12-MAVZU.JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA SAMARALI PEDAGOGIK FAOLIYATNING ASOSIY OMILLARI VA SHARTLARI.
12.1.Jismoniy tarbiya va sport sohasida samarali pedagogik faoliyatning asosiy omil va shartlari. Jismoniy tarbiya va sport sohasida samarali pedagogik faoliyatning asosiy omil va shartlari nima ? Ularni egallash uchun nimalarni bilish kerak? “O‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan, yuksak darajada madaniyatli, o‘z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis”. Ushbu ta’rifning mohiyatidan kelib chiqib, pedagogik faoliyat tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin:
Jismoniy tarbiya va sport sohasida samarali pedagogik faoliyatning asosiy omil va shartlari
1.Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql zakovatning yuksak ko‘rsatkichi;
2.O‘z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi;
3.Pedagogika, pedagogik–psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganlik, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalana olish;
4. O‘quv – tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal egallaganlik.
5. Pedagogik insonparvarlik yo‘nalishi;
6.Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish;
7.Pedagogik qobiliyatga ega bo‘lish;
8.Pedagogiktexnika sirlarini puxta egallash.
9. Jismoniy tarbiya va sportni targ‘ibot etish;
10.Jismoniy tarbiya va sport vositalari yordamida aholini sog‘lomlashtirish;
11.Sportchi zahiralarini, hamda xalqaro sport maydonlarida O‘zbekiston Respublikasi sporti sha’nini munosib himoya qila oladigan malakali sportchilarni tayyorlash;
12.Kelgusida sport mahoratlarini takomillashtirish maqsadida, istiqbolli va iqtidorli bolalar va o‘smirlarni saralab olish va sportda bo‘ladigan yo‘nalishlarini aniqlash.
13.Sportchi va shug‘ullanuvchining yosh xususiyatlari, jamoaning ijtimoiy-psixologik o‘ziga xosligini inobatga olgan holda mashg‘ulotda tarbiyaviy vazifalarni aniq belgilash;
14.Zamonaviy ta’lim talablaridan kelib chiqqan holda mashg‘ulot jarayonini didaktik, psixologik va metodik jihatdan rejalashtirish va tahlil qilish;
15. Mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etishning samarali shakl, metod va vositalarni asosli ravishda tanlay olish;
16.Sportchi va shug‘ullanuvchilar tomonidan o‘quv dasturi talablaridan kelib chiqqan holda materiallarni o‘zlashtirganlik natijalarini;
17.Sportchi va shug‘ullanuvchilarning tarbiyalanganlik va rivojlanganlik darajasini aniqlay bilish;
18.Sportchi va shug‘ullanuvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqish, ehtiyoj va faolliklarini rivojlantirish bo‘yicha turli ko‘rinishdagi ishlarni olib borish;
19.Mashg‘ulotdan tashqari sharoitlarda, kuni uzaytirilgan guruhlarda, to‘garak, klub yoki jamiyatlarda turli tarbiyaviy ishlarni olib borish;
20.Sportchi va shug‘ullanuvchilar, ularning ota-onalari bilan individual ishlarni amalga oshirish;
21.Sportchi va shug‘ullanuvchilarda sog‘lom turmush kechirishga bo‘lgan ehtiyojni shaxsiy va umumiy gigienaga amal qilish ko‘nikmalarini, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish malakalarini shakllantirish;
22.Mashg‘ulot jarayonida turli ko‘rsatmali qurollar, zamonaviy texnik vositalar, axborot va ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish;
23.Didaktik material va ko‘rsatmali qurollarni ishlab chiqish;
24.Ota-onalarni pedagogik bilimlar asoslari, bolalarning asosiy yosh xususiyatlari, psixologik o‘ziga xosliklari, turli yosh bosqichlarida farzandlar bilan ota-onalar o‘rtasida kechadigan munosabatlar mohiyatidan xabardor qilish;
25.O‘z-o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘zini baholash va shaxsiy faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish
Jismoniy tarbiya va sport pedagogiga pedagogik ijodkorlik, pedagogik texnika, ta’lim – tarbiya jarayonida shug‘ullanuvchilarning o‘zaro hamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, ma’naviy – ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, bu jarayonda xulq – atvorni va hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini o‘rgatadi va o‘z kasbini rivojlantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi to‘g‘risida ma’lumotlar beradi. Pedagogik mahorat jismoniy tarbiya va sport pedagogining pedagogik faoliyati zamirida takomillashib boradi. Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan, ta’lim tarbiya berishda maxsus tayyorlangan. Jismoniy tarbiya va sport pedagoglar mehnati faoliyatidir. Bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport pedagogi o‘z pedagogik faoliyati jarayonida faoliyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim:
Pedagogik faoliyatning maqsadi;
Pedagogik faoliyatning ob’ekti va sub’ekti;
Pedagogik faoliyatning vositasi;
Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo‘lmagan shaxs ta’lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta’minlovchi fikrga ega bo‘lmaydi. Pedagogik jarayon jismoniy tarbiya va sport pedagogning faoliyat mezonini begilab beradi, faoliyat pedagogik jarayonning harakat vositasidir. Pedagogik jarayonning ob’ektlari bo‘lmish shug‘ullanuvchilar guruhi va alohida shug‘ullanuvchiga, pedagogik jarayonning sub’ektlari o‘qituvchilar, tarbiyachilar, trener pedagog , jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, pedagogik jamoa tomonidan ta’lim va tarbiya beriladi. Jismoniy tarbiya va sport pedagogining pedagogik madaniyati negizini bolani tushuna olish, unga nisbatan insonparvarlarcha munosabatda bo‘lish, vaziyatni to‘g‘ri baholash, yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan ziddiyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, pedagogik faoliyatning haqligi, jamiyat taraqqiyoti hamda pedagogik jarayonda o‘quvchilar ongiga singdirilayotgan ezgu g‘oyalarning hayotda mavjudligini ta’minlashda qudratli omil (vosita) ekanligiga ishonch kabilar tashkil etadi.
1. trener pedagog, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarning shaxsiy fazilatlar bo‘yicha tayyorgarligi;
2. trener pedagog, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarning ruhiy – psixologik tayyorgarligi;
3. trener pedagog, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarning ijtimoiy – pedagogik va ilmiy – nazariy jihatdan tayyorgarligi;
4. trener pedagog, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarning maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni egallab borishi.
Yana ta’kidlash joizki, pedagogik mahorat trener pedagog, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarning shaxsiy va kasbiy sifatlarining yig‘indisi bo‘lib, trener pedagog, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarning mahoratini shakllantirishni ta’minlovchi omillarni, pedagogik–psixologik, metodik bilimlarni doimiy egallab borishi lozim. Yuksak pedagogik mahoratni shakllantirishni ta’minlovchi jismoniy tarbiya va sport sohasida samarali pedagogik faoliyatning asosiy omili quyidagilar:
a) ixtisoslik bo‘yicha o‘quv predmetini, zamon, ilm–fan, texnika taraqqiyoti darajasida mukammal bilishi, uning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlash malakasiga ega bo‘lishi;
b) ta’lim oluvchilarning yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi, ularning faoliyatini obektiv nazorat qilishi va baholashi;
v) ta’lim jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish asosida o‘z faoliyatini tashkil etishi;
g) o‘quv – tarbiyaviy jarayonni zamon talablari darajasida tashkil qilish uchun asosiy pedagogik– psixologik, metodik ma’lumotga ega bo‘lishi;
d) fanlarni o‘qitish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanishni bilishi;
e) jamoani “ko‘ra bilish”, shug‘ullanuvchilarning qiziqishlari, intilishlari, ularda uchraydigan qiyinchiliklarni tushunish va hamdard bo‘la olish, o‘z vaqtida ular fikrini anglay bilish, zukkolik bilan har bir bolaning xarakter xususiyati, qobiliyati, irodasini tushunish hamda ularga muvaffaqiyatli ta’sir ko‘rsatishning shakl, usul, vositalaridan xabardor bo‘lishi;
j) o‘z shaxsiy sifatlari (nutqining ravonligi, tashkilotchilik qobiliyati, badiiy ehtiyoji, didi va hokazo) ni takomillashtirish malakasiga ega bo‘lishi.
Yuksak saviyali pedagogik kadrlar tayyorlashga nisbatan talablar, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, o‘z kasbi bilan uzluksiz taraqqiyotga moslasha oladigan jismoniy tarbiya o‘qituvchilarning va trener murabbiylarni shakllanishi va umummilliy mavqeining o‘sib borishini ta’minlaydi.