Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə9/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46
jahon-tarixi

Sivilizatsiya — ijtimoiy taraqqiyot va moddiy madani- yat darajasining ma’lum bir ijtimoiy-siyosiy tizimga xos bo‘lgan bosqichi.
Konvensiya — alohida masala bo‘yicha xalqaro kelishuv, xalqaro shartnoma turi.
Missionerlik — o‘zga din vakillari orasida xristian dinini targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan faoliyat.
Iyerarxiya — pastdan yuqoriga qarab amal pillapoyasi bo‘yicha bo‘ysunish tartibi.

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. XX asr boshlarida Afrika xalqlari tarixi haqida nimalarni bi- lasiz?

  2. 1926-yili Millatlar Ligasi tomonidan qanday mazmundagi kon- vensiya qabul qilingan?

  3. Birinchi jahon urushi arafasida Afrika qit’asi, asosan, qaysi davlatlar o‘rtasida bo‘lib olingan edi?

  4. Yevropaliklar kirib kelishi bilan Afrikada modernizatsiyalash tendensiyalarining paydo bo‘lishi nimalarda namoyon bo‘ldi?

  5. Aholi orasida an’anaviylik qoldiqlarining kuchliligi iqtisodiy, ijti- moiy va siyosiy sohalarda qanday namoyon bo‘ldi?

  6. Afrika Milliy kongressi va Panafrika harakati haqida nimalar bilasiz?

7-MAVZU: 1918 - 1939-YILLARDA SSSR
Reja:

  1. Rossiyada oktabr to‘ntarishining amalga oshirilishi

1917-yil noyabrda Vladimir Lenin boshchiligida bolsheviklar hukumati Xalq komissarlari soveti tuzilgandan so‘ng Rossiyaning boshqa hududlarida ham sovet hokimiyatini o‘rnatish boshlandi.
Joylarda mahalliy hokimiyatlar tarqatib yuborildi, boshqaruv to‘liq sovetlar qo‘liga o‘tdi. Yangi hokimiyatning muhim jihati shunda ediki, u partiyaviy rahbarlik asosida shakllandi va bolshe­viklar partiyasining har qanday qarori sovet qarori sifatida qabul qilinishi mumkin bo‘ldi. Partiya va davlat tashkilotlarining birikib ketishi shakllanayotgan bolsheviklar totalitar tuzumining muhim belgisi edi.
1918-yil martida Brest-Litovsk shahrida Germaniya bilan sulh tuzildi. Sulh natijasida bolsheviklar vaqtincha nafasni rostlash imkoniyatiga ega bo‘lsada, Rossiya 5 mln. kishi yashaydigan juda katta hududidan va Qora dengiz flotidan ayrildi, Germaniyaga katta kontributsiya to‘lash majburiyatini oldi. Tarixchilarning ta’kidlashicha, sulh Rossiyaning butun tarixi davomidagi eng sharmandali shartnoma bo‘ldi.
Fuqarolar urushi. Ko‘pchilik tarixchilar Rossiyada Fuqarolar urushi 1917-yil oktabrda bolsheviklar hoki- miyatga kelishi bilan boshlandi va 1922-yil kuzda Uzoq Sharqda «Oq gvardiya»ning tor-mor qilinishi bilan yakunlandi, deb hisoblaydi.
Fuqarolar urushining asosiy sa- bablari jamiyatni qayta qurishning ezgu maqsadlari bilan ularni amalga oshirishning radikal usullari o‘rtasidagi nomu- tanosiblikdan iborat edi. Bu urushda turli xil ijtimoiy sinflar va guruhlar o‘zaro muammolar va ziddiyatlarni qurol kuchi bilan hal qildilar.
Fuqarolar urushi davrida chet el, avvalo, Antanta davlatlarining Rossiyaga qarshi bosqinchilik harakatlari ham bo‘lib, u chet el intervensiyasi nomini oldi. Chet el qo‘shinlari bilan sovetlarning ichki dushmanlari birlashib, 1918-yili Rossiyaning Volgabo‘yi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq hududlarida sovet hokimiyatini ag‘darib tashladi. Shun- day holatda bolsheviklar juda katta tashkilotchilik ishlarini amalga oshirdi: qo‘shinlar soni 1 mln. kishidan oshdi; armiyada qat’iy tartib o‘rnatildi, Chor hukumatining ko‘plab general va ofitserlari sovetlar tomoniga jalb qilindi; mamlakat «yagona harbiy lager» deb e’lon qilindi.
1918 — 1922-yillari Sovetlar respublikasida iqtisodni boshqarishning harbiy usuli — «harbiy kommunizm» siyosati o‘rnatildi. U fuqarolar urushida g‘alaba qozonish uchun mamlakat barcha resurslarini safar- bar qilishning favqulodda tizimi edi. Bu siyosatning eng muhim jihatlari: xususiy mulkchilikni bekor qilish; pul-tovar munosabatlarini
to‘xtatish va sanoatni milliylashtirish; teng taqsimlashga asoslangan davlat tizimini o‘rnatish; ish haqini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘lash; shahar bilan qishloq o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri mahsulot al- mashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘ldi. Dehqonlardan oshiqcha oziq-ovqat mahsulotlarini majburiy va tekin tortib olish oziq-ovqat razvyorstkasi joriy qilindi.
Siyosiy sohada «harbiy kommunizm» bir partiyaviy tizimning hukmronligi, ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv usulining joriy qi- linishi va hurfikrlilikning qattiq ta’qib qilinishi bilan tavsiflanadi. Ma’naviy sohada hukmron mafkura va axloq normasi sifatida mark- sizm o‘rnatildi. Bu shafqatsiz usullar bilan bolsheviklar o‘z maqsadlariga erishdilar.
Fuqarolar urushining yakunlovchi bosqichi sobiq Rossiya imperiyasining chekka o‘lkalari Kavkazorti, O‘rta Osiyo va Uzoq Sharqda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi bilan xarakterlanadi. 1922-yil noyabrda Qizil armiya Vladivostok shahrini olib, Tinch okeaniga chiqishi bilan Rossiyada Fuqarolar urushi, asosan, yakunlandi.
SSSRning tashkil topishi. 1922-yili amalga oshirilgan muhim tadbirlardan biri SSSRning tashkil topishi bo‘ldi. Millatlarning o‘z huquqini o‘zi belgilash tamoyilidan kelib chiqib, barcha respublikalar federativ davlatga teng huquqli a’zo bo‘lib kirdilar. Natijada, 1922-yil 30-dekabr kuni sobiq Rossiya imperiyasi hududida Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR) tashkil qilindi.
Bu yangi davlatda eski jamiyatning asoslari buzib tashlandi, «dav- lat sotsializmi» (davlatning iqtisodiyotga va ijtimoiy munosabatlarga aralashuvi) o‘rnatildi va iqtisod, jamiyat, davlat misli ko‘rilmagan sur’atlarda isloh qilindi. Sovet tipidagi «davlat sotsializmi» jamiyatni industrlashtirishning kapitalistik usuliga muqobil yo‘l edi.



Fritof Nansen.
Dastlab SSSRga Rossiya, Ukraina, Belorusiya va Kavkazorti respublikalari kirdilar. 1924-yili davlatning birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi. 1924-yili Kavkazorti va O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilib, milliy sovet respublikalari tashkil qilindi. Shu yillari SSSR Yevropa davlatlari tomonidan, 1933-yili oxirgi yirik davlat AQSH tomonidan tan olindi.
Yangi iqtisodiy siyosat. 1921-yili sovet davlati kuchli iqtisodiy va siyosiy inqirozni boshi- dan kechirdi. Mamlakat vayron bo‘lgan, sanoat ishlab chiqarishi keskin pasayib ketgan edi.
Yuz bergan dahshatli qurg‘oqchilik Ukraina,
Kuban va butun Volgabo‘yini qamrab oldi.
Bu hududlarda ocharchilik boshlanib, sovetlarga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘tarildi. Mashhur norveg sayyohi Fritof Nansen ochlarga amaliy yor- dam ko‘rsatishni tashkil qilganlardan biri bo‘ldi. Uning hurmati va qat’iy iltimosi tufayli G‘arb davlatlari och Rossiyaga yordam ko‘rsatdi, ming- lab odamlarni o‘limdan qutqarib qoldi.
Mamlakatning og‘ir inqiroz holati bolsheviklarni «harbiy kom- munizm» siyosatidan voz kechib, yangi iqtisodiy siyosat (ruscha NEP) deb nom olgan kursga o‘tishga majbur qildi. NEPning mohiyati bozor iqtisodiyotini qisman tiklash, uni iqtisodiy manfaatdorlik va xo‘jalik hisobi asosida rivojlantirishdan iborat edi. NEP majburiy va vaqtinchalik tadbir bo‘lib, bolsheviklar inqiroz tugashi bilan uni bekor qilishni ko‘zlagan edi.
NEP xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirdi, iqtisodning o‘sishiga ko‘maklashdi. NEP mamlakat xalq xo‘jaligini tiklash, ishlab chiqarish va savdoni yo‘lga qo‘yish, og‘ir iqtisodiy holatdan chiqib olish imkonini berdi. Ammo NEP SSSRda «bozor sotsializmining» o‘rnatilishiga olib kelmadi. 1924-yili Vladimir Lenin vafot etgandan so‘ng davlatda Iosif Stalin va uning safdoshlari asosiy rol o‘ynay boshladi. Ular NEP o‘z rolini bajarib bo‘ldi, deb hisobladi va 1927 - 1929-yillarda asta-sekin uni bekor qilish boshlandi. Iqtisodiy evolutsiya, iqtisodiy raqobat, iqtisodiyotga ta’sir qilishning iqtisodiy usullari o‘rniga jamiyatni boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik, fav- qulodda, noiqtisodiy usullari tanlandi. Stalin shaxsiga sig‘inish, uni cheksiz ulug‘lash jarayoni boshlanib, avval muxolifatchilar, keyin esa millionlab begunoh kishilar qatag‘on qilindi.
Industrlashtirish. 1920-yillar oxiri - 1930-yillar boshida amalga oshirilgan eng muhim tadbir mamlakatni industrlashtirish bo‘ldi. 1928 — 1932-yillarga mo‘ljallangan birinchi besh yillik sovet rejali iqtisodiyoti davrini boshlab berdi. Besh yillikning asosiy vazifasi SSSRni agrar mamlakatdan sanoati rivojlangan va kuchli harbiy davlatga aylantirish edi. Juda katta kuch va mablag‘ og‘ir sanoatni rivojlantirishga sarflandi. Shu yillari 1500 ta yirik sanoat korxona- lari qurildi. Birinchi besh yillikda sovet og‘ir sanoatining asoslari yaratildi.
Kollektivlashtirish. 1928-1933-yillari SSSRda kollektivlashtirish deb nom olgan siyosat amalga oshirildi. Buning natijasida qishloqda- gi o‘ziga to‘q dehqonlar, yer egalarining barchasi mulkidan mahrum qilindi, ko‘pchiligi quloq sifatida qamaldi, surgun qilindi, qatl etildi. Kollektivlashtirish oqibatida 15 mln. ga yaqin dehqon o‘z yerlaridan surgun qilinib, bir necha millioni halok bo‘ldi. Kollektivlashtirishning dahshatli oqibati shu bo‘ldiki, SSSR tarixining oxirigacha mamlakat o‘zini o‘zi oziq-ovqat bilan ta’minlay olmadi. 1933-yilgi dahshatli ocharchilikda Ukraina, Kuban, Volgabo‘yi, Qozog‘istonda 7 mln. dan ortiq kishi ochlikdan vafot etdi.
1933—1937-yillarni qamrab olgan ikkinchi besh yillikda sanoat gur- kirab o‘sib, SSSR uning ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.
1938-yili boshlangan uchinchi besh yillikda, asosan, harbiy sanoat korxonalarini qurish rejalashtirildi.
milliy madaniyatlar zarar ko‘rdi, dinga qarshi kurash avj oldi. Ayni paytda, o‘zining barcha ziddiyatlariga qaramasdan, madaniy inqilob bir qancha jiddiy muammolarni hal qildi.
Aholining turmush madaniyatini oshirish sari muhim qadam tash- landi. Savodsizlikka qarshi kurashda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Ta’lim tizimi to‘liq isloh qilinib, 1930-yili majburiy boshlang‘ich ta’lim joriy qilindi.
Tashqi siyosat. 1920-yillarda sovetlar tashqi siyosatining asosiy vazifasi yangi hokimiyatning xalqaro miqyosda tan olinishiga erishish bo‘ldi. 1930-yillari jahonda yuz berayotgan jarayonlar SSSR xavfsizligiga katta tahdid solayotgan edi. 1931-1932-yillari Yaponiya Manchjuriyani bosib olib, ikki davlat o‘rtasida keskinlikni yuzaga keltirdi. 1938-yili Hasan ko‘li atrofida yaponlar SSSR hududiga bostirib kirdi. Shiddatli janglardan so‘ng yaponlar sovet chegarasidan uloqtirib tashlandi. 1939- yili yaponlar Mo‘g‘ulistonga bostirib kirgandan so‘ng, uning ittifoqchisi bo‘lgan SSSR ham Mo‘g‘ulistonga qo‘shin kiritdi. Xalxin-Gol daryosi yonidagi jangda yaponlar mag‘lubiyatga uchradi. 1941-yil Moskvada o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risida sovet-yapon shartnomasi imzolandi.
Yevropa yo‘nalishida Germaniya solayotgan xavfni bartaraf etish maqsadida sovet hukumati Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa dav- latlar orasida o‘ziga ittifoqchilar izlay boshladi. 1934-yili Sovet It- tifoqi Millatlar Ligasiga a’zo bo‘ldi. Ammo bu vaqtga kelib tinchlik va xalqaro tartibga xavf solayotgan Germaniya xalqaro munosabatlar va sovetlar tashqi siyosatining muhim omili bo‘lib qoldi.


Vyacheslav Molotov va Rudolf
fon Ribbentrop (chapdan).
1922-yili imzolangan Rapallo shart- nomasidan so‘ng Sovet Ittifoqi bilan Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar yax- shilanib bordi. Natijada 1939-yil 23-av- gust kuni Moskvada SSSR va Ger­maniya o‘rtasida o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risidagi shartnoma (Molotov-Ribbentrop pakti) imzolandi. Shartnomaga ilova qilingan maxfiy protokolda SSSR- ning geostrategik manfaatlari chegarasi aniqlandi. Unga ko‘ra Finlandiya, Boltiq bo‘yi davlatlari, Polshaning sharqiy qismi, Bessarabiya SSSR manfaat­lari zonasi deb belgilandi. Ya’ni urush boshlanishi bilan SSSR shu hududlarni o‘ziniki hisoblashi mumkin edi.
Xullas, bolsheviklar o‘tkazgan juda katta miqyosdagi ijtimoiy tajri- ba jahon urushlari oralig‘ida millionlab kishilarni halok qildi, o‘n millionlab kishilarning odatiy turmush tarzini buzib tashladi, butun boshli millatlar taqdiriga ta’sir ko‘rsatdi. Ular juda katta qurbonlar evaziga, ommaviy safarbarlik va zo‘ravonlik usuli bilan iqtisodiy va harbiy jihatdan qudratli davlatni barpo qildilar.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin