Marshall rejasi — Ikkinchi jahon urushidan so‘ng AQSH Davlat kotibi Jorj Marshall tomonidan Yevropa mamlakatlarini tiklash bo‘yicha taklif qilinganreja. NATO — Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti. Ayrim Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlari tomonidan Ikkinchi jahon urushidan so‘ng tuzilgan harbiy-siyosiy ittifoq. Varshava Shartnomasi Tashkiloti— Ikkinchi jahon urushidan so‘ng SSSR va Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlar tomonidan tuzilgan harbiy-siyosiy ittifoq.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar Urushdan so‘ng SSSR va AQSH o‘rtasidagi asosiy ziddiyatlar nimalardan iborat edi?
«Marshall rejasi» va AQSH bilan SSSRning Yevropadagi iqti- sodiy raqobati qanday natijalarga olib keldi?
Karib inqirozi va Vyetnam urushi davrida SSSR bilan AQSH o‘rtasidagi asosiy ziddiyatlar nimalardan iborat edi?
1970 — 1980-yillarda xalqaro munosabatlardagi asosiy voqealar nimalardan iborat edi? AQSH va SSSR o‘rtasida imzolangan shartno- malar jahonda tinchlikni saqlashda qanday rol o‘ynadi?
«Sovuq urush»ga xotima yasagan yangicha siyosiy tafakkurning asosiy prinsiplari nimalardan iborat edi?
16-MAVZU. Sotsialistik tuzumning rivoji, inqirozi va jahon tarixida yangi bosqichning boshlanishi. Urushdan keyin SSSRda totalitar tuzumning kuchayishi. Sovet xalqlariga juda katta kulfat olib kelgan Ikkinchi jahon urushi yakun- landi. Urushda 27 mln. sovet fuqarolari halok bo‘ldi, 12,5 mln. kishi nogiron bo‘lib qoldi, mamlakat juda katta moddiy zarar ko‘rdi.
Xalqaro miqyosda SSSRning roli keskin oshganligiga, u dunyoning qudratli davlatlaridan biriga aylanganiga qaramasdan, urush sovet xalqi uchun juda qimmatga tushdi. Shunchalar ko‘p hudud vayron qilindiki, ularni tiklash bir necha o‘n yillarga cho‘zilishi mumkin edi. Deyarli har bir sovet oilasi yaqin kishisidan ayrildi.
Nikita Xrushchyov.
Birinchi jahon urushidan keyin Sovet Ittifoqi mamlakat ichki siyosiy hayotida qanday islohotlarni am alga oshirdi? «Marshall rejasi» bo‘yicha AQSHdan yordam olgan G‘arb davlatlaridan farqli ravishda SSSR iqtisodiyotni to‘liq ichki resurslar hisobiga, o‘z kuchi bilan tikladi. Sovet kishilarining matonatli mehnati tufayli vayron bo‘lgan zavodlar, shaharlar qayta qurildi, infratuzilma tiklandi. Xalqning mehnat ishtiyoqi chin dildan bo‘lib, ular farzandlari uchun tinch va farovon hayotni ta’minlash yo‘lida turmush qiyinchiliklariga ham tayyor edi.
Juda katta siyosiy-ma’muriy bosim, yengil sanoat va qishloq xo‘jaligini talash hisobiga hamda mehnatkash ommaning tashabbusini mafkuraviy rag‘batlantirish tufayli 1950-yili sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan oldingi darajasidan oshib ketdi.
«Iliqlik» davri. 1953-yil 5-mart kuni I. Stalin vafot etdi. Stalinning o‘limidan so‘ng hokimiyat uchun kurashda Nikita Xrushchyov g‘olib chiqdi.
N. Xrushchyov hokimiyatda turgan yil- lar (1953 — 1964) tarixda «iliqlik» davri degan nom olgan. Bu davrda sovet totalitar tuzumini isloh qilish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Iqtisodiy sohada sovet davlati tarixida birinchi marta yengil sanoatning, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishning ustuvorligi belgilan- di. Xalq iste’mol buyumlari ishlab chiqarish ko‘paydi, uy-joylar quri- lishi jadallashdi, maoshlar oshirildi. Oziq-ovqat muammosini hal qilish uchun qishloq xo‘jaligi solig‘ini pasaytirish, boqimanda qarzlardan voz kechish, kolxozchilarning tomorqalarini kengaytirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlariga davlat xarid narxlarini va kolxoz bozori im- koniyatlarini oshirish, shuningdek, qishloqqa texnika yetkazib berish uchun kapital mablag‘larni ko‘paytirish ko‘zda tutildi. Qozog‘iston, Sibir va Volga bo‘yidagi qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish g‘alla yetishtirishni tez ko‘paytirishning muhim omili sifatida qaraldi. Nati- jada 1950-yillarning ikkinchi yarmida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish keskin o‘sib, kolxozlarning pul daromadlari 3 mar- tadan ko‘proqqa oshdi.
Jamiyatni siyosiy liberallashtirish ham boshlandi. 1956-yil fevral- da KPSS XX syezdida N. Xrushchyov «Shaxsga sig‘inish va uning oqibatlari to‘g‘risida» nutq bilan chiqdi. Bu nutq o‘zining barcha kamchiliklariga qaramasdan, sovet totalitar davlatining xarakterini, Stalin va uning sheriklari amalga oshirgan jinoyatlarni ochib tash- ladi, shaxsga sig‘inishning mohiyati va ko‘lamini anglash jarayonini boshlab berdi. Jamiyatda o‘ta ochiq bo‘lmasa-da, bu muammolar keng miqyosda muhokama qilina boshlandi. Stalin davrida qatag‘on qilinganlarni oqlash jarayoni ommaviy tus oldi. Ayni paytda, XX syezd xalqaro kommunistik harakatning inqirozini boshlab berdi va sotsialistik tizim oxirigacha bu inqirozdan chiqa olmadi.
Shu tariqa, 1950-yillar o‘rtalariga kelib mamlakatda mavjud totalitar tuzum bir qadar liberallashtirildi. Ammo bu harakatlar o‘tish davriga xos xarakterga ega edi.
1958-yil martda N. Xrushchyov KPSS MK Birinchi sekretari lavozimiga SSSR Ministrlar Sovetining Raisi lavozimini ham qo‘shib oldi. Shu tariqa N. Xrushchyov mamlakatda yagona liderga aylanib qoldi. I. Stalin o‘limidan so‘ng boshlangan mamlakat hayotini demokratizatsiyalash jarayoni ham vaqtincha to‘xtatildi.
1950-yillar oxiridan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari ancha susaydi. Oqibatda oziq-ovqat mahsulot- larining taqchilligi yuzaga kelib, SSSR borgan sari chetdan ko‘proq g‘alla sotib olishga majbur bo‘ldi. Qishloq aholisi, birinchi navbatda yoshlarning shaharlarga ko‘chib ketishi kuchaydi.Global inqiroz yo‘lida: SSSR 1964—1985-yillarda. Mamlakatdagi ahvol N. Xrushchyovning mavqeyini tushirdi. 1964-yili oktabrda bo‘lib o‘tgan KPSS MK Plenumi uni bir qator xato va kamchiliklarda ayblab, lavozimlaridan ozod qildi. N. Xrushchyov o‘rniga KPSS MK Birinchi kotibi qilib Leonid Brejnev, SSSR Ministrlar Soveti Raisi etib Aleksey Kosigin saylandi.
L. Brejnev hokimiyatda turgan yillar (1964 — 1982)ning dastlabki o‘n yili iqtisodiy islohotlarni davom ettirish va jadal rivojlanish yillari bo‘ldi. Ammo 1970-yillarning ikkinchi yarmidan jamiyatda boshlangan inqiroz sovet davlati tarixida «turg‘unlik» davri nomini olgan.
N. Xrushchyovdan farqli ravishda L. Brejnev o‘z hokimiyatidan juda ehtiyotkorlik bilan foydalandi. U murakkab muammga duch kelganda yaxshisi hech narsa qilmaslikni ma’qul ko‘rardi. Unda boshqalarning xushomadiga, turli xil unvonlar va ordenlarni yig‘ishga moyillik kuchli edi. Uni maqtash, ulug‘lash jarayoni 1970-yillardan boshlandi va keyingi yil- lari borgan sari kulgili tus olib bordi. Ayniqsa, uning tushunib bo‘lmaydigan nutqlari aholining keng qatlami orasi- da kulgi aralash nafrat, buyuk mam- lakat uchun achinish va uyat hissini uyg‘otdi.
Leonid Brejnev.
1980-yillarga SSSR jamiyatning chuqur inqirozi holatida kirib keldi. N.S. Xrushchyovning 1980-yillarda kommunizm qurish to‘g‘risidagi rejasi barbod bo‘lgan, odamlar endi kommunizm safsatasiga deyarli ishonmay qo‘ygan edi. Shunday holatda 1982-yil 10-noyabrda L. Brejnev vafot etdi. Undan keyin hokimiyatga kelgan Yuriy Andro pov va Konstantin Chernenko keksa, kasalmand kishilar bo‘lib, ularning hokimiyatga kelishi tugab borayotgan sovet tuzumining ramzi edi.
Qayta qurish. 1985-yil martda KPSS MK Plenumi Mixail Gor- bachyovni Bosh kotib qilib sayladi. KPSS MKning 1985-yil aprel Plenumida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish kursi yangi rahbariyat va butun sovet jamiyatining maqsadi deb e’lon qilindi. Ilmiy-texnik taraqqiyot, mashinasozlikni texnik qayta qurollantirish va inson omilini faollashtirish, ya’ni mehnat intizomini va ishchilarning tashabbuskorligini oshirish bu kursning asosiy hara- katga keltiruvchi kuchi sifatida qaraldi.
Mixail Gorbachyov.
1987-yili M. Gorbachyov e’lon qil- gan «qayta qurish», ijtimoiy hayotni demokratizatsiyalash va «oshkoralik» siyosati ommaning siyosiy faolli- gini keskin oshirdi. Oshkoralik tu- fayli o‘zgarishlarning muhim omiliga, g‘oyalar va orzularning ifodachisiga aylangan matbuot jamiyatning ma’naviy ozod bo‘lishida, o‘tmishni va yuz be- rayotgan hodisalarni anglashida juda katta rol o‘ynadi. Ayni paytda, bu hodisalar sovet xalqlarining milliy o‘zlikni anglash, milliy mustaqillikka intilish jarayonini jadallashtirdi, SSSRning tarqalib ketishini tezlashtirdi.Tashqi siyosat. Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba SSSRga juda
katta xalqaro obro‘ keltirdi. SSSR boshchiligida sotsialistik tizim vujudga keldi. Bu davrdagi sovet tashqi siyosatining asosini AQSH bilan dunyoda gegemonlik uchun kurash tashkil qildi.
1959-yili inqilob natijasida Kubada hokimiyatga kelgan F. Kast- ro rejimiga qarshi AQSH olib borgan tajovuzkor siyosat va bunga SSSRning aralashuvi ikki buyuk davlatlar o‘rtasida yadro urushi xavfini keltirib chiqardi. Bu xavf «Karib inqirozi» nomini oldi va faqat AQSH prezidenti J. Kennedi bilan sovet rahbari N. Xrushchyov o‘rtasidagi kelishuv dunyoni yadro urushi halokatidan asrab qoldi.
«Iliqlik» davrida kapitalistik mamlakatlar bilan tinch-totuv yashash tamoyili ilgari surilib, bu SSSR bilan kapitalistik mamlakatlar, avvalo, AQSH o‘rtasida munosabatlarning ham iliqlashuviga olib keldi.
«Turg‘unlik» davrida ham kapitalistik mamlakatlar bilan tinch musobaqa davom ettirilib, bu jarayon 1979-yili Afg‘onistonga sovet qo‘shinlari kiritilgunga qadar davom etdi.
«Qayta qurish» davrida M. Gorbachyov ilgari surgan «yangicha siyosiy tafakkur» tashabbusi SSSRning AQSH va butun kapitalistik dunyo bilan munosabatlarida keskin ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi.
Avgust inqirozi. SSSRning tarqalishi. 1991-yil 19-avgustga o‘tar kechasi Favqulodda holat davlat komiteti (GKCHP) tuzilganligi
to‘g‘risida e’lon qilinib, unga SSSRning vitse-prezidenti, bosh vaziri kabi yuqori lavozimli kishilar kirdi. GKCHP mamlakatning bir qa- tor hududlarida favqulodda holat e’lon qildi, 1977-yilgi konstitutsiyaga xilof ravishda faoliyat yuritayotgan hokimiyat tizimlari tarqatib yubo- rildi, muxolifatdagi partiya va harakatlar faoliyati to‘xtatildi, ommaviy axborot vositalari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi, Moskvaga qo‘shin kiritildi.
GKCHPga qarshi harakatga demokratik kuchlar yetakchilik qildi. Ular 19-avgust kuni Rossiya fuqarolariga murojaat qilib, GKCHP harakatlari g‘ayrikonstitutsion to‘ntarish, uning qarorlari noqonuniy, deb e’lon qilindi. 19-avgust kuni minglab moskvaliklar Rossiya Oliy Soveti binosini himoya qilishga kirishdi. Tanklarda kelayotgan qo‘shinni to‘xtatishga harakat qilgan bir necha yoshlar halok bo‘ldi.
SSSRning parchalanishi.
Avgust voqealaridan key in obro‘si tushib ketgan KPSSning faoliyati to‘xtatildi. Uning mulki natsionalizatsiya qilindi.
Avgust davlat to‘ntarishidan keyin barcha respublikalar birin-ke-tin o‘z mustaqilligini e’lon qildi. 1991-yil 8-dekabr kuni Minsk shahrida Rossiya, Ukraina, Belorussiya rahbarlari 1922-yilgi Ittifoq shartnomasini bekor qilib, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tuzilganligini e’lon qildi. Unga Gruziya, Latviya, Litva va Estoni- yadan boshqa barcha sobiq sovet respublikalari a’zo bo‘ldi. Shu tariqa SSSR tarqalib ketdi.
Iqtisodiy islohotlar. 1991-yilgi avgust inqirozidan so‘ng Rossiyada asosiy lavozimlarga demokratik kuchlar vakillari emas, kommunistik partiya faollari keldi. Qayta qurish yillarida bu faollarning ko‘pchiligi kommunistik partiya bilan aloqalarini uzgan bo‘lsa-da, ularning is- lohotchilik imkoniyatlari cheklangan edi. B. Yelsin tomonidan Bosh vazir lavozimiga taklif qilingan Y. Gaydar Rossiyadagi islohotlarning «arxitektori» bo‘ldi.
Islohotlar juda og‘ir kechdi. Milliy daromad va sanoat ishlab chiqarishi pasayib ketdi. 1992-yil 1-yanvardan erkin qo‘yib yuborilgan narxlar keskin ko‘tarildi. Ko‘pchilik oilalarda oziq-ovqat xarajatlari oila daromadining asosiy qismini tashkil qildi. Oqibatda urushdan keyingi davrda birinchi marta Rossiya aholisi kamaya boshladi.
Inflatsiya va siyosiy beqarorlik investitsiyalarning kirib kelishiga to‘sqinlik qildi. 1999-yilga kelib Rossiyaning tashqi qarzi 130 mlrd dollardan oshib ketdi. Xalqaro moliya tashkilotlari qarz bermay qo‘ydi. Mamlakatning iqtisodiy ahvoli ijtimoiy holatga ham ta’sir ko‘rsatdi. Ish- sizlar, qochoqlar, qashshoqlar va boshpanasizlar soni keskin ko‘paydi.
Ichki siyosiy hayot. Siyosiy jabhada ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. 1991-yilgi avgust voqealari, SSSRning tarqalishi va «shok terapiyasi» jamiyatda ijtimoiy tanglikni oshirdi. Ish tashlashlar va siyosiy namoyishlar keng quloch yoydi.
1993-yili prezident B. Yelsin Xalq deputatlari syezdi va Oliy Sovetni tarqatib yubordi, davlat hokimiyatining yangi organlari — Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasiga saylovlar hamda mamlakatning yangi konstitutsiyasi haqida referendum o‘tkazish to‘g‘risida farmonni imzoladi. Oliy Sovet rahbariyati va Konstitutsion sudning ko‘pchilik a’zolari pre- zident farmonini konstitutsiyaga xilof deb hisoblab, unga qarshi chiqdi.
Bunga javoban Oliy Sovet binosi qo‘shinlar tomonidan o‘rab olindi va artilleriyadan o‘qqa tutildi.
1993-yil dekabrda Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. U birinchi marta partiyaviy ro‘yxat bo‘yicha o‘tkazildi. Saylov natijalariga ko‘ra, Davlat Dumasida «Rossiya yo‘li», LDPR (Rossiya liberal-demokratik partiyasi), KPRF (Rossiya Federatsiyasi kommunistik partiyasi) partiyalari eng ko‘p o‘rinlarni egalladi.
Boris Yelsin
Ovoz berishda qatnashganlarning ko‘pchiligi pre- zident tomonidan taklif qilingan Rossiya Konsti- tutsiyasining loyihasini ma’qulladi. Yangi Asosiy qonun qabul qilinishi bilan hokimiyatning sovet tizimi barham topdi.
Shunday qilib, Rossiyada XX asrning 90-yilla- rida amalga oshirilgan eng muhim siyosiy islohotlar sovetlardan qolgan hokimiyat tizimini buzish, uning o‘rnida zamonaviy va demokratik hokimiyat tizimini yaratish uchun harakatning boshlanishi bo‘ldi.
Millatlararo munosabatlar. Rossiya ko‘pmillatli mamlakat. Shu sa- babli millatlararo munosabatlar Rossiya uchun doimo dolzarb bo‘lib kel- gan. Ayniqsa, katta o‘zgarishlar davrida bu muammo birinchi o‘ringa chiqadi. SSSR tarqalgandan so‘ng og‘ir holat vujudga keldi. 1991-yil oxiri — 1992-yil boshlarida Tatariston, Boshqirdiston va Yoqutistondagi milliy harakatlar o‘zlarining syezdlarini o‘tkazib, ularda RSFSR tarki- bidan chiqish masalasi qo‘yildi. Chechen-Ingush Avtonom respublikasida Chechen xalqining umummilliy kongressi avtonomiyani Checheniston va Ingushetiyaga bo‘lishni, Chechenistonning RSFSR tarkibidan chiqishini bildirdi. 1992-yili Tatariston ham o‘z davlat mustaqilligini e’lon qildi.
Bularning hammasi markaziy hokimiyatni Federativ Shartnoma imzo- lanishini tezlashtirishga majbur qildi. Federativ Shartnoma 1992-yil mart oyida Tatariston va Chechenistondan tashqari barcha subyektlar tomonidan imzolandi. Markaz va mintaqalarning vakolatlari Rossiya Konstitutsiyasida ham o‘z aksini topdi. Tatariston o‘z davlat mustaqilligini e’lon qildi.
yilga kelib, Rossiyaning tashqi qarzi 130 mlrd dollardan oshib ketdi.
Tatariston prezidenti etib saylangan M. Shaymiyev voqealar rivojini o‘z qo‘liga olishga erishdi. Tatariston 1994-yilda federal hokimiyat bilan vakolatlarni taqsimlash to‘g‘risida shartnomani imzoladi.
Checheniston markaz bilan har qanday shartnomalar tuzishni rad etish yo‘lidan bordi. U bilan munosabatlar fojiali xarakter kasb etdi. 1996-yili Checheniston bilan federal markaz o‘rtasida boshlangan urush 2000-yilgacha davom etdi. Bu urush Ikkinchi jahon urushi- dan so‘ng SSSR hududida yuz bergan eng katta harbiy to‘qnashuv bo‘ldi. Urush Rossiyaga bir necha mlrd dollar zarar yetkazdi, ikki tomondan 120 mingdan ortiq kishi qurbon bo‘ldi.
1990-yillardagi tashqi siyosat. SSSRning tarqalib ketishi Rossiya uchun jiddiy geosiyosiy o‘zgarishlarga olib keldi. Mamlakat Shar- qiy va Markaziy Yevropadagi an’anaviy ittifoqchilaridan ayrildi, ular NATO bilan hamkorlik qila boshladilar. Boltiqbo‘yi va boshqa MDH mamlakatlarida milliy yetakchilarning hokimiyatga kelishi ularning ko‘pchiligi bilan Rossiya munosabatlarini murakkablashtirdi.
Qanday qilib bo‘lsa ham, G‘arb bilan munosabatlarni yaxshilash uchun qilingan harakatlar shunga olib keldiki, Rossiya asta-sekin xalqaro maydonda o‘zining mustaqil rolini yo‘qotib bordi. Yildan yil- ga oshib borayotgan Rossiyaning G‘arb davlatlariga iqtisodiy qaram- ligi ham mamlakat xavfsizligiga putur yetkazdi.
Rossiya XXI asrda. B. Yelsin 1999-yil dekabr oyida iste’foga chiqdi. Vaqtincha prezident lavozimini egallagan Vladimir Putin 2000-yil mart oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda Rossiya prezidenti etib saylandi.
V. Putin o‘zining kuchli davlat hokimiyati tarafdori ekanligini ko‘rsatdi. Yangi prezidentning dastlabki harakatlari jamiyat hayotida davlat hokimiyatining roli va obro‘yini mustahkamlashga qaratildi. Xalqaro maydonda ham Rossiyaning roli tiklanib bordi.
2008-yil avgust oyida Gruziya o‘zining tarkibiy qismi hisoblan- gan Janubiy Osetiya va Abxaziyada konstitutsion tartibni tiklash maqsadida bu hududlarni artilleriyadan bombardimon qilishni bosh- ladi. Shundan so‘ng mojaroga Rossiya qo‘shinlari aralashib, Gruziya hududigacha bostirib kirdi. Harbiy mojaro tezda yakunlandi. Ammo Rossiya — Gruziya munosabatlari keskin yomonlashdi.
2014-yil fevral oyida Ukrainada hokimiyat almashdi. Qrimda hoki- miyatga kelgan rossiyaparastlar Kiyevdagi yangi hukumatni tan olma- di. 2014-yil 16-martda ular referendum o‘tkazib, uning natijasiga bi- noan Qrimning mustaqilligini e’lon qildi va Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirish to‘g‘risida shartnoma imzoladi.
Vladimir Putin
Rossiyaning Ukrainaga nisbatan siyosati- dagi yana bir muammoli jihat Ukrainaning sharqida, xususan, Donetsk va Lugansk viloyatlarida bo‘layotgan voqealar bilan bog‘liq. Bu yerda ham Uk rainadagi hoki- miyat almashinuvini tan olmagan bir gu- ruh rusiyzabon yetakchilar tomonidan Donetsk va Lugansk Xalq respublikalari e’lon qilinib, o‘z armiyalarini shakllantirdi.
Tashqi siyosatda Rossiya hal qilishi lozim bo‘lgan masalalardan biri Suriya muammosi bo‘ldi. Rossiyaning harbiy-kosmik kuchlari 2015-yil sentabrdan boshlab Suriyadagi janglarda ishtirok etmoqda. Suriyada ISHID (Iroq va Shom islom davlati) va boshqa xalqaro terrorchi tashkilotlarga qarshi kurashda Rossiya bir qator yutuqlarga erishdi. Bu unga o‘zining geosiyosiy mavqeyini mustahkamlash imkonini berdi.