Аsosiy terminlar Qorayish — atrofdagi to’qimalarga nisbatan zichligi yukqori bo’lgan soha. Bu soha rentgen nurini intensivrok yutganligi sababli negativ bo’lgan rentgenogrammani tasvirida oq bo’lib ko’rinadi.
Yorug’lanish — yuqori tiniqlikga ega bo’lgan soha va rentgenogrammada qora bo’lib ko’rinadi.
To’lishish nuqsoni – bo’shlikga ega bo’lgan organni kontrast modda bilan to’lishishga to’sqinlik qilayotgan to’qima.
Rentgen kompyuter tomografiyasi. Organlar va to'qimalarni qatlamli rentgenologik tekshirish usuli ko’ndalang qatlamning bir nechta rentgenogrammalarini turli burchaklarda yaratilgan kompyuterlashtirishga asoslangan.
KT ko'rish texnologiyasi. Bemorni apparatlar stoliga yotqizgandan so'ng, tekshirilayotgan organ yoki uning bir qismining olingan tasviri – topogramma deyiladi. Agar birinchi kompyuter tomograflar bitta detektorli bo‘lib, 5-10 minutda skanerlagan bo‘lsa, hozirgi zamonaviy KT lar 512 dan 1100 gacha detektorlar va EHM ga ega bo‘lib, tomogrammaning bir qatlamini olish vaqtini 2-5 sekundgacha qisqartirdi. Bu esa odam a`zolari va to‘qimalarini tekshirishga imkon berdi (R.I.Gabuniya, L.N.Kolyesnikov). Kompyuter tomografiya rentgen nurlari orqali a`zo va to‘qimalarni EHM yordamida ifodalash prinsipiga asoslangan.
Kompyuterli tomografiya Tekshirish va o‘rganish uchun ishlatilayotgan apparatga qarab KT bir necha xilga bo‘linadi. Birinchi xil kompyuter tomografiya a k s i a lyoki rentgen deb ataladi, bunda rentgen nurlari sezgir detektorlar orqali qayd qilinadi. Bu holda rentgen nurlari bemor tanasidan o‘tganida rentgen apparatining ekraniga emas, balki sezgir detektorlarga tushadi, ularda elektr impulslari paydo bo‘lib va ular kuchaytirilib, EHM ga yuboriladi. Bu yerda
maxsus algaritm yordamida rekonstruktsiya qilinib ob`ekt (a`zo) ifodasini yaratib, EHM dan telemonitorga chiqariladi.
A`zo va to‘qimalar qalinligi 2-8 mm bo‘lgan ko‘ndalang qirqimlar qatlamlarida ifodalanadi, shu jihati bilanrentgenogrammadan farq qiladi.
Ikkinchi xil kompyuter tomografiya emission kompyuter tomografiya deb ataladi. U organizmga yuborilgan RFP larning turli a`zo va to‘qimalarda yig‘ilib, ulardan chiqayotgan gamma yoki pozitron nurlarni qayd qilish prinsipiga asoslangan. Alohida a`zo yoki to‘qima nurlanishini bitta yoki ikkita detektor bilan, 40-53 sm ko‘rish maydonini nazarga olib, qayd qilinadi. Detektorlar bilan olingan ma`lumotlar EHM da tayyorlanadi va rekonstruktsiya qilinib, telemonitor ekraniga beriladi. 2-4 sekundda to‘qima qirqimining minimal o‘lchami 12 mm bo‘lishi kerak, a`zoning bus-butun ifodalanishi 15-17 minut. Zamonaviy rentgen kompyuter tomografiya asosan 4 qismdan iborat: 1) skanerlash stoli. Bemor chalqancha yotqiziladi. Uning vaziyati EHM signallari orqali avtomat ravishda to‘g‘rilanadi; 2) "Genri" shtativiga rentgen trubka, kadmiy yoki ksenon detektorlari, EHM, impulsni yig‘ib kuchaytirib beruvchi sistemalar o‘rnatilgan. Shtativda 54 sm li teshik bo‘lib, uning orqasida transportyor bemor bilan harakatlanadi (joy o‘zgartiradi). Suratlar bemor chalqancha yotganda, unga nisbatan perpendikulyar yoki 15° qiya holatda olinadi; 3) qurilmaning boshqarish konsuli va EHMning ishlash sharoiti agsharatdan tashqarida joylashgan; 4) kompyuter, unda signallarni yig‘ish, tayyorlash va tasvirlarni qayta ishlash ishlari bajariladi. Bu yerda olingan axborot saqlanadi, boshqarish konsuliga va shtativga beriladi. Axborot EHM dan telemonitorga, surat olinadigan kameraga, magnita-fon yoki flopidiskovodga beriladi. Kompyuter tomograf komplektida mikrokompyuter bo‘lib, unda olingan ma`lumotlarni tahlil qilish, tasvirni olish, qiziqtiruvchi ZOYany aniqlash, tasvirni qayta ishlash, frontal yoki sagittal holatlarda a`zo tasvirini olish, patologik manba o‘lchami va shchligini aniqlash ishlari bajariladi.
Oddiy rentgenologik tekshirishlarga qaraganda kompyuter tomografiya quyidagi afzalliklarga ega;
a) o‘ta sezgir bo‘lib, zichligi 1-2% bo‘lgan alohida a`zo va to‘qimalarni differentsiasiya qila oladi, vaholanki, oddiy rentgenogrammalarda bu ko‘rsatkich 10-20% ni tashkil qiladi;
b) kompyuter tomograf bilan a`zo va patologik o‘choqni tskshirishda olingan qatlam yuzasidagi tasvirning aniqligi, yuqori na past qatlamlarda joylashgan tuzilmalarning qatlamlanishi bo‘lmasligi orqali farqlanadi;
v) kompyuter tomografiya alohida a`zo, to‘qima va patologik tuzilmalar kattaligi, zichligi to‘g‘risida axborot olish imkonini beradi;
g) kompyuter tomografiya tekshirilayotgan a`zoni o‘rganishdan tashqari, patologik jarayonning atrofidagi a`zo va to‘qimalarga ko‘rsatadigan ta`sirini ham nazarga oladi;
d) kompyuter tomografiya orqali tomogramma qilish, ya`ni tekshirilayotgan soha tasvirini uzunasiga olish mumkin, bu esa patologik o‘choqning qayerga borganligini aniqlashga imkon beradi.