Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar


-Mavzu. 1918 - 1939-yillarda Afrika mamlakatlari



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə8/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
jahon-tarixi

6-Mavzu. 1918 - 1939-yillarda Afrika mamlakatlari
Reja:

  1. Birinchi jahon urushidan so‘ng Misr.

  2. Birinchi jahon urushidan so‘ng Liviya.

  3. Afrikada milliy-ozodlik harakatlarining boshlanishi.

Afrika qit’asini keng ma’noda ikkita mintaqaga bo‘lish mumkin: Shimoliy va Tropik Afrika. Afrika qit’asining shimoliy qismi arab- islom sivilizatsiyasining bir qismiga aylandi. Bu hudud doim Yaqin Sharqqa intilib yashaydi va shu bilan Afrikaning qolgan qismidan farq qiladi. Shimoliy Afrikada Misr, Jazoir, Tunis, Marokash, Liviya joylashgan.
Misr. 1922-yili Buyuk Britaniya Misr ustidan o‘z protektoratini bekor qilib, uning to‘liq mustaqilligini tan oldi. 1923-yili qabul qilingan konstitutsiyaga ko‘ra, Misr monarxiya deb e’lon qilindi.
1941-yili Misr hududiga Germaniya va Italiya qo‘shinlari kiritildi.
Jazoir, Tunis va Marokash Fransiyaning mustamlakalari bo‘lib, Birinchi jahon urushidan keyin ham shu holat saqlanib qoldi. Ja- hon urushlari oralig‘ida Jazoirda - Farhod Abbos, Tunisda - Habib Burg‘iba, Marokashda - Abdul Karim boshchiligida milliy-ozodlik harakatlari avj oldi. Bu harakatlar g‘alaba qozonmagan bo‘lsa-da, mintaqadagi arab xalqlari milliy va siyosiy ongining o‘sishida katta rol o‘ynadi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘plab musulmonlar Fransiyani qo‘llab-quvvatladi, fransuz armiyasi safiga kirdi. 1940-yili Fransiya mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng Jazoir va Tunis Germaniya va Itali- yaning xomashyo bazasiga aylantirildi.
Liviya. Birinchi jahon urushidan keyin Italiya Liviyaga ko‘p ming kishilik qo‘shin kiritdi. Liviya qarshilik harakati otryadlari Italiya qo‘shinlariga qarshi kurash olib bordi. 1931-yili qarshilik harakati bostirilib, uning rahbarlari qatl qilindi. Liviya Italiyaning mustamla- kasiga aylantirildi.
Ikkinchi jahon urushi yillari Italiya Liviyaning qulay strategik joylashuvidan foydalandi: portlar, aerodromlar, yo‘llar qurildi. Mamlakat hududi urush harakatlari maydoniga aylandi.
1931 yil fevralda Liviyada Milliy-ozodlik harakatlari yetakchilari Tropik Afrika. Yaqingacha ko‘pchilik yevropaliklar Afrika tarixini nazar-pisand qilmasdan, bu tarix umuman bo‘lmagan deb hisoblardi. XX asrning boshlarigacha Afrika tarixi yevropaliklar nazarida faqat qul savdosi va iqtisodiy talonchilik bilan bog‘liq edi. 1926-yili Mil- latlar Ligasi tomonidan qabul qilingan «Qullik haqida» konvensiyada qullik va qul savdosiga ta’rif berilib, ular qoralandi.
Birinchi jahon urushidan so‘ng Afrikaning janubiy va markaziy qismida joylashgan hududlar Buyuk Britaniyaga qarashli bo‘lib, uning mustamlakalarida Afrika umumiy aholisining katta qismi istiqomat qilardi.
Fransiya Afrika qit’asining katta hududini egallab olgan bo‘lsada, Fransiya mustamlakalarining asosiy qismi G‘arbiy va Ekvatorial Afrikada joylashgan va ancha qismi Sahroyi Kabirga to‘g‘ri kelardi. Qolgan hududlarni Belgiya, Portugaliya, Ispaniya va Italiya o‘zaro bo‘lishib olgandilar.
Afrikada metropoliyalar siyosatining o‘ziga xos tomonlari. Birinchi jahon urushidan so‘ng Afrikada infratuzilma obyektlari: temiryo‘llar, bandargohlar, aloqa tizimi, shuningdek, Yevropa tipidagi ma’muriy tashkilotlar, maktablar, kasalxonalar qurildi. Missionerlik faoliyati orqali xristian dini tarqaldi. Natijada Afrikani modernizatsiyalash uchun intilishlar pay do bo‘ldi, an’anaviy jamiyatga yevropacha unsurlar kirib bordi.
Iqtisodda aholining katta qismi avvalgiday an’anaviy usulda kun kechirish bilan band edi, qishloq xo‘jaligi ibtidoiy usulda olib borilardi, bir qism aholi hunarmandchilik, ovchilik bilan band bo‘lib, muntazam mehnat qilish malakasiga ega emasdi.
Ijtimoiy sohada eski tuzum (katta oila, urug‘, jamoa, qabila), qa- bila va jamoa boshliqlarining avvalgi Iyerarxiyasi, urug‘lar va qabilalar o‘rtasidagi munosabatlarning murakkab tizimi, qulchilik saqlanib qoldi. Jamiyatda mahalliy tabib va kohinlarning obro‘si hali ham juda yuqori edi.
Siyosiy sohada, hatto, yangi siyosiy institutlar paydo bo‘lgan joy- larda ham ular eski siyosiy tizim asosiga qurildi, ularda qabila boshliqlari, kohinlar va shu kabilar asosiy rol o‘ynadi.
Madaniy sohadagi muvaffaqiyatlar ko‘pincha faqat tashqi ko‘rinish edi, xolos: xristianlik rasmiyat uchun qabul qilindi, mahalliy aholi­ning ongi va xulqida avvalgiday an’anaviy madaniyat va ibtidoiy tasavvurlar hukmron bo‘lib qolaverdi.

Uilyam Dyubua
1920-yili Afrikada birinchi siyosiy partiya — Afrika Milliy kongressi (AMK) tashkil topdi. Shundan so‘ng qit’aning barcha hududlarida partiyalar va kasaba uyushmalariga o‘xshash tashkilotlar paydo bo‘ladi.
Afrika xalqlarining siyosiy faollashuvida Panafrika kongresslari katta rol o‘ynadi. Panafrika harakati mahalliy aholining irqiy kamsitilishiga chek qo‘yish, tan jazosini va majburiy mehnatni bekor qilish kabi talablarni ilgari surdilar. Bu davrda Panafrika harakatining ko‘zga ko‘ringan arboblari, panafrikanizmning «ota»lari Uilyam Dyubua va Markus Garvi edi. 1930-yillarning ikkinchi yarmidan Af- rikada iqtisodiy rivojlanish sur’atlari ja- dallashdi. Ayni paytda mahalliy aholini majburiy mehnatga jalb qilish tartibga solindi.
1 939 yili Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan urush ishtirokchilarining rejalarida Afrika muhim strategik ahamiyat kasb etdi. Yuz minglab afrikaliklar Shimoliy Afrika, G‘arbiy Yevropa va boshqa hududlardagi urush harakatla- rida qatnashdi. Afrikaliklardan tashkil qilingan milliy harbiy qismlar keyinchalik mustaqillik uchun kurashda muhim rol o‘ynadi.

Markus Garvi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin