Mavzu 15 Technika sohasidagi tadqiqotlar axborot resurslari



Yüklə 169,55 Kb.
səhifə11/42
tarix19.06.2023
ölçüsü169,55 Kb.
#132428
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
сохавий

1. Hujjat (H) - insoniyat yaratgan sotsial axborot manbai bо‘lib, saqlash va tarqatish vazifasini bajaradi.
2. Axborot iste’molchisi (talabchisi) – axborotdan turli (ilmiy, ishlab chiqarish, ijodiy, о‘quv va h.k.) maqsadlarda foydalanuvchi shaxs yoki guruh (jamoa).
3. Hujjatlar kommunikatsiyasi (hujjatlar axborot tarqatish – aloqa yо‘llari) jamiyatda hujjatlar yordamida axborotni tarqatish (yetkazish) usullari yoki jarayonlari.
4. Hujjatlar kommunikatsiyasi tizimi (hujjatlar va axborot iste’molchilari muloqoti tizimi) umuman jamiyatda hujjatlar mavjudligi va axborot iste’molchilariga ularni yetkazish tizimidir.
Keng axborotlar muloqoti tizimining kichik tizimi hisoblangan u sotsial axborotni tarqatuvchi sifatida hujjatlarni qidirish, analitik-sintetik qayta ishlash, saqlash, tarqatish va foydalanishni ta’minlaydi. Boshqacha qilib aytganda, hujjatlar va axborot iste’molchilari muloqoti tizimi hamma hujjatlar, hujjatlashtirilgan axborotning iste’molchilari va ular о‘rtasidagi ichki va tashqi shart-sharoitlarga xos munosabatlarning majmuasidir.
Hujjatli axborot aloqa yо‘llari tizimi inson faoliyatining barcha sohalariga xizmat qiladi. Hozirgi kunda uning ahamiyati katta. Hujjatlar aloqa yо‘llari tizimiga maxsus bu tizimning mavjudligi va rivojlanishini ta’minlovchi, maxsus shu maqsad uchun tuzilgan qator ijtimoiy institutlar, jumladan, nashriyot-tahririyat ishi, kitob savdosi, kutubxonachilik ishi, arxiv ishi, ilmiy-axborot faoliyati va nihoyat, bibliografik faoliyat kiradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, matbuot asari yuqori darajada insonning sotsial axborotni qabul qilishda fizik imkoniyatlari va ruhiy xususiyatlariga mos keladi va shu ma’noda ular tengi yо‘q. Shu sababli, fan-texnika taraqqiyoti axborotni hujjatli aks ettirishning uzoq muddatli yangi texnologiyalarini vujudga kelishi bilan о‘zgartirishlar kiritmasin, bosma asar hujjatlar aloqa yо‘llari tizimining eng asosiy tarkibiy qismi bо‘lgan, shunday va kelajakda ham shunday bо‘lib qoladi.
Kitob, jurnal, gazeta va axborotning boshqa hujjatli manbalari (hozirda, ayniqsa elektron hujjatlar) jahon bо‘yicha tо‘xtovsiz о‘smoqda. Bosma kitob taxminiy hisob bо‘yicha 1500 yili 30800 nomdagi (inkunabul) kitoblar, XYI asrda 285800, XYII asrda 972000 va h.k. 1908 yilda jahonda 10 378 500 nomdagi bosma kitob hisobga olingan. Hozirgi kunda jahonda chiqqan kitoblarning aniq hisobini olish qiyin, taxminiy ma’lumotlarga kо‘ra u 50-70 milliongacha nomga yetadi.
Shuningdek, jahon bо‘yicha chiqayotgan jurnal va gazetalarni ham aniq hisobini olish qiyin. Turli ma’lumotlarni umumlashtirib kо‘rilganda jahon bо‘yicha 70-80 ming nomda jurnal va davomli nashrlar, 50 minggacha kunlik gazetalar chiqarilar ekan. Hozirda insoniyat ega bо‘lgan matbuot asarlarining umumiy hajmi ulkan miqyosdadir. Shu bilan birga bizning axborotni qabul qilish imkoniyatlarimiz cheklangan.
Har kuni yuz betdan о‘qigan kitobxon bir yilda о‘rtacha 300 saxifalik kitobdan 120 tasini о‘qir ekan. Endi 40 ta tilni biladigan ximik-olim bir xaftada jahon bо‘yicha chiqayotgan ximiyaga oid ilmiy jurnallarni kо‘rishga 40 soat sarflasa, bunda u bir soatda 3 tadan maqola kо‘ra olsa, 50 yillik tinmay ishlashi natijasida u faqat shu sohaga oid bir yillik jurnallar tо‘plamini kо‘rib chiqishga ulgurar ekan. Ayni vaqtda bunday hujjatlar ichidan nimani va qanday о‘qish kerak, degan savol tug‘iladi. Inson qо‘liga tushgan hamma hujjatni biror bir tartibsiz о‘qishi ham mumkin emas. Akademik S.I.Vavilovning iborasi bilan aytganda “hozirgi zamon kishisi kutubxonalar gimalayi oldida qumlar orasidan oltin zarrasini qidirib topishi kerak bо‘lgan oltin qidiruvchidek ahvoldadir”.
Bu holatda u zarur axborot manbaini topish va aniq tanlashni a’minlovchi ixtitsosli yordamga muhtojdir. О‘z navbatida hujjat va iste’molchi о‘rtasida jamiyatda yig‘ilgan ulkan hujjatlar resurslarini samarali va oqilona foydalanishga ta’sir kо‘rsatuvchi maxsus vositachiga ehtiyoj seziladi. Shu vositachi b i b l i o g r a f i ya d i r .

1.1.2. “Kitob-kitobxon” munosabati – bibliografik axborotni vujudga keltiruvchi omil



“Kitob-kitobxon” munosabati tahlil qilinganda kitob kitobxonga qarshi turadi, chunki kitobda inson ongida bо‘lmagan, lekin u о‘zlashtirib olishi mumkin va (yoki) zarur bо‘lgan axborot mavjud. Bu qarama-qarshilik mavjud ekan, “kitob-kitobxon” munosabati ham mavjud va saqlanadi. Kitobxon kitobni о‘qib bо‘lgach, ular orasidagi zarur aloqa yо‘qoladi, kitobning mazmuni kitobxon ongiga singiydi, u bilan tenglashadi.
Quyidagi sabablar “kitob-kitobxon” munosabatini vujudga keltiradi: 1-misol: oddiy “О‘zbekiston tarixi” maktab darsligini va shu sohada ishlayotgan olimni olaylik. Bu holda hujjat iste’molchi ongida bо‘lmagan axborotni aks ettirmagan va ular orasidagi darslikni о‘qib bо‘lgungacha bо‘lgan bir xillik yо‘q.
2-misol: kitobxonning qulida u tushunmaydigan tilda yozilgan kitob. Kitob kitobxonni qiziqtiradigan axbortni aks ettiradigan bо‘lsa ham u bu axborotni о‘zlashtira olmaydi.
3-misol: kitobning mazmuni tushunarsiz bо‘lganligi sababli ham kitobxon uni о‘qiy olmaydi.
Mana shu uch misol kitob va kitobxon о‘rtasida muvofiqlik yо‘qligini bildiradi. Lekin muvofiqlikning bunday yо‘qligi mutlaq, о‘tkinchidir. Olim bilan tarix darsligi orasida munosabat agar olim bu kitobni taqrizlash maqsadida undagi dalillarning ilmiyligini, tо‘liqligi, materialning bayon qilinish shakli nuqtai-nazaridan baho bermoqchi bо‘lgan holda paydo bо‘ladi. Xorijiy tildagi kitob bilan esa kitobni kitobxonning ona tiliga tarjima qilinganda yoki kitobxon bu tilni о‘rgangan holda paydo bо‘ladi. Mazmuni tushunarsiz kitob bilan kitobxon о‘rtasida ham kitobxon bu sohada eng yuqori ma’lumot darajasini egallab tushuna oladigan bо‘lgan holda munosabat paydo bо‘ladi.
О‘qish jarayoni axborotni qabul qilish jarayoni sifatida shaxs bilimini kengaytiradi va chuqurlashtiradi, uning kitobxonlik qiziqishlarini va imkoniyatlarini rivojlantiradi.
Demak, hujjat va iste’molchi о‘rtasidagi muvofiqlik bibliografik axborot nazariyasi uchun muhimdir. U hujjat har doim qandaydir iste’molchiga, ma’lum axborot talabchilari guruhiga qarshi turishini kо‘rsatadi. Ular orasidagi bu muvofiqlik “hujjat-axborot iste’molchisi” munosabatining paydo bо‘lishi va mavjudligining zarur shartidir.
Yuqoridagi munosabatlar har doim ham bevosita aloqa yо‘li bilan hal qilinmaydi, aks holda xech qanday vositachiga ehtiyoj bо‘lmas edi.
Hujjatlar aloqa yо‘llari tizimida zarur axborotni olishga tо‘siqlik qiladigan ichki sabablar – qarama-qarshiliklar mavjud bо‘ladi. Bu qarama-qarshiliklar, tо‘siqlar hujjatlar sonining kо‘pligi va turli-tumanligi, axborotning hujjatli manbalari ahamiyatining о‘sishi natijasida paydo bо‘ladi. Bu tо‘siqlar – makon, geografik, son, mazmun, sifat, til, qidirish-strategik, vaqt, iqtisodiy, korxona, nashriyot-tahririyat, kutubxona-bibliografik tо‘siqlaridir. Bu tо‘siqlar hujjatlar aloqa yо‘llari tizimining tartib-qoida asosida harakatlanishiga, rivojlanishiga tо‘sqinlik qiladi.
Shunday qilib, “hujjat-axborot iste’molchisi” munosabati о‘zining ichki xususiyatlariga kо‘ra hujjat va axborot iste’molchilari orasidagi muvofiqlikni amalga oshirish maqsadida о‘zida vujudga keladigan axborot tо‘siqlarini bartaraf etuvchi maxsus vositaga zaruratni keltirib chiqaradi.

1.1.3. Bibliografik axborotning paydo bо‘lishi va rivojlanishining asosiy yо‘nalishlari



Hujjatlar yaratilishi bilan jamiyat orasida keng tarqalib ketadi. Hujjatlar soni, turining kо‘payishi natijasida bu hujjatlarni uzoq muddat saqlash va foydalanilishini ta’minlash uchun birinchi navbatda insonning qiladigan ishi – bu shu hujjatlarni ma’lum bir joyda tо‘playdi.Aynan qadimgi kutubxonalar – hujjatlar aloqa yо‘llari tizimidagi dastlabki tarixiy ijtimoiy institutlar shu yо‘sinda paydo bо‘lgan.
Bibliografik axborot eramizdan avvalgi uch ming yillikda Qadimgi Shumerda vujudga kelgan. Shumer podsholigi kutubxonachilari katta yopiq qutilarda yoki savatlarda mixxat matnli loy tablichkalarni saqlaganlar.
Nippurdagi saroyda shunday loy tablichkalarning bir necha mingi topilgan. Shubhasiz, shuncha katta sonli tablichkalar ichidan keraklisini topish oson bо‘lmagan. Qadimgi Shumer kutubxonachilari bu ahvoldan qutulish yо‘lini topdilar. Ular har bir quti yoki savatlarni shu quti yoki savatda saqlanayotgan hujjatlar rо‘yxati berilgan alohida tablichka, о‘ziga xos yorliq bilan ta’minladilar. Bu rо‘yxatlar о‘sha davr kutubxonalarida mavjud bо‘lgan hujjatlar mazmuni va tarkibi haqida tushuncha beruvchi va ularni qidirishni osonlashtiruvchi birinchi kutubxona kataloglari edi. Shunday qilib, Shumer kutubxonachisi bibliografik axborotning birinchi katalog shaklini kashf etdi.
Keyinchalik kataloglar yirik kutubxonalarning zarur vositalariga aylangan.
Eramizdan avvalgi YI asrda о‘sha davrda Ussuriya shoxi Ashurbanipalga qarashli Nineviya kutubxonasining katalogi bir necha о‘n minglab asarlar yig‘ilgan taraqqiy etgan kutubxonaning katalogi edi. U fondda о‘sha davrda ma’lum bо‘lgan fanning hamma sohalariga oid loydan jadvallari bо‘lgan. Bu katalogni kutubxonada ishlagan olimlar va xattotlar tuzganlar.
Qalimgi Misrning Edfu shahrida “Dom papirusa” (“Papirus uyi”) deb nomlangan kutubxona bо‘lgan. Biroq bu kutubxonaning bironta qо‘lyozmasi saqlanmagan. Kutubxonaning bizgacha saqlanib qolgan katalogidan uning fondi qanday tarkibda bо‘lganligini aytish mumkin. U katalog kutubxonaning tosh devorlaridan biriga о‘yib yozilgan. U ikki qismdan iborat sistemali katalog edi. Uning 1-qismi 12 qutining, 2-qismi esa 22 qutining mazmunini ochib bergan.
Ellinistik Misrning yirik kutubxonalaridan biri Aleksandriya kutubxonasi bо‘lib, о‘z davrida eng taraqqiy qilgan, millionga yaqin kо‘p tillardagi hujjatlarni о‘z ichiga olgan.
Eramizdan avvalgi SH asrda Aleksandriya kutubxonasining bosh kutubxonachisi, olim va shoir Kallimax “Fan sohalarining hammasida mashxur bо‘lgan kishilar (va ular yozgan asarlar) ning jadvali” (“Tablitsi tex, kto proslavilsya vo vsex oblastyax znaniy (i togo, chto oni napisali)” nomli adabiy-tarixiy va bibliografik asar yaratgan. U faqatgina sistemali katalog bо‘lmay, balki yana о‘sha davr grek adabiyoti ham unda tasvirlangan edi.
Qadimgi Gretsiyada ham eramizdan avvalgi YI asrda Aristotel “Didaskali” nomli bibliografik asarini yaratgan. Qadimgi Rimda mashhur shaxslar (olimlar, yozuvchilar, shoirlar, imperatorlar, lashkarboshilar) о‘z asarlari rо‘yxatini tuzganlar. Masalan, Sitseron va antik dunyo vrachi Galenlar.
Antik dunyoning yemirilishi bilan u yaratgan kitob madaniyati ham yemirildi, vayron bо‘ldi. Hujjatlar aloqa yо‘llari tizimi о‘zining boshlang‘ich davriga qaytdi.
XII asrda Yevropada universitetlar, ular qoshida esa kutubxonalar paydo bо‘ldi, ularda kitoblar tasvirlandi, eng yaxshi kitoblarning rо‘yxatlari va kataloglari tuzildi. О‘rta asrlar oxiriga kelib Yevropada qо‘lyozma kitoblar soni qadimgi dunyodagidan ham kо‘p edi.
Biroq, Yevropada hujjatlar muloqoti tizimidagi haqiqiy о‘zgarish bosma kitobning kashf qilinishidan keyin yuz berdi. Bu yangi tiklanig davriga tо‘g‘ri keldi. Antik dunyo madaniyati, inson bilimini aks ettirgan rivojlanishga yakun yasovchi yirik bibliografik asarlarga ehtiyoj paydo bо‘ldi. Bu borada Shveysariya olimi va bibliografi Konrad Gesner (1516-1565) tuzgan “Vseobshaya biblioteka” nomli yirik bibliografik asar diqqatga sazovordir. Gesner о‘sha davr jahon qо‘lyozma va bosma kitoblarining 20 foizga yaqinini bu bibliografiyasida hisobga olishga erishgan. Keyinchalik bironta bibliografik asarda hujjatlarni qamrab olishda bunchalik yuqori darajaga erishilmagan.
Xuddi shu davrda Yevropada bibliografik axborot tuzish va tarqatishning muhim vositasi bо‘lib qolgan yana bir jamoat instituti – kitob savdosi paydo bо‘ldi. 1564 yilda kuzgi Frankfurt kо‘rgazmasida birinchi marta kо‘rgazmaga sotish uchun qо‘yilgan kitoblarning yig‘ma katalogi paydo bо‘ldi, bu kitob savdosi bibliografiyasining birinchi manbaini vujudga kelishi edi.
Shunday qilib, hujjatlar va axborot iste’molchilari muloqoti tizimi mavjudligining dastlabki bosqichida bibliografik axborot paydo bо‘ldi va u ikki asosiy yо‘nalishda rivojlandi:
- Bibliografik axborotning katalog shakli (bu bir kutubxonaning fondi va unda hujjatlarning joylashgan о‘rni kо‘rsatilgan bо‘lsa),
- Bibliografik axborotning boshqa shakllari (bunda esa aniq bir fondda bibliografiyalanayotgan hujjatlarning saqlanish о‘rni bilan bog‘liq cheklanishning yо‘qligi bilan xarakterlanadi).
Bibliografik axborotning bibliografik vositachilikdagi о‘ziga xos xususiyati shundaki, bibliografik axborot rivojlanishida axborot iste’molchilariga hujjatning о‘zi emas, u haqidagi ma’lumot harakati tashkil qilinadi. Bu ma’lumotdan hujjatning о‘zisiz, alohida foydalanish mumkin. Shuning uchun ham bibliografik axborot sotsial axborotning alohida turi sifatida ikkilamchi – yordamchi (vositachi) hisoblanadi.

Yüklə 169,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin