Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə2/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
jahon-tarixi

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. XX asrda ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvining sabablari nimadan iborat edi?

  2. XX asrning birinchi yarmida fizika sohasidagi kashfiyotlarning asosiy natijasi nimalardan iborat bo‘ldi?

  3. Zamonaviy elektron televideniyening paydo bo‘lishi qanday ixtirolar bilan bog‘liq bo‘ldi?

  4. Insulin va penitsillinning kashf etilishi qanday kasalliklarni davolash imkoniyatini yaratdi?



2-MAVZU. 1918 - 1939-YILLARDA XITOY
Reja:

  1. Birinchi jahon urushining oqibatlari.

  2. Inqilobiy harakatlarning boshlanishi.

  3. Yaponiya bosqini.

Birinchi jahon urushi yillarida Xitoy amalda Yaponiyaga to‘liq qaram bo‘lib qoldi. 1919-yil Parij konferensiyasida Xitoy o‘z talablari bilan ishtirok etdi. Bu talablar yapon qo‘shinlari tomonidan Xitoy hududini bosib olishni to‘xtatish, Shandun orolini ozod qilish, Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olishdan iborat edi. Talablar Xitoy ilgari G‘arb davlatlari bilan imzolashga majbur bo‘lgan shartnomalarning ham bekor qilinishini nazarda tutardi. G‘arb davlatlari bunga rozi bo‘lmadi va Xitoyga rasman rad javobi berildi.
B undan g‘azablangan xitoylik talabalar 1919-yil 4-may kuni Pekinda namoyish boshladilar. Talabalar harakati butun Xitoyni larzaga soldi va juda katta ijobiy natijalarga olib keldi.1920-yil iyulda Pekindagi hukumat ag‘darilib, hokimiyatga Buyuk Britaniya va AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan U Peyfu keldi. Natijada, 1921 - 1922-yillari Vashingtonda bo‘lib o‘tgan konferensiyada barcha ishtirokchi dav latlar Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlit- ligini kafolatladi. Yakkalanib qolgan Yaponiya Shandun viloyatini Xitoyga qaytarishga majbur bo‘ldi. Umuman konferensiya Xitoyning xalqaro obro‘si oshayotganligidan dalolat berdi.


Chan Kayshi.

Sun Yatsen.
X itoy inqilobini tashkil qilishda Sun Yatsenning roli beqiyos. 1925-yil martda Sun Yatsen vafot etgandan so‘ng mamlakatni tinch yo‘l bilan birlashtirish imkoniyati yo‘qqa chiqdi.1920-yillardagi «Buyuk milliy inqilob».1925-yil bahorda shanxaylik burjuaziya, talabalar va ishchilar vakillari mamlakatdagi inglizlarga qarshi harakat boshladi. Harakatga talabalarning tinch namoyishi ingliz politsiyachilari tomonidan o‘qqa tutilishi sabab bo‘ldi. Bu vatanparvarlik harakati «30- may harakati» nomini oldi va Xitoyning suverenitetini tiklash shiori ostida o‘tdi. Inqilobga Gomindan partiyasi (Milliy partiya) rahbarlik qildi. 1926-yili general Chan Kayshi boshchiligidagi Gomindan milliy hukumati Milliy inqilobiy armiyaning Shimolga yurishini boshladi. Bu yurish davrida Markaziy Xitoyning ko‘plab provinsiyalari, jumladan, Uxan, Nankin, Nanchan, Shanxay kabi yirik shaharlari gomindanchilar qo‘liga o‘tdi. Shu davrda gomindanchilar bilan kommunistlar o‘rtasida ajralish yuz berdi. Mamlakatda real hokimiyatni qo‘lga olgan gomindanchilar inqilobni yakunlangan deb hisobladi, kommunistlar esa Xitoyda sotsializm qurish rejasini ilgari surdi. Ular 1931-yili Xitoy Sovet Respublikasini e’lon qildi va Mao Szedun uning raisi etib saylandi. Gomindan bilan kommunistlar o‘rtasidagi kurash yigirma yil davom etgan fuqarolar urushiga aylanib ketdi.
Yaponiya bosqini. Yaponlar 1931-yil sentabrda Xitoyga qarashli Manchjuriyaga bostirib kirdi, bir kunda barcha yirik shaharlarini egalladi. Bu hududni himoya qilgan Gomindan armiyasi mamlakat ichkarisiga uloqtirib tashlandi. Chan Kayshi hukumati Yaponiya ustidan shikoyat qilib Millatlar Ligasiga murojaat qildi, ammo xalqaro hamjamiyatning e’tibori uncha kuchli bo‘lmadi. Birorta yirik davlat Yaponiya bilan janjallashishni istamadi.1932-yil 1-martda yaponlar Manchjuriyada Manchjou-Go davlati tuzilganligini e’lon qildi.
Tayanch tushunchalar:

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin