Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари


Ta’limning tizimli va izchil bo‘lishi tamoyili



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə24/109
tarix14.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#179795
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

Ta’limning tizimli va izchil bo‘lishi tamoyili. Ta’limning bu qoidasi - ta’lim jarayonini to‘g‘ri rejalashtirishga, yagona o‘quv dasturiga ega bo‘lishiga, ta’limda tizimlilikka rioya qilgan holda dars materialini to‘g‘ri taqsimlanishiga diqqatni qaratish talab qilinadi.
Bu tamoyilning asosini, bugun o‘rganilgan bilimlar kechagini mustahkamlashi, ertaga o‘rganiladiganiga zamin tayyorlashni tashkil etadi.
Ya.A.Komenskiy va I.G.Pestalotssi o‘z davrilaridayoq bilimlarni o‘rganish uchun ularning navbatdagi har bir zvenosi, o‘zidan oldingilariga asoslanishi, yangi bilim, ilgari o‘zlashtirilgan bilimlarga mantiqiy bog‘lanishi zarurligini ishonarli tarzda isbotlaganlar.
Jismoniy tarbiya darslarini o‘tkazishdan maqsad – bolalarning salomatligini saqlash, ularning jismonan yetuk bo‘lib yetishishlari uchun shart-sharoitlar yaratish va mashg‘ulotlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish. Qanday holatda bo‘lmasin, barcha imkoniyatlardan foydalanib, jismoniy tarbiya darslarini muntazam tashkil etish, ularda o‘quvchilarning faol qatnashishini ta’minlash, organizmiga foydali yuklamalar berish juda muhim. Avvalo, jismoniy tarbiya darslari va sport trenirovkalari ham tizimlilik va izchililik tamoyiliga asoslanadi. mashg‘ulot jarayonida har bir shug‘ullanuvchining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olishni ta’minlaydi.
Ta’lim va tarbiyaning birligi tamoyili. Maktablarda beriladigan ta’lim bilan tarbiya bir butun pedagogik jarayonni tashkil etadi. Maktab ta’limida o‘quvchilar turli fanlarni o‘rganish orqali dunyoqarashlari kengayadi. Bu esa ularning ma’naviy siyosiy dunyoqarashlarini shakllantirishda muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Chunki o‘quv fanlarining har bir mavzusi tarbiyalovchilik harakteriga ega. Umuman olganda ta’lim jarayonida ikki o‘zaro bog‘liqlik, ya’ni hayotni bilish va unga bo‘lgan munosabatni tarkib toptirish jarayoni ajralib turadi.
Har bir dars o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan boyitishi ularning ong bilim doiralarini kengaytirishi, yangi ko‘nikma malakalarni shakllantirishi yoki ilgari egallaganlarini takomillashtirishi kerak. O‘quvchilar darsdan darsga go‘yo pastdan yuqoriga qadam qo‘yganidek, bilishning cheki yo‘q narvonidan yuqoriga ko‘tariladilar.
Jismoniy tarbiya darsida o‘qituvchi aniq bir maqsadni ko‘zlab inson jismoniy holatini o‘zgartirilishi jismoniy tarbiyaning asosiy vazifasidir. Jismoniy tarbiya - pedagogik jarayon bo‘lib, inson organizmini takomillashtirishga, harakat malakasini va ko‘nikmasini, mahoratini shakllantirishga qaratilgan. Yangi avlod faoliyatni o‘zidan avvalgi avloddan o‘rgangan bo‘lib, ularning o‘rtasida bilimlarni, mahorat va malakalarni o‘rgatishdan iborat aloqa va davomiylik o‘rnatiladi. Jismoniy tarbiyani o‘ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan bir biriga singib ketgan ikki guruhga bo‘lish mumkin.
1. O‘quvchilarda jismoniy salomatlikni mustahkamlash maqsadida jismoniy kamolotga ta’sir o‘tkazish, jismoniy sifatlarga ega bo‘lish va ularni takomillashtirish.
2. O‘quvchilarda jismoniy ta’lim - maxsus mahorat, ko‘nikma va bilim beradigan ta’limni tashkillashtirish.
Jismoniy tarbiya darsi jarayonida aqliy, axloqiy va estetik tarbiya vazifalarini hal etish uchun juda katta imkoniyatlar bor. Bu vazifalarni hal etish shaxsni har tomonlama kamol toptirish omili sifatida jismoniy tarbiyaning rolini kengaytirib, bevosita jismoniy tarbiyaning o‘z muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Ma’naviy va jismonan har tomonlama kamol topgan kishilargina takomillashgan jamiyat quruvchilari bo‘lishi mumkin. Barkamol insonni tarbiyalash jismoniy tarbiya to‘g‘ri tashkil etilgan sharoitda amalga oshadi. Har tomonlama rivojlangan shaxs bo‘lib, etishish biologik hamda ijtimoiy qonuniyatlar talabidir. Insonning jismoniy barkamolligi uning ruhiy kamoloti bilan uzviy bog‘liqdir. Odamning ruhiy dunyosi tashqi ta’sirlar, ijtimoiy muhit hamda insonning atrofidagi sharoitlarni o‘zgartirishga qaratilgan harakati tufayli shakllanadi. Insonning jismoniy tarbiya va sportdagi yutuqlari, rekordlari, oliy darajadagi harakat va ko‘nikmalari shakllanishi sportchining aqliy, axloqiy, ma’naviy estetik va g‘oyaviy-siyosiy shakllanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lganda qadr - qimmatga ega bo‘ladi. Har tomonlama umumiy jismoniy tayyorgarlik inson kamolotining asosiy qonuniyatlaridandir. Jismoniy fazilatlarning takomillashuvi oliy darajadagi harakat malaka va ko‘nikmalarini shakllanganligi maxsus jismoniy tayyorgarligini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Sportda rekordlar ketidan quvish yoki shuhratparastlik hislati shaxsni har tomonlama rivojlantirish tamoyilini buzadi, va natijada jamiyat uchun xos bo‘lmagan axloqsiz sportchilar shakllanadi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin