Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə15/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46
jahon-tarixi

Katolitsizm — xristian dinining asosiy mazhablari- WB0 dan biri.
Avtoritarizm siyosiy rejim, unda jamiyat davlatva uning boshlig‘iga bo‘ysundiriladi, hokimiyat tepasida turgan shaxs o‘zini o‘zi shu hokimiyatga haqli deb e’lon qiladi.
Kortes — Ispaniya va Portugaliyada parlamentning nomlanishi.
Dekret (decretum — qaror, decernere — qaror qilish) — davlat or- gani yoki lavozimdagi shaxsning huquqiy akti, qarori.


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Nima uchun Italiyadagi siyosiy inqiroz fashistlarning hokimi­yatga kelishi bilan yakunlandi? Italyan fashizmining asosiy jihatlarini ta’riflang.

  2. B. Mussolini haqida nimalarni bilasiz?

  3. Italyan fashistlarining militaristik va tajovuzkor tashqi siyosati nimalarda namoyon bo‘ldi?

  4. Birinchi jahon urushidan keyin Ispaniyada ichki ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarning kuchayishiga nima sabab bo‘ldi? Nima uchun Primo de Rivera hokimiyatni o‘zida saqlab qola olmadi?

  5. Ispaniyada Xalq fronti hukumatining inqiroziga nimalar sabab bo‘ldi?

  6. Ispaniyada falangachilar g‘alabasining va Franko diktaturasi o‘rnatilishining sabablari nimada edi?

12-MAVZU AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARI
Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy muammolar. Urushga boshqa davlatlardan keyin qo‘shilgan, harbiy harakatlardan uzoqda joylashgan AQSH ancha kam qo‘shin yo‘qotdi, ammo urushda ishtirok etish Amerika biznesi uchun juda katta foyda keltirdi.
Urushdan oldin Yevropadan qarzdor bo‘lgan AQSH endi uning kreditoriga aylandi. Urushdan keyin AQSH qashshoqlashgan va vay- ron bo‘lgan Yevropadan olimlar va ilmiy kashfiyotlarni yig‘ib oldi, yangi ixtirolarni ishlab chiqarishga joriy qildi, yangi texnika va texnologiyalarning ajoyib muvaffaqiyatini namoyish etdi.
1924- 1929-yillari jadal rivojlangan AQSH iqtisodiy jihatdan dunyoning eng rivojlangan mamlakatiga aylandi. AQSHda iqtisodning eng yangi sohalari: elektrotexnika, kimyo, aviatsiya, neft sanoati, avtomobilsozlik, kino sanoati, radiotexnika jadal rivojlandi. Kir yuvish mashinalari, sovitkichlar, foto- apparatlar, patefon va radiopriyomniklar ommaviy ishlab chiqarila boshlandi. 1920-yillar oxiriga kelib har ikki amerikalikning bittasida radiopriyomnik bor edi. Shu yillari yo‘lovchi aviatsiyasi davri boshlandi.
Shunday sharoitda 1928-yili kongres- ga bo‘lib o‘tgan saylovlarda yana respublikachilar g‘alaba qozondi. Ular partiyasidan prezidentlikka nomzod Gerbert Guver 1929-yil yanvarda AQSHning navbatdagi prezidenti qilib saylandi.
Ammo Amerikacha gullab-yashnash va ilg‘or kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotining bo‘shtomoni ham bo`lib, u doimiy yuz beradigan inqirozlarda namoyon bo‘ladi. 1929-yil 24-oktabrda Nyu-York fond birjasida boshlangan inqi- roz tufayli barqaror rivojlanish davri tuga- di. AQSHning ortidan butun kapitalistik dunyo jahon iqtisodiy inqirozi girdobiga sho‘ng‘idi. Bu inqiroz kapitalistik xo‘jalik shaklining XIX asr oxiri—XX asr boshlari uchun xos bo‘lgan tarixiy evolutsiyasini yakunladi.
1930-yillarning boshiga kelib AQSH kapitalistik dunyoning tan olingan yetakchisiga, texnik taraqqiyotning yalovbardoriga aylandi. Iqtisodiy inqirozning butun qudrati ham shu yerda namoyon bo‘ldi. Xo‘jalikning an’anaviy tipi o‘z imkoniyatlarini yakunladi. 1929 -1932-yillari sanoat ishlab chiqarishi hajmi 50 % ga qisqardi, 13 mln.ga yaqin kishi o‘z ish joylaridan mahrum bo‘ldi.
AQSH prezidenti Gerbert Guver Amerikacha individualizm va liberalizm tamoyillarini himoya qilib, hech qanday ijtimoiy choralar ko‘rishga rozi bo‘lmadi.
1932-yil noyabrdagi saylovlarda Guverga qarshi demokratik partiyadan Franklin Ruzvelt nomzodi qo‘yildi. O‘ta shuhratparast bo‘lgan bu shaxs o‘z umrini siyosiy faoliyatga bag‘ishladi. U AQSH prezidentligiga qatorasiga to‘rt marta (1932, 1936, 1940, 1944) saylangan yagona shaxs. Shuning o‘zi ham uning AQSH tarixidagi g‘oyat katta rolidan dalolat beradi.



Franklin Delano Ruzvelt.
Franklin Ruzvelt umumiy muhit talabidan kelib chiqib, nutqlaridan birida: «Men Amerika xalqiga yangi kurs va’da qilaman», — dedi. «Yangi kurs» degan bu jozibador so‘z ommaviy shior va siyosatning nomiga aylandi. «Yangi kurs» Amerika kapitalizmining xarakterini o‘zgartirib yubordi. U AQSH iqtisodini yangi, buyuk davlatchilik intilishlari avj olgan davrga mosladi.
Shu tariqa 1930-yillarning ikkinchi yarmida AQSH va uning ortidan butun kapitalistik dunyo iqtisodiy inqirozdan chiqib oldi. Ayni paytda ular boshqa bir, ko‘proq tashqi siyosat bilan bog‘liq muammolarga duch keldi.



1929-yil 24-oktabrda Nyu-York fond birjasida inqirozning boshlanishi.
Tashqi siyosat. 1920 — 1930-yillari AQSHning tashqi siyosatida juda muhim voqealar unchalik ko‘p bo‘lmadi. Ammo inqiroz tashqi siyosatga ham ta’sir ko‘rsatdi. 1933-yili Sovet Ittifoqi bi­lan diplomatik munosabatlar o‘rnatildi, shu yillari neytralitet haqida hamda urushayotgan davlatlarga qurol yetka- zib berish va kredit ajratishni taqiqlash to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Bu paytda Ispaniyada fuqarolar urushi keta- yotgan edi va AQSH neytralitetga qat’iy rioya qildi. Ikkinchi jahon urushi boshlanguncha izolatsionizm AQSH hukumatining ustuvor siyosati bo‘lib qoldi. Faqat 1941-yil 7-dekabr kuni Yaponiya floti Pyorl-Xarborga — AQSH flotining Tinch okeanidagi asosiy bazasiga hujum qilgandan so‘nggina AQSH Ikkinchi jahon urushiga qo‘shildi.
Keyinchalik Franklin Ruzvelt neytralitet haqidagi qonun va izolatsionizm siyosati xato bo‘lganligini tan olgan edi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin