Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə13/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
jahon-tarixi

«Pivo isyoni». 1923-yil 8-noyabr kuni Myunxendagi juda bahaybat pivoxonaga 3000 ga yaqin odam yig‘ildi. Bundan foydalangan Gitler boshchiligidagi bir guruh natsistlar Bavariyada hokimiyatni egallab, Berlinga yurish uyushtirishga urinib ko‘rdilar. Ammo politsiya ularning yo‘lini to‘sib, natsistlarni quvib yubordi, o‘nga yaqin natsist o‘ldirildi. Gitler va boshqa tashkilotchilar turli muddatga qamoqqa tashlandi. Bu Germaniyada natsistlarning hokimiyatga kelish uchun birinchi urinishi edi. Muvaffaqiyatsizlik bi­lan tugashiga qaramasdan, aynan «pivo isyoni» natsistik partiyani umumgermaniya miqyosidagi siyosiy kuchga aylantirdi.
1932 yil aprelda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Gindenburg g‘olib chiqdi, Gitler undan sal ortda qoldi. Reyxstagga bo‘lib o‘tgan saylovlarda natsional-sotsialistlar g‘olib chiqib, eng yirik par- lament partiyasiga aylandi.
1932 yil 30-yanvarda prezident Paul fon Gindenburg reyxstagda (parlament) eng katta fraksiyaga ega bo‘lgan natsional-sotsialistlar yo‘lboshchisi Adolf Gitlerni reyxskansler (hukumat boshlig‘i) lavozimiga tayinladi.
Veymar konstitutsiyasi bekor qilindi, 1934-yili prezident Gindenburg vafot etgandan so‘ng Gitler Germaniyaning fyureri (dohiysi) bo‘lib oldi. Prezident lavozimi bekor qilindi, shu vaqtdan boshlab Veymar respublikasi amalda o‘z faoliyatini yakunladi.
Gitler totalitar rejimining asosiy maqsadi «noraso irqlarni» bo‘ysundirish, katta hududlarni egallash uchun Germaniyani urushga tayyorlashdan iborat edi. 1936 — 1939-yillari Germaniya iqtisodiyoti to‘liq urush maqsadlariga bo‘ysundirildi, harbiy xarajatlar 10 barobar oshirildi, qo‘shinlar soni 1914-yil darajasiga yetkazildi, harbiy-dengiz floti isloh qilindi. 1935-yili umumiy harbiy majburiyat to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi. Germaniya katta urushga tayyorlana boshladi. Germaniyadagi totalitar rejimga Italiya va Yaponiyadagi shunday rejimlar ittifoqchi bo‘ldi.




Nemis qo‘shinlari Polsha chegarasini buzib o‘tmoqda. 1939-yil 1-sentabr.
1 937 — 1938-yillari iqtisodiy o‘sishda erishilgan yutuqlar va ijti- moiy siyosat gitlerchilar rahbariyatiga Germaniyada ichki holatni barqarorlashtirish imkonini berdi. Bu asosiy maqsad natsional-sotsializm g‘oyalari ruhidagi yangi jahon tartibini o‘rnatish yo‘lidagi ilk qadam deb qaraldi. 1937 — 1938-yillari gitlerchilar rejimining asosiy siyosati Germaniyani total ravishda urushga tayyorlash, mavjud mehnat va moddiy resurslarni to‘liq safarbar qilish bo‘lib qoldi. Harbiy kadrlarni tayyorlash jadallashtirildi, qurol ishlab chiqarish oshirildi. Ikkinchi jahon urushi arafasida Germaniya Yevropada eng katta armiyani shakllantirdi.
Germaniyaning tashqi siyosati ham borgan sari tajovuzkor xarakter kasb etib bordi. 1938-yili Avstriya anshlyus qilindi, 1939-yili Chexoslovakiya ham Germaniyaga qo‘shib olindi. «Polshadagi nemislarning taqdiri haqida g‘amxo‘rlik» Ikkinchi jahon urushining boshlanishi uchun bahona bo‘ldi.
1939-yil 1-sentabrda Germaniya Polshaga bostirib kirdi. Ikkinchi jahon urushi boshlandi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin