5-Mavzu. 1918 - 1939-yillarda Turkiya va Eron Reja: Birinchi jahon urushining oqibatlari.
Mustafo Kamol Otaturk va Turkiya ichki siyosatidagi o‘zgarishlar.
Turkiya tashqi siyosati.
Eron birinchi jahon urushidan keyin Eron.
Muhammad Rizo Pahlaviy va Eron ichki siyosati.
Usmoniylar imperiyasi Germaniya va uning ittifoqchilari safida turib Birinchi jahon urushida qatnashdi va mag‘lubiyatga uchradi. Imperiya hududi okkupatsiya qilindi. Antanta mamlakatlari Usmoniylar imperiyasiga qarashli yerlarni bo‘lib olish rejasini tuza boshla- dilar. Imperiyaning o‘z hududidan tashqaridagi barcha yerlari annek- siya qilindi va 1919-yili Parij konferensiyasi qaroriga ko‘ra Millatlar Ligasining mandati ostiga o‘tdi. G‘arb davlatlari Turkiyaning hudu- diga ko‘z tika boshladi. 1920-yilgi Sevr shartnomasiga ko‘ra Turkiya hududi bir guruh Yevropa davlatlari o‘rtasida bo‘lib olinishi ko‘zda tutildi. Ularning surbetlarcha harakati turk xalqining g‘azabini oshirdi. Mamlakatda qarshilik harakati boshlandi. Harakatga general Mustafo Kamol posho rahbarlik qildi.
Mustafo Kamol
Otaturk.
G‘arb davlatlari tomonidan qo‘llab-quvatlangan Gretsiya armiyasi Turkiya hududiga kiritildi. Shu tariqa Turkiya-Gretsiya urushi boshlandi. Uzoq davom etgan janglardan so‘ng 1922-yil oktabrga kelib M. Kamol qo‘shinlari butun Turkiya hududini ozod qildi. 1922 yil 1-noyabr kuni Turkiya Buyuk Millat majlisi sulton hokimiyatini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sulton Mexmed VI taxtdan ag‘darildi va mamlakatni tark etdi. 1923-yili Lozannada Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa bir qator davlatlar bilan M. Kamol hukumati imzola- gan yakuniy shartnomaga ko‘ra, Turkiya o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlab qoldi.
1923 yil 29-oktabrda Turkiya respublika deb e’lon qilindi, M. Kamol respublika prezidenti etib saylandi. Mamlakatda uzoqni ko‘zlab amalga oshi- rilgan islohotlar boshlandi.
Islohotlarning bosh maqsadi - mamlakatni modernizatsiya qilish deb e’lon qilindi. Bu Yevropa sivilizatsiyasining barcha taraqqiyparvar jihatlarini qabul qilish va ularni Turkiya sharoitiga moslashtirishni anglatar edi. Islohotlarning birinchi tamoyili dunyoviylik, dinni davlatdan ajratish bo‘ldi. Arab alifbosidan voz kechib, lo-tin alifbosi joriy qilindi. Yevropacha nasab (familiya) kiritilib, Buyuk millat majlisi. 1920-yilgi Sevr shartnomasiga ko‘ra Turkiyaning taqsimlanishi.
1920-yillari iqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishini chet ellik mulk- dorlardan sanoat korxonalari, infratuzilma obyektlari, temir yo‘llarni sotib olish, milliy sanoatni yaratish tashkil qildi. Tashqi siyosat. Otaturk tashqi siyosatining asosiy vazifasi Turkiyaning xalqaro obro‘sini oshirishga qaratildi. 1932-yili Millatlar Ligasiga a’zo bo‘lgan Turkiya barcha davlatlar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishga harakat qildi.
M. Kamol Germaniya bilan munosabatlarga alohida e’tibor qaratdi. Turkiya tashqi savdosining katta qismi Germaniya hissasiga to‘g‘ri kelardi. 1941-yili Germaniya bilan do‘stlik shartnomasi imzolandi. Turkiya Ikkinchi jahon urushida rasman betaraf qolgan bo‘lsa-da, hukmron doiralarning katta qismi Germaniyaga xayrixoh edi.
Eron. 1918-yil avgustga kelib ingliz qo‘shinlari butun Eronni o‘z nazoratiga oldi. 1919-yil imzolangan Angliya-Eron shartnomasiga binoan Eron amalda Buyuk Britaniyaning protektoratiga aylantirildi. Bu eronliklarning g‘azabini keltirdi. Butun mamlakatda tartibsizlik va qo‘zg‘olonlar boshlanib ketdi. Voqealarga armiya aralashib, 1921-yil fevralda kazaklar polki sardori polkovnik Rizoxon hukumatni ag‘darib tashladi. 1925-yilning dekabr oyida chaqirilgan Ta’sis majlisi Rizoxonni Pahlaviylar sulolasining shohi deb e’lon qildi. M. Kamoldan o‘rnak olib shoh Eronda 1928-yildan yevropacha libos joriy qildi, feodal unvon va murojaat shakllari bekor qilindi, nasab joriy qilindi. 1935-yildan mamlakatning nomi o‘zgartirildi: ilgarigi Fors o‘rniga Eron deb ataladigan bo‘ldi. Xotin-qizlarning huquqlari to‘g‘risida qonun qabul qilindi, ular maktablarda, oliy o‘quv yurtlarida o‘qish, davlat tashkilotlarida ishlash huquqiga ega bo‘ldi. 1935-yili chodra o‘rab yurishni bekor qilish to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
Ta’lim sohasida katta o‘zgarishlar yuz berdi. 1927 - 1934-yillardagi islohotlar davrida bepul majburiy boshlang‘ich ta’lim hamda pullik o‘rta va oliy ta’lim to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Yangi mak- tablar qurilib, o‘quvchilar soni bir necha barobar oshdi. Oliy o‘quv yurtlarining butun boshli tizimi yaratildi, jumladan, Tehron universiteti ochildi. Yuzlab eronlik yoshlar har yili chet ellarga, dunyoning eng yaxshi universitetlariga o‘qishga jo‘natildi.
Eron. 1930-yillar.
Agrar siyosatda Rizo shoh keskin o‘zgarishlar qilmadi. Qabila boshliqlari va boshqa yer egalaridan yer-mulklari, jumladan, vaqf yerlari tortib olinib, mulozimlar va zobitlarga bo‘lib berildi. Ammo dehqonlarning ahvoli o‘zgarmadi, ular avvalgiday juda yuqori ijara haqi to‘layverdi. Hukumat sanoat sektorining rivojlanishini ham rag‘batlantirdi. Mamlakatga mashina va uskunalarni litsenziyasiz olib kelishga ruxsat etildi, boj solig‘ida imtiyozlar berildi. Mamlakatda inglizlarning ta’sirini kamaytirish maqsadida shoh Germaniya bilan hamkorlikni kuchaytirdi. Eronga ko‘plab nemis mutaxassislari va texnikasi kirib keldi.
Tashqi siyosat. Shoh tashqi siyosati SSSR bilan G‘arb davlatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarni hisobga olib, ustalik bilan o‘z manfaatlarini saqlab qolishga qaratildi. SSSR Ikkinchi jahon urushiga qo‘shilgandan so‘ng 1941-yil avgustda sovet va ingliz qo‘shinlari Eronga kiritildi. Taxtga kelgan Muhammad Rizo Pahlaviy 1942-yili SSSR va Buyuk Britaniya bilan shartnoma imzoladi. Butun mamlakat hududi urush davrida sovetlar va inglizlar ixtiyoriga o‘tdi.