Shug‘ullanuvchi bilan nizoning ta’sir doirasini kengaytirmaslik.
2. Trener tomonidan qulay yechimlarni taklif qilinishi.
3. Pedagogik faoliyat jarayonida trener tomonidan man etilgan usullarni qo‘llamaslik,shakllardan foydalanmaslik.
4. Sportchilarnin shikoyatlari sonini qisqartirish.
5. Ikkinchi darajali masalalarni ham uzviy ravishda hal qilib borish.
6. Nizoga kirishgan sub’ektlar shaxsini kamsitadigan so‘zlardan foydalanmaslik
Pedagogik nizolarni hal etishda bir qator usullar ham qo‘llaniladi. Ular orasida eng samarali usullar quyidagilar sanaladi. Nizoni hal qilishning pedagogik va ma’muriy usullari. Pedagoglar pedagogik nizo ishtirokchilariga pedagogik, pedagogik yordam ko‘rsata olish imkoniyatiga ham ega bo‘lishlari zarur. Bu borada ko‘rsatiladigan yordam turlari quyidagilar sanaladi
Trener pedagogik nizolarni hal qilishda keltirilgan usullardan samarali foydalanish yo‘llarini bilishi lozim. Pedagog trener tomonidan nizolarni qilishning pedagogik usullari va nizolarni hal qilishning ma’muriy usullari mukammal egallashi shart. Trener tomonidan nizolarning yordam turlarini bilish talab etiladi. Nizolarni hal qilishni to‘g‘ri ta’minlay oladigan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi hamda trener tomonidan pedagogik komfliktlar kelib chiqilishi oldi olinadi. Bu ish faoliyatining asosiy omil va mezoni sanaladi.