Mavzu 15 Technika sohasidagi tadqiqotlar axborot resurslari


Mavzu 4. Davlat axborot resurslari. Universal axborot resurslari



Yüklə 169,55 Kb.
səhifə5/42
tarix19.06.2023
ölçüsü169,55 Kb.
#132428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
сохавий

Mavzu 4. Davlat axborot resurslari. Universal axborot resurslari.
Joriy milliy (davlat) bibliografiya asosiy universal axborot manbai sifatida. Joriy milliy bibliografiyani yaratishning Qonunchilik bazasi. О‘zbekiston Respublikasi kitob palatasi (О‘zKP) – О‘zbekiston bosma mahsulotlari tо‘g‘risidagi axborotni qayta ishlash va foydalanuvchilarga taqdim etish markazi . Kutubxona tarmog‘i. О‘zbekiston Respublikasi arxiv fondi (О‘zarxiv). Axborot resurslari О‘zarxiv. Davlat statistika tizimi (О‘zstat). О‘zstatning axborot resurslari. Statistik hujjatlar. Rasmiy resurslar. Statistik nashrlar, tarmoq va tematik tо‘plamlar, yillik hisobotlar, matbuot nashrlari va boshqalar. О‘zbekistonda Muzey axborot resurslari. Jahon axborot resurslari jahon hamjamiyatining barcha toifadagi fuqarolarining kerakli ma’lumotlarga bо‘lgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. Dunyo axborot resurslaridan foydalanish tendensiyasi iqtisodiyot, ta’lim tizimi va inson faoliyatining boshqa sohalarini rivojlantirish uchun jahon hamjamiyati tomonidan tо‘plangan bilimlarning tо‘liq imkoniyatlaridan foydalanishdir. Ishlab chiqilayotgan eng yangi texnologiyalar bunga asoslanadi. Bunday sharoitda universitetlar talabalarga jahon axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini yaratadilar va amaliy kо‘nikma va kо‘nikmalar real ma’lumotlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Ushbu yondashuv haqiqiy natijalar bilan tasdiqlangan. Jahon axborot resurslariga kirish va rivojlangan mamlakatlar tomonidan ulardan foydalanish yalpi milliy mahsulotning 50-60 foizini tashkil etadi.
Hujjatlar madaniyati va dunyo bibliografiyasining yuzaga kelishida Kitob palatasi asosiy о‘rin tutadi.U matbuot asarlarining majburiy nushala-rini yig‘adi, hozirgi paytda turli xil elektron kitoblarning va xujjat-larning ham majburiy nushalari shu joyda yig‘ilishi va hisobga olib bori-lishi zarur, uni saqlaydi, arxivini tashkil etadi, bibliografik va axborot xizmat kо‘rsatish uchun manbalarni tayyorlaydi va boshqa vazifalarni bajaradi.
1920 yillardayoq О‘zbekistonda nashriyotchilik ishi va kitob ishi rivoj-lanib borishi bilan davlat bibliografiyasining markazini tashkil etish ehti-yoji paydo bо‘lgan edi.1920 y. kuzida Toshkentdagi Turkiston Davlat nashriyoti-da 1-Turkiston Kitob palatasi tashkil etildi. Uning direktori etib A.D.Ey-xengolts tayinlandi. Ammo о‘sha paytdagi shart sharoitlarning murakkabligi tufayli palata asosiy vazifalarini bajara olmadi, ya’ni chiqayotgan nashrlar-ning hammasini hisobga olib borish, ularning rо‘yhatini tuzish va nashr etish tо‘la olib borilmadi, Rossiya Markaziy kitob palatasiga kelib tushayotgan va mahalliy kutubxonalarga kelayotgan nashrlarni keng qamrab ola bilmadi.
1922 -1924 yillarda Turkiston matbaa asarlarining davlat hisobini olib borish va Rossiya Kitob palatasining “Kitob yilnomasi”da aks ettirishga urinishlar bо‘lgan. 1922 yil 17 iyulda qabul qilingan “RSFSR tarkibiga ki-ruvchi hamma respublikalar hududida nashr etilayotgan matbuot asarlarini majburiy hisobga olish qoidasini tarqatish haqida”gi qaroridan sо‘ng yana Turkiston Kitob palatasini tashkil etishga urinish boshlandi. Bunga sabablar quyidagilardan iborat edi: 1922 yilgacha hech qayerda Turkiston matbuoti hisobga olinmagan edi, respublikada nashriyotchilik va kitob ishining tez sur’atlar bilan о‘sib borishi tezkorlik bilan ular haqida axborot berib borish lozimligini talab etar edi, respublikada nashr etilayotgan asarlarni-ng majburiy nushalarini tо‘plash masalasi hali hal etilmagan edi. 1922 yil sentabr oyi boshlarida 1-marta Respublika Davlat ilmiy kengashida Kitob palatasi masalasi kо‘rildi. Palatani tashkil etish uchun uning loyihasi bilan ishlovchi maxsus komissiya tuziladi va uning yig‘ilishida Turkiston davlat kutubxonasining xodimi N.A.Burov ishtirok etadi.Oktabr oyi о‘rtalarida Turkiston davlat kutubxonasi direktori YE.K.Betger Davlat ilmiy kengashi topshirig‘iga kо‘ra Toshkentda Turkiston Kitob palatasini ta’sis etish bо‘yicha Xalq Komissarlar Sovetining qaror loyihasini va Xalq maorifi komissarligining respublikada matbuot asarlarining majburiy nushasini hisobga olib borish haqidagi yо‘riqnoma loyihasini tayyorlab topshiradi.1923 yil 15 yanvarda Davlat ilmiy kengashi qoshida ikkinchi Turkiston kitob palatasi tashkil etiladi. Uning direktori etib N.A.Burov tayinlanadi, ammo 1923 yilgacha palata rasman faoliyat kо‘rsatadi,shu yilning may oyidayoq uning faoliyati amalda tо‘xtagan edi. 1923 yil yanvari о‘rtalaridan boshlab Turkiston Avtonom Respublikasida matbuot asarlarini hisobga olib borishni boshlaydi va Turkiston kitob yilnomasi kо‘rinishida ularning rо‘yhatini tayyorlaydi, bunga asos qilib matbuot asarlarining majburiy nushalari va Turkiston Davlat kutubxonasi fondiga kelib tushayotgan adabiyotlar olinadi. Dastlab palata 1917-1922 yillarda nashr etilgan matbuot asarlarini yig‘adi. Bunday yilnomani nashr etish 1921 yilda boshlandi. Bir qancha harakatlardan sо‘ng 1923 yildan boshlab Rossiya markaziy kitob palatasi tomonidan Turkistonga oid adabiyotlarning majburiy nushalari kelib tusha boshlaydi. Bu esa Turkiston Davlat kutubxonasi fondining tezda о‘sib borishiga ta’sir etdi. Dastlab hisobda bibliografik yozuvlar kirill yozuvida olib borildi, ammo bu qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Chunki, sharq tillaridagi va yozuvidagi adabiyotlarda rus kirill yozuvidagi na tarjimasi na izohlari deyarli uchramas edi. YE.K.Betger Turkiston nashrla-rini asl tilida hisobga olish, zarur bо‘lgan holda Rossiya Kitob palatasining kirill yozuvida bо‘lmagan asarlarni kiritmay qо‘ya berish kerak degan talablaridan voz kechib, butunlay rо‘yhatga kiritmagandan kо‘ra, rus tilidagi tarjimasini yoki qisqacha kirill yozuvidagi izohini berib ketish kerak deb talab qildi va titul varag‘ining orqa tomonida zarur bibliografik element-larni rus tilida berish va bu bilan Rossiya Kitob palatasining hisobga olish ishlarini yengillatish. О‘zbekiston hukumatining 1926 yil 3 yanvardagi 1930 yilgacha О‘zbekistonning poytaxti bо‘lgan Samarqandda Davlat Kitob palatasini tashkil etish haqida qarori e’lon qilindi. Shu kundan boshlab rejali, malakali holda davlat bibliografiyasini tuzish boshlandi.Kitob pala-tasi О‘zbekiston Xalq Komissariati tarkibiga kiruvchi muassasalarning Akademik markaziga qarashli edi. Qarorda Kitob palatasi О‘zbekiston hududida nashr etilayotgan barcha turdagi matbuot asarlarini bir necha nushada saqlaydi va hisobga olib boradi, deb kо‘rsatildi. О‘sha paytda palataning shtati 2 kishidan iborat bо‘lib, bittasi I.Raxmatullayev direktor, ikkinchisi D.P.Kvasnitskiy bibliograf edi. 1927 yildan boshlab Kitob palatasi majburiy nusha ola boshladi va alifbo hamda sistemali katalog yuritiladi. Shu kunga qadar faoliyat yuritib kelayotgan Kitob palatasi davlat bibliografiyasining, matbuot asarlarining statistik, markazlashgan katalog-lashtirish, spravka-bibliografiya, shuningdek, nashriyotchilik, poligrafik sanoat va kitob savdosi sohasida hamda ilmiy-texnik axborot va targ‘ibotning tarmoq markaziga aylandi. 1980 yillarga qadar Kitob palatasida matbuot asarlarini qabul qilish va nazorat qilish; davlat kundalik bibliografiyasi; spravka-bibliografiya bо‘limi; matbuot asarlarini hisobga olish bо‘limlari ish olib bordi. Palataga kelgan har bir xujjat avval matbuot asarlarini qabul qilish va nazorat qilish bо‘limiga kelib tushadi. Bu bо‘limda kitoblar bilan birga kelgan ilovali hujjatlar bosmaxona yoki nashriyotlarning nomlari bо‘yicha alohida joylashtiriladi. Kitoblar turli xil belgilariga qarab alohida guruhlashtiriladi va har biriga inventar raqami qо‘yiladi. Gazeta va jurnallarning nomlari bо‘yicha har biriga alohida pasport yoziladi va tikib boriladi, keyinchalik muqovalanadi. Bu yerda nazoratdan о‘tgan kitoblar statistika shо‘basida bibliografik tavsif bilan boyitiladi. Bu bо‘limdan sо‘ng adabiyotlar bibliografiya bо‘limida alohida bibliografik hisobdan о‘tadi va “О‘zbekiston matbuoti solnomasi” uchun ma’lumotlar tо‘plash jarayonida ishtirok etadi. Ma’lumot va bibliografiya bо‘limi esa katalog va kartotekalar uchun kartochkalarni tayyorlaydi va ularni yangi ma’lumotlar bilan tо‘ldirib boradi.
Palataning asosiy vazifasi О‘zbekistonda nashr etilayotgan matbuot asarlarini hisobga olib borish, uning raqamli hisobini yuritish;gazeta va jurnallarga bosma va elektron mahsulotlar haqida axborot berib turish. Kitob palatasining yuragi matbuot asarlarining Arxivi 1927 yili tashkil etilgan. Har yili arxivga 46 ming dona matbuot asari kelib tushgan. О‘sha yillardanoq 7 ta kо‘rsatkichdan iborat “О‘zbekiston matbuotining yilnomasi” nashr etila boshlandi. Bular 1928 yildan “О‘zbekiston kitob solnomasi”, 1931 yildan rus va 1938 yildan о‘zbek tilida “Jurnal maqolalari solnomasi”, 1968 yildan “Taqrizlar solnomasi” va “Tasviriy san’at asarlarining bosma nashrlari solnomasi”, 1969 yildan “Gazeta maqolalari solnomasi” nashr etildi. Bundan tashqari 1976 yildan boshlab Kitob palatasi “О‘zbekiston kitob yilligi” (Yejegodnik knigi UzSSR) va 1982 yildan “О‘zbekistonning bibliografik qо‘llanmalari” nomli yillik kо‘rsatkich nashr etdi. Bundan tash-qari Kitob palatasi qator retrospektiv bibliografik kо‘rsatkichlar nashr etdiki, bu keyingi savolda yoritiladi. 1958 yil О‘zbekistonda respublika darajasida davlat bibliografiyasi tizimidagi qо‘llanmalar kartochka shaklida nashr etila boshlandi. Bu ommaviy kutubxonalar uchun mо‘ljallandi va tarqatildi. Bu ishga A.Navoiy nomidagi Respublika Davlat kutubxonasi bibliograflari ham hamkorlik qildi. 1974-75 yillarda yangi nashr etilayotgan adabiyotlarga ana shunday kartochkalar annotatsiyasi bilan birga nashr etildi.
Kitob palatasida о‘zbek tilidagi kitoblarning, 1915 yildan qoraqalpoq va rus tilidagi kitoblarning alifbo katalogi, 1917 yildan rus va о‘zbek tilidagi kitoblarning sistemali katalogi, о‘zbek va rus tilidagi jurnal maqolalari katalogi, izografika katalogi, rus tilida avtoreferatlar kata-logi, mualliflarning familiyalari tartibida badiiy, о‘smirlar va bolalar adabiyotining kartotekasi, ilmiy ishlarning kartotekasi, tо‘plamlarga kiritilgan mualliflarning kartotekasi, taqrizlar kartotekasi, tarjimonlar kartotekasi tuzilgan va iste’molchilar uchun xizmatda. Kitob palatasining spravka-bibliografiya apparati 800 ming bibliografik yozuvdan tashkil topgan 20 dan oshiq turli katalog va kartotekalardan iborat.1994 yildan boshlab Kitob palatasi Milliy bibliografiya markaziga aylantirildi. Yangi status olganiga qaramay, palataning vazifalari ancha qisqargan. Yangi zamonaviy axborot texnologiyasi bilan tо‘la ta’minlanmagan. 2002 yildan shu kungacha tо‘plangan bibliografik yozuvlar elektron kо‘rinishda, bosma holda nashr etilmadi va tarqatilmadi. Hozirgi kunda Markaz Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston milliy kutubxonasi tarkibida faoliyat kо‘rsatmoqda.


Yüklə 169,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin