Texnik-texnologik malakalar: - mashg‘ulot jarayoniga zamonaviy texnik vositalarini tatbiq etish;
- mashg‘ulot mazmunini texnologik pasport va texnologiya xarita yordamida yoritish;
- sport mazmunini yorituvchi slaydlarni tayyorlash;
- mashg‘ulotlarini axborot texnologiyalari, interfaol metodlar yordamida tashkil etish;
- ixtisoslik fani xususiyatidan kelib chiqqan holda turli texnik vositalardan foydalanish;
- mashg‘ulotlarda proektorni qo‘llay olish;
- mashg‘ulot materiallarini audio va video yozuvlari, taqdimot asosida bayon qilish;
11.3.Ustoz-murabbiylarning kreativlik sifatlari. Kreativlik “turli vaziyatlarda ta’lim va tarbiyaga oid masalalar yuzasidan qarorlarni qabul qilishda yaqqol namoyon bo‘lib, u pedagogning ijodiy faolligini tavsiflaydi”. Mohiyatiga ko‘ra OTM pedagoglarida kreativlik sifatlarini rivojlantirish ular tomonidan pedagogik, psixologik hamda mutaxassislik fanlari asoslaridan to‘la xabardor bo‘lish, ular tomonian o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda faol qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hisobiga kechadi.
V.V.Utyomov, M.M.Zinkovkina, P.M.Gorevlarning qayd etishlaricha, kreativ shaxsni shakllantirish uch bosqichda kechadi. Ya’ni (
Kreativ shaxsning shakllanish bosqichlari
Bosqichlari
Mazmuni
Tabiiy imkoniyatlarga asoslanuvchi kreativlik
Individning o‘ziga xos xatti-harakatlarini ifodalaydi
Birlamchi (umumiy) kreativlik
Shaxsning ijodkorligini namoyon etuvchi umumiy qobiliyat (u bolaning 3-5 yoshida namoyon bo‘lib, 6-7 yoshida uning xatti-harakatlarida yaqqol ifodalanadi)
Ixtisoslashgan kreativlik
Ijtimoiy faoliyatning muayyan turi bo‘yicha ijodkorlikni namoyon etuvchi qobiliyat (unga ko‘ra kasbiy-ijodiy faoliyat tajribalariga tayangan holda, uning ta’sirida umumiy kreativlik yanada rivojlanadi)
Har qanday shaxsda bo‘lgani kabi murabbiy pedagog va trenerlarda ham ijodiy-kasbiy xarakterdagi sifatlardan biri sifatida kreativlik muayyan bosqichlarda rivojlanadi. Ta’lim amaliyotini kuzatish, malaka oshirish kursi tinglovchilarining faoliyatini o‘rganish, tashxislovchi metodlarni qo‘llash natijasida mu’lum bo‘ldiki, pedagoglarda kreativlik quyidagi to‘rt bosqichda shakllanadi va rivojlanadi.