Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə12/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46
jahon-tarixi

Shovinizm — bir irqning boshqalardan ustunligini da’vo qiluvchi, millatlar o‘rtasida nizo urug‘ini so- chuvchi o‘ta o‘ng, ashaddiy millatchilik.
О ‘nglar — mavjud tuzumni keskin o‘zgartirmaslik, uni konstitutsiya doirasida rivojlantirish tarafdorlari.
So‘llar — mavjud tuzumni o‘zgartirish, keskin islohotlar taraf­dorlari.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Birinchi jahon urushi Fransiya uchun qanday natijalarga olib keldi?

2. 1929 — 1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozining Fransiyaga ta’siri haqida gapirib bering.
3.1929 — 1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Fransiya iqtisodi va siyosiy kuchlar muvozanatiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
4. Jahon urushlari orasida Fransiya tashqi siyosatining asosi ni- madan iborat edi?
5. O‘nglar yetakchisi Pyer Laval bayonoti nimadan iborat edi?


10-MAVZU. 1918 - 1939-YILLARDA GERMANIYA


Germaniya inqilobi. Germaniya Birinchi jahon urushida mag‘lubiyatga uchradi. Urushdan keyin bu yerda inqilobiy voqealar sodir bo‘ldi. Inqilob harbiy dengizchilarning Kil shahridagi qo‘zg‘o- lonidan boshlandi. 1918-yil noyabrga kelib g‘alayonlar Germaniyaning barcha yirik shaharlarini qamrab oldi. Noyabr inqilobi g‘alaba qozonib, Germaniya respublika deb e’lon qilindi. Fridrix Ebert boshchiligida yangi hukumat tuzildi.
Ta’sis majlisiga o‘tkazilgan saylovlarda asosiy o‘rinlarni liberal va konservativ partiyalar vakillari egalladi.
1919-yil 31-iyul kuni Veymar shahrida Ta’sis majlisi inqilobiy om- maning demokratik talablarini qoniqtiruvchi konstitutsiyani qabul qildi. Germaniya tarixida yangi Veymar respublikasi davri boshlandi.
Rur inqirozi. 1923-yili fransuzlar Germaniyaning Rur viloyatiga bostirib kirdi. Rur inqirozi Germaniyaning o‘zida ham siyosiy noroziliklarni keltirib chiqardi. 1923-yil oxirida Yevropa mamlakatlari ichida eng qadrsiz pul Germaniyada edi.
Rur inqirozidan so‘ng reparatsiya va Yevropa qarzlari muammosini hal qilishning yechimi sifatida «Daues rejasi» qaralayotgan edi. 1924-yili amerikalik bankir Charlz Daues boshchiligidagi qo‘mita xalqaro moliya-kredit va savdo munosa- batlarini tiklashning strategik rejasini qabul qildi.
Bu reja kapitalistik dunyoda iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlash uchun asos bo‘ldi. Charlz Dauesga Nobel mukofoti berildi.
Germaniya fashizmining o‘ziga xos jihatlari. Germaniyada Adolf Gitler boshchiligidagi Charlz Daues.Germaniya natsional-sotsialistik ishсhi partiyasi 1919-yili paydo bo‘ldi. Aslida bu partiyaning Italiyada paydo bo‘lgan fashizmga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasi yo‘q. Aytish lozimki, fashizm so‘zi gitlerchilarga nisbatan faqat odat yuzasidan qo‘llaniladi. U dunyodagi deyarli barcha xalqlar tillariga kirgan. Ammo shuni inobatga olish lozimki, Germaniyada italyan tipidagi fashizm emas, natsizm shakllandi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin