Beshinchidan – Axborot-kommunikatsiya sohasida kadrlarni tayyorlash ishlari takomillashtirilmoqda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Axborot xavfsizligi», «Elektron tijorat», «Avtomatlashtirilgan tizimlarda axborotni qayta ishlab chiqishni boqarish», «Hisoblash mashinalari», «Mobil aloqa tizimlari» bо‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshida CISCO hamda axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar sohasida ayollarni tayyorlash bо‘yicha markazlar tashkil etilgan.
О‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ-91-son qarori bilan Samarqand, Farg‘ona, Urganch, Nukus va Qarshi shaharlarida Universitetning filiallari tashkil etildi.
Yosh dasturchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash markazi huzurida Maykrosoft kompaniyasining IT-akademiyasi tashkil etildi. Markazi tomonidan 230 tadan ortiq talabalar dasturlash bо‘yicha о‘qitildi.
«О‘zInfoKom» markazi SUN Microsystems kompaniyasi bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bо‘yicha avtomatlashtirilgan trening markazi tashkil etilmoqda.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.07.2005y. PQ-117-son qaroriga muvofiq «О‘zinfokom» markazi tomonidan maxsus kurslarda 22 vazirlik va idoralarning mutaxassislari о‘qitildi.
Milliy hamda hududiy miqyosda innovatsion siyosatni shakllantirishda va amalga oshirishda innovatsion faoliyatning institusional asoslari mavjud bо‘lishi va uning muntazam tahlil qilinishi о‘ta muhim hisoblanadi. Ushbu borada mavjud muammolarni kompleks kо‘ra bilish, ya’ni, yaratilgan huquqiy bazadan boshlab to innovatsion amaliyotda yuz berayotgan xolatlardan kelib chiqib, rо‘y berishi mumkin bо‘lgan о‘zgarishlarni bilish, ularning xususiyatlarini anglash va zaruriy choralarni kо‘rish imkoniyatini beradi. Demak, milliy iqtisodiyotning о‘sishiga faqat innovatsion texnologiyalar ta’sir kо‘rsatmasdan, uning asosini tashkil qiluvchi institutlarning ham о‘ziga xos о‘rni mavjud. Institusional muhit innovatsion faoliyatni amalga oshirishga, yangi texnologiyalarni ishlab chiqishga va joriy qilishga undaydi va tadbirkorlik faollikni oshirishga xizmat qiladi5 . Institusional muhit bu – ijtimoiy va yuridik normalar yig‘indisi bо‘lib, ishlab chiqarish, almashinuv va iste’molga asos yaratadi. V.V.Shapkin14 Innovatsion iqtisodiyotning institusional muhitini shakllantirish ishlab chiqarish omillarining intellektuallashishi, axborot-texnologik jarayonlarning faollashuvi, kapital bozori va yangi texnologiyalar о‘rtasidagi bog‘liqlik hamda yangi bilimlarning ijtimoiy yо‘naltirilganligi nuqtai nazaridan kо‘rish kerak. Fikrimizcha, milliy innovatsiya tizimida institusional muhit bu о‘zaro bog‘liq qonuniy, siyosiy, iqtisodiy, yuridik va madaniy institutlar bо‘lib, innovatsion faoliyatni qо‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Kо‘plab tadqiqotlarda institusional muhitning innovatsiyalarni yaratish va rivojlantirishdagi о‘rni va roli alohida belgilanadi. Bunda institusional muhitning ustuvorligi, amalga oshirilgan shartnomalarning 10 Oxley J.E. Institutional environment and the mechanism of governance: The impact of intellectual property protection on the structure of inter-firm alliance. 1999. #38. P.283-309. 11 Williamson O. The Evolving Science of Organization // J. of Institutional and Theoretical Economics. 1993. Vol. 149, №1. P.36-63. 12 Furubotn E.G., Instituti i ekonomicheskaya teoriya: dostijeniya novoy institusionalnoy ekonomicheskoy teorii /per. s angl. pod red. V.S.Katkalo, N.P.Drozdovoy. S.-Peterb. 2005. S.335. 13 Kuznetsova S.A. Innovatsionniy menedjment: uchebnoye posobiye dlya vuzov. Novosibirsk. 2005. S.276. 14 Shapkin V.V. Metodologicheskiye osnovaniya institusionalizma // Problemi sovremennoy ekonomiki. 2011. №2.S.10. 401 himoyalanganlik darajasiga qaratilgan va ayniqsa intellektual mulkni himoya qilishga qaratilgan shartnomalardan iborat. Intellektual mulkga egalik huquqining himoyalanganlik darajasi innovatsion faollikni oshishiga xizmat qiladi15. Innovatsiyalarni yaratish jarayoni davlat tomonidan chuqur о‘ylangan siyosatni amalga oshirishni talab qiladi, bunda innovatsiyalarning barcha bosqichlarida innovatsiya subyektlarini qо‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora va mexanizmlarini shakllantirish talab qilinadi. Milliy institusional tizimlar innovatsion faoliyatning mamlakatdan tashkarida rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatishiga asos yaratadi. Shu bilan birga institusional bazaning qayta kо‘rib chiqilishi investitsion muhitning shakllanishiga, barqaror makroiqtisodiy muhitning yaratilishi hamda yuqori riskli venchur kapitalining kirib kelishiga xizmat qiladi. Institusional muhitning eng bosh maqasadi bu – shakllanayotgan xо‘jalik faoliyatlarning barqarorligini saqlab turishga qaratilganligidir. Ushbu masalaning hal qilinishi barqaror institusional muhitni yaratadi. Ushbu borada sо‘nggi davrlarda milliy iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotgan tub tarkibiy iqtisodiy islohatlar fikrimizcha aynan innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda institusional muhitning yaratilayotganligini belgilash mumkin. Zero, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha harakatlar strategiyasi” tо‘g‘risidagi PF-4947-sonli Farmonining 1-Ilovasida “2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha harakatlar strategiyasi”da ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy о‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish vazifasi belgilanganligi buning dalilidir. Ushbu munosabatda, 2017 yil 5 iyulda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi innovatsiya texnoparki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 468-son Qarori hamda 2017 yil 15 avgustda “Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha «Mirzo Ulugbek innovation center» innovatsiya markazi faoliyatini tashkil etish choratadbirlari tо‘g‘risida 631-son Qarori qabul qilingan. Jumladan, Toshkent shahri hokimligi muassisi hisoblanadigan «Yashnobod» innovatsiya texnoparki direksiyasi» davlat unitar korxonasi sifatida tashkil etilgan bо‘lib, mazkur qarorga muvofiq «Yashnobod» texnoparki rezidenti maqomini olish uchun yuridik va jismoniy shaxslardan 15 Tiss D.Dj. Polucheniye ekonomicheskoy vigodi ot znaniy kak aktivov: «novaya ekonomika», rinki «nou-xau» i nematerialniye aktivi // Rossiyskiy jurnal menedjmenta. 2004. №1. S.95-120. 402 buyurtmanomalar qabul qilinishini tashkil etadi, Muvofiqlashtiruvchi kengash qarori asosida «Yashnobod» texnoparki rezidentlarini rо‘yxatdan о‘tkazadi va ularni «Yashnobod» texnoparki rezidentlari reyestriga kiritadi va ularga rezident maqomi tо‘g‘risida guvohnoma beradi; «Yashnobod» texnoparki hududida investitsiyalash tо‘g‘risida investorlar bilan bitimlar hamda «Yashnobod» texnoparki rezidentlari bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish tо‘g‘risida shartnomalar tuzadi; «Yashnobod» texnoparki rezidentlari uchun imtiyozli kreditlar olish maqsadida kafil sifatida ishtirok etadi; «Yashnobod» texnoparki rezidentlarida innovatsiya loyihalarini amalga oshirishda paydo bо‘ladigan tashkiliy va boshqa masalalarni hal etish chora-tadbirlarini kо‘radi, shuningdek «Yashnobod» texnoparki rezidentlari va qatnashchilarining og‘zaki va yozma murojaatlarini qanoatlantirishda tezkor amaliy yordam kо‘rsatadi; «Yashnobod» texnoparki rezidentlari tomonidan о‘zlariga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, keyinchalik uning natijalarini Toshkent shahri Yashnobod tumani hokimligiga va Muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etadi; Toshkent shahrida joylashgan va Toshkent shahri hamda Yashnobod tumani hokimliklari, shuningdek texnopark qatnashchilari tomonidan «Yashnobod» texnoparki direksiyasiga belgilangan tartibda berilgan ishlab chiqarish maydonlari, bino va inshootlarni о‘z vakolatlari doirasida operativ boshqarish kabi vazifalar belgilangan. “Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qо‘llabquvvatlash bо‘yicha «Mirzo Ulugbek innovation center» innovatsiya markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida 631-son Qaroriga muvofiq innovatsiya markazi rezidentlariga ekspert yordam va maslahat xizmatlarini kо‘rsatadi; innovatsiya markazi rezidentlari zimmalaridagi majburiyatlarning bajarilishi monitoringini, keyinchalik uning natijalarini Muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etgan holda, amalga oshiradi hamda axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi tо‘g‘risidagi Nizomga muvofiq Innovatsiya markazi faoliyatini operativ boshqarish bо‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqish mumkinki, milliy iqtisodiyotimizda sо‘nggi davrlarda amalga oshirilayotgan tub tarkibiy iqtisodiy islohatlar aynan innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda mustahkam poydevori yaratilmoqda.