Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar


Kansler — Germaniya va Avstriyada hukumat bosh- lig‘i, bosh vazir shunday ataladi. Defitsit



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə28/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46
jahon-tarixi

Kansler — Germaniya va Avstriyada hukumat bosh- lig‘i, bosh vazir shunday ataladi.
Defitsit taqchillik, biron-bir narsaning yetishmasligi. Masalan, chetga tovar sotish — eksportga nis- batan chetdan tovar olib kirish — importning oshib ketishi tashqi savdo defitsiti deb ataladi.
Mafiya — zo‘rlik, qo‘rqitish, terror, qotillik, ig‘vogarlik usullari bilan iqtisodiy va siyosiy maqsadlarga erishish uchun tuziladi- gan maxfiy uyushma; uyushgan jinoyatchilik tashkiloti.



  1. Urushdan keyingi Germaniyaning ahvoli to‘g‘risida gapirib bering.

  2. GFRda K. Adenauer siyosati va «Marshall rejasi» mamlakat iqtisodiyotining tiklanishi va o‘sishida qanday rol o‘ynadi?

  3. Berlin devorining qulashi va Germaniyaning birlashishi haqida nimalar bilasiz?

  4. 1950 — 1960-yillardagi Italiya taraqqiyoti to‘g‘risida gapirib bering. Bu davrda Italiyaning rivojlanishi Germaniyaning shu davrdagi rivoj- lanishidan nimasi bilan farq qiladi?

19-MAVZU. 1946 - 1991-YILLARDA BUYUK BRITANIYA
Buyuk Britaniya. Buyuk Britaniya iqtisodiy va siyosiy jihat- dan kuchsizlangan holda urushdan chiqdi. Savdo flotining katta qismi yo‘qotildi, mustamlaka va dominionlardagi obro‘siga ham pu- tur yetdi. Mamlakatning AQSHga qaramligi asta-sekin ortib bordi. Keng ijtimoiy o‘zgarishlar dasturini e’lon qilgan leyboristlar parti- yasi urushdan keyingi dastlabki saylovlarda g‘olib chiqdi. O‘z das­turini hayotga tatbiq qilib, hukumat iqtisodda va ijtimoiy sohada qator islohotlarni amalga oshirdi. Biroq leyboristlar islohoti kutilgan natijalarni bermadi. Davlatning moliyaviy ahvoli og‘irligicha qoldi. Shunday iqtisodiy va moliyaviy og‘ir sharoitda mamlakat «Mar­shall rejasi»da ishtirok etishga qaror qildi. 1949-yil Buyuk Britaniya NATOga a’zo bo‘ldi.
1951-yili o‘tkazilgan saylovlarda konservatorlar g‘alaba qozondi. U. Cherchill yana bosh vazir lavozi- mini egalladi. Konservatorlar Buyuk Britaniyani
13 yil boshqardi. Bu davrda iqtisodning barqaror o‘sish sur’atlariga erishishning iloji bo‘lmadi.
Natijada 1964-yili hokimiyatga kelgan leybo- ristlar bir qator islohotlarni amalga oshirdi. Bu aholining turmush sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 1970-yillarga Buyuk Britaniya iqtisodiy holatning keskinlashuvi bilan kirib keldi. Jahon iqtisodiyotida uning roli pasayishda davom etdi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin