Mavzu 15 Technika sohasidagi tadqiqotlar axborot resurslari


Bibliografiyalash ob'yekti (hujjat) ning mazmuniga kо‘ra



Yüklə 169,55 Kb.
səhifə14/42
tarix19.06.2023
ölçüsü169,55 Kb.
#132428
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
сохавий

Bibliografiyalash ob'yekti (hujjat) ning mazmuniga kо‘ra biblografiya universal va soha bibliografiyasiga bо‘linadi. Bu turlari bilan kо‘p tarmoqli, tematik, kompleks, personal, о‘lkashunoslik va mamlakatshunoslik bibliografiyasi tushunchalari uzviy bog‘liqdir.
Universal bibliografiya - bibliografiyalash ob'yektining rasmiy belgilariga tayanadigan va bibliografiyalanadigan hujjatning mazmuniy tarkibi shu rasmiy belgilari orqali namoyon bо‘ladigan bibliografiyadir. Masalan, О‘zbekiston Respublikasi milliy kitob palatasining “О‘zbekiston kitoblarining yilnomasi” kо‘rsatkichi. U faqat О‘zbekistonda chiqqan kitob va kichik risolalarni (boshqa nashrlarni emas) hisobga oladi. Shu tanlab olingan kitob va kichik risolalar qо‘llanmada joylashtirishda mazmunan sistemali tartibda gruppalashtiriladi.
Soha bibliografiyasida esa aksincha, hujjatning mazmuni birinchi darajali ahamiyatga ega, rasmiy belgilari esa zarur hollarda qо‘shimcha sifatida cheklash maqsadida foydalaniladi. Masalan, tarmoq kundalik bibliografik qо‘llanma tuzishda shu sohaga oid yangi chiqqan adabiyotlar, ya'ni bir hafta, ikki hafta, bir oy, bir kvartal yoki yarim yil (qо‘llanmaning xronologik belgilanishiga qarab) olinadi. “Geologiya Sredney Azii”, yoki “Geografiya Uzbekistana” kо‘rsatkichlari bu turga misol bо‘la oladi.
Respublikamizda tarmoq bibliografik qо‘llanmalari tarmoq ilmiy kutubxonalari tomonidan tayyorlanadi. Masalan, qishloq xо‘jaligi, paxtachilik, chо‘llarni о‘zlashtirish masalalariga oid adabiyotlar bibliografiyasi Respublika markaziy ilmiy qishloq xо‘jaligi kutubxonasi tomonidan; О‘rta Osiyo tabobati, sog‘liqni saqlash masalalariga oid bibliografik materiallar Respublika Markaziy ilmiy tibbiyot kutubxonasi tomonidan; tabiiy fanlar bо‘yicha bibliografik nashrlar esa О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Asosiy kutubxonasi va Toshkent Davlat universiteti ARM lari tomonidan tayyorlanadi. Bibliografiyaning bu turini yana viloyat AKM lari ham tayyorlaydilar.
Kompleks bibliografiya - fan, xalq xо‘jaligi va madaniyatning turli sohalarini о‘rganishga va hal qilishga kompleks yondoshishni talab qiladigan muammo - mavzulardan axborotni jalb qiluvchi bibliografiyaning turi hisoblanadi. Masalan, mamlakat ijtimoiy - iqtisodiy va ilmiy - texnika taraqqiyoti uzoq muddatli kompleks dasturlarni bibliografik ta'minlanishi vazifalari bilan bog‘liq bо‘lgan (energetika, mashinasozlik va h. k.) masalalardir. Bu bibliografiya о‘z ichiga yuqorida keltirilgan bibliografiya turlaridan bir nechtasini jamlashi, ya'ni bir vaqtning о‘zida bir necha bibliografiya ishtirok etishi mumkin. Ular ichida shaxs, о‘lkashunoslik, mamlakatshunoslik bibliografiyalari alohida о‘rin egallaydi.
Shaxs bibliografiyasi ma'lum bir shaxsning asarlari va u haqida yozilgan asarlarni о‘zida aks ettiradi. Shaxsning asarlari olinganda (universal bibliografiyadagi kabi ) rasmiy belgilari asos qilib hujjatlar olinadi (ya'ni, bir shaxsning hamma asarlari); mazmun belgisi bu shaxs asarlarini joylashtirishda e'tiborga olinishi mumkin. U shaxs haqidagi asarlar esa mazmun belgisi bо‘yicha olinadi. “Maqsud Shayxzoda” kо‘rsatkichi.
О‘lkashunoslik va mamlakatshunoslik bibliografiyasi turlarini ajratishda mazmun - hudud (mazmun - rasmiy) belgisiga asoslaniladi. Birinchi holda mamlakatning ma'lum bir olingan joyi (tuman, shahar, viloyat, geografik zona va h.k.) bilan mazmunan bog‘liq bо‘lgan adabiyotlarni bibliografiyalash tushuniladi. Ikkinchi holda esa butun bir olingan davlat, mamlakat haqidagi adabiyotlarni bibliografiyalash demakdir. Bunday adabiyotlar mazmunan turli-tuman bо‘lishi mumkin, masalan, shu о‘lka yoki davlatning tarixi, xalq xо‘jaligi, fani, madaniyati haqida. О‘lka yoki mamlakat hayotining hamma tomonlari haqidagi adabiyotni о‘z ichiga olganligi holda bu bibliografiya universal о‘lkashunoslik yoki mamlakatshunoslik bibliografiyasi; ma'lum bir tomonini, masalan, о‘lka tarixini yoritsa tarmoq о‘lkashunoslik bibliografiyasi bо‘lishi mumkin. “Toshkent” kо‘rsatkichi.
Bibliografiyaning bibliografiyasi bibliografiyaning alohida turi hisoblanadi.
Bibliografiya “Hujjat iste'molchi” tizimida vositachilik vazifasini bajaradi. Biroq bibliografik axborot manbalari ham о‘zida qidirishni talab qiladigan, iste'molchilar tushuna olishi zarur bо‘lgan hujjatlardan iborat bо‘ladi. Bu turga “О‘zbekiston bibliografik qо‘llanmalari” kо‘rsatkichi misol bо‘ladi.

Yüklə 169,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin