Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə1/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
jahon-tarixi


1-Mavzu. 1918 - 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar
Reja:

  1. Aniq va tabiiy fanlar sohasidagi yangiliklar.

  2. Texnika taraqqiyoti jadallashuvi.

  3. Tibbiyot rivoji.



Bu davrda dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasini o‘zgartirgan eng muhim omillardan biri ilmiy-texnik taraqqiyot bo‘ldi. Fanni ish- lab chiqaruvchi kuchga aylantirishning uzoq davom etgan jarayoni yakunlanib, XX asr boshlarida ilmiy-texnik inqilobga olib keldi.
Aniq va tabiiy fanlardagi inqilob. Nazariy bilimlarning amaliy ahamiyatga ega ekanligi yadro energiyasining kashf qilinishida yaqqol namoyon bo‘ldi. Amerikalik Enriko Fermi va fransuz Frederik Jolio- Kyuri uranning parchalanishi jarayonida yuz beradigan zanjirli reak- siya natijasida juda katta energiya ajralib chiqishi to‘g‘risidagi g‘oyani shakllantirdi.
Shu davrda fizikaning alohida yo‘nalishi atom fizikasi ham shakl- landi. 1938-yili nemis olimlari uran yadrolari ajralib chiqishining zanjirli reaksiyasini kashf etdilar. Insoniyat oldida atom energiyasidan foydalanishning murakkab muammosi paydo bo‘ldi.




Enriko Fermi atom reaktori asoschisi.
A tom bombasini yaratish ustida izlanishlar Germaniya, sobiq Sovet Ittifoqi va boshqa bir qator davlatlarda ham davom ettirildi. Ammo AQSH o‘z raqiblaridan ancha oldinlab ketdi. 1942-yili Chikagoda Enriko Fermi ilk atom reaktorini yaratdi. Birinchi atom bombasi 1945-yil AQSHning Nyu-Meksiko shtatidagi poligonda portlatildi.
Fizika sohasidagi yangi nazariyalarning amaliyotga tatbiq qilinishi ko‘plab yangi texnik ixtirolarga olib keldi.
Tarixda ilk bor harakatlanuvchi tasvirni elektron-nurli trubka yordamida masofaga uzatishni 1928-yili ixtirochilar Boris Grabovskiy va Ivan Belyanskiy Toshkentda amalga oshirdilar. Toshkent tramvay tresti bazasida o‘tkazilgan bu tajribani olimlar zamonaviy televideniyening paydo bo‘lishi, deb hisoblashadi.
Shu tariqa televideniye asri boshlandi.
1920-yillari ovozli kino ustida ishlash davri bo‘ldi. Ko‘plab tajri- balardan so‘ng 1927-yili Nyu-Yorkda namoyish qilingan «Jaz kuychisi» filmini mutaxassislar birinchi ovozli kino deb tan olishgan. Tomoshalar ichida eng ommaviysi bo‘lgan ovozli kino o‘z davrini shunday boshladi.
XX asr boshlarida biologiya fani ham shiddat bilan rivojlandi. 1922-yili fiziolog olimlar Jon Makleod va Frederik Banting ko‘plab tajribalar jarayonida o‘t pufagi gormoni bo‘lgan insulinni olishga mu- vaffaq bo‘ldilar. Qandli diabet kasalligi endi bedavo dard bo‘lmay qoldi. Insulinning kashf etilishi XX asrning eng buyuk kashfiyotlari- dan biri deb tan olindi. Jon Makleod va Frederik Banting fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldilar.
Shu davrda vitaminlar, gormonlarning kashf etilishi va virusologiya sohasidagi yutuqlar ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu kashfiyotlar mikrobiologiya sanoatining paydo bo‘lishi uchun asos yaratdi. Biolo- giyaning rivojlanishi turdosh fanlar — kimyo va tibbiyotga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Penitsillin kashfiyotchisi
Aleksandr Fleming.
1928-yili britaniyalik olim Aleksandr Fleming o‘z laboratoriyasida bir qancha vaqtdan beri to‘planib qolgan idishlarni yig‘ishtirayotib, ulardan biridagi mog‘orga ko‘zi tushadi. Tekshirib ko‘rilganda bu juda noyob Penicillium turiga mansub mog‘or bo‘lib chiqdi. Penitsillin, keyin esa boshqa antibiotiklarning kashf etilishi yuqumli kasalliklarni davolashda haqiqiy inqilob bo‘ldi. 1945-yili Aleksandr Fle­ming Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ko‘pgina kasalliklarni Aleksandr Fleming kashf qilgan penitsillinsiz va antibiotiklarning yangi avlodisiz davolash bugungi kunda ham mumkin bo‘lmasdi.
1930-yillarga kelib fizika, kimyo kabi tabiiy fanlarning rivojlanishi yangi, o‘ta mustahkam materiallarni yaratish imkonini berdi. AQSH va Germaniyada kapron, perlon, neylon, sintetik qatron kabi sun’iy tolalarning olinishi yangi, o‘ta sifatli konstruktiv materiallar olish
imkonini yaratdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin ularni ommaviy ishlab chiqarish boshlandi.
1930-yillar oxiriga kelib rivojlangan mamlakatlar sanoatining kat­ta qismi elektrlashtirildi. Fuqaro aviatsiyasi, telegraf, radioeshittirishlar keng tarqaldi. 1927-yili Buyuk Britaniyaning mashhur radio- korporatsiyasi Bi-bi-si tashkil qilindi.
Fan va texnikadagi yangiliklar kishilarning kundalik turmushini ham o‘zgartirib yubordi. Aholining boy va o‘rtahol qismida shaxsiy avtomobillar paydo bo‘ldi. Ko‘plab ishchilar ishga mototsikl va velosipedlarda qatnay boshladi. Maishiy texnikalar — sovitkichlar, changyutgichlar, kir yuvish mashinalaridan, shuningdek, telefon va grammofondan foydalanish keng tarqaldi.
Xullas, bu davrda fizika va boshqa tabiiy fanlardagi olamshumul kashfiyotlar hamda ilmiy-texnik inqilob industrial sivilizatsiya- ning keyingi rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Zotan, bu davrda fanning rivojlanishi inson zakovatining ulug‘vorligiga madhiyadir.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin