Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə26/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46
jahon-tarixi

Tashqi siyosat. 1990-yillari AQSH tashqi siyosatining asosiy tamoyillari o‘z ahamiyatini saqlab qoldi. Yuqori darajada rivojlangan sanoat
mamlakati bo‘lgan AQSH turli mintaqalarda o‘zining hayotiy muhim manfaatlarini himoya qilish uchun nafaqat harbiy vositalarga ega. Sanoat, savdo, moliyaviy, ilmiy-texnik, madaniy va boshqa vositalar ham jahon siyosatida juda katta ahamiyat kasb etadi. AQSH xalqaro maydonda shu vositalarning barchasidan unumli foydalanmoqda. B. Obama prezidentligining birinchi davrida dunyoda zo‘ravonlikka, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, AQSHning dunyodagi yetakchilik pozitsiyasini tiklash hukumat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilindi. 2009-yili dunyoni yadro qurolidan xalos qilish, xalqlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida qilgan ha- rakatlari uchun B. Obamaga Nobel tinchlik mukofoti berildi. Ammo ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash Afg‘onistonda to‘liq tu- gallanmay turib, Yaqin Sharqda keskinlikning yangi o‘chog‘i paydo bo‘ldi. Iroqda Saddam Husayn rejimi ag‘darilgandan so‘ng Suriyada- gi Bashar Asad rejimiga qarshi kurashda mo‘tadil muxolifatchilarni qo‘llab-quvvatlagan AQSH hukumati ISHID ko‘rinishidagi yangi ter- roristik guruhning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Natijada AQSHning dunyodagi yetakchi davlat sifatidagi obro‘yiga putur yetdi.
D. Tramp ma’muriyatiga bir qator tashqi siyosiy muammolar meros qoldi. Ular avvalo xalqaro terrorizmga qarshi kurash hamda Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi ahvol bilan bog‘liq. Shuningdek, Xitoy va Rossiya bilan munosabatlarda ham taranglik mavjud bo‘lib, ular ham D. Trampdan diplomatik faollikni talab qilmoqda.
2017-yil noyabr oyida D. Tramp Xitoyga qilgan rasmiy tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning iliqlashuviga, juda katta miqdordagi savdo va investitsiya kelishuvlariga erishdi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Lotin Amerikasi mamlakatlari iqti- sodiy islohotlar o‘tkazishi uchun qulay sharoit vujudga keldi: ular
ancha katta valuta zaxirasiga ega bo‘ldi, jahon savdosida ulushi osh- di. Bu hol Lotin Amerikasi mamlakatlarida ommabop, lekin avtoritar rejimlarning shakllanishi uchun qulay muhit yaratdi.
1970-yillar oxiri—1980-yillar boshlarida Lotin Amerikasi mamla­katlarida diktatorlik rejimlariga qarshi kurash faollashdi. Bu 1979-yili Nikaraguada inqilobga, Salvador va Gvatemalada isyonchilik harakatining kuchayishiga olib keldi. Janubiy Amerika davlatlari — Ekvador, Peru, Boliviya, Argentina, Braziliya va Urugvayda harbiy rejimlar fuqarolik hukumatlari bilan almashtirildi.
XX asrda Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun umumiy bo‘l- gan modernizatsiyalashning uchta — inqilobiy, neokonservativ va is- lohotchilik variantlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu variantlarni uchta mamlakat misolida ko‘rib chiqamiz.
K uba: modernizatsiyalashning inqilobiy varianti. 1950-yillar oxi- rida Karib dengizidagi kichikina orol—Kubada yuz bergan voqealar butun dunyoning e’tiborini o‘ziga jalb qildi. Kuba jamiyatni moder- nizatsiya qilishning inqilobiy yo‘lini tanladi.
1959-yil 1-yanvar kuni Fidel
Kastro boshchiligida qo‘zg‘olonchilar Kuba poytaxti Gavana shahriga kirib kelishdi, inqilob g‘alaba qozondi.


Fidel Kastro.
F. Kastro hukumati faqat keskin si- fat o‘zgarishi Kubani qoloqlikdan olib chiqadi, jamiyatni taraqqiyotning zamonaviy darajasiga ko‘taradi, deb o‘ylab, keskin ijtimoiy-iqtisodiy siyo- satni amalga oshirdi.
AQSHning Kubadagi yangi hukumatga dushmanlarcha munosabati aniq bo‘lgach, F. Kastro hukumati SSSR bilan kelishuv orqali mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlay boshladi. Bu esa 1962-yilgi Karib inqiroziga olib keldi.
Kuba dastlabki davrda jamiyat hayotining deyarli barcha jab- halarini modernizatsiya qilishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Sof agrar mamlakat bo‘lgan Kubani agrar-industrial mamlakatga aylanti- rish kursi tanlandi.
Ammo 1980-yillardan jamiyatni modernizatsiya qilishning Kuba va- riantida ma’lum kamchiliklar ko‘zga tashlana boshladi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari, aholining yashash darajasi pasaydi. SSSRning parchalanishi Kuba uchun juda katta zarba bo‘ldi. 1990-yillarda ko‘pchilik F. Kastro rejimining qulashini bashorat qilgan edi. Ammo bu rejim saqlanib qoldi.
Chili: modernizatsiyaning neokonservativ varianti. Ikkinchi ja- hon urushidan keyingi o‘tgan vaqt davomida Lotin Amerikasi mam- lakatlari jamiyatni modernizatsiya qilishning optimal variantini izla- dilar. 1960-yillari Chilida hukumat mamlakatni modernizatsiyalashga harakat qildi. Bunda u ilgari ilg‘or mamlakatlarda sinovdan o‘tgan islohotchilik tizimlariga tayandi. Ammo boshlangan islohotlar bor- gan sari jamiyatdagi bo‘linishni kuchaytirdi, mamlakat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohalarida keskinlikni yuzaga keltirdi. Navbatdagi prezident saylovlaridan oldin Xalq birligi bloki tashkil qilinib, unga kommunistlar, sotsialistlar, radikallar va Xalq faoliyati yagona ha- rakati kirdi. 1970-yili shu blok nomzodi Salvador Alyende Chili

prezidenti qilib saylandi.

Augusto Pinochet.
S. Alyende hukumati chuqur islo- hotlarni amalga oshirishga kirishdi. Ammo jamiyat manfaatlariga ta’sir qiladigan, odatdagi hayot tarzini, an’- anaviy ijtimoiy aloqalarni buzadigan har qanday tadbir singari S. Alyende hukumati boshlagan islohotlar ham mamlakatda turli qarashlar, qarshi- liklarni keltirib chiqardi. 1973-yili davlat to‘ntarishi amalga oshirilib, hokimiyatga general Augusto Pinochet boshchiligidagi harbiy xunta keldi. Chilida qamal holati e’lon qilindi. Konstitutsiya va deyarli barcha demokratik erkinliklar bekor qi lindi.
Pinochet hukumati tanlagan modernizatsiyalashning neokonservativ varianti katta ijtimoiy muammolarga olib keldi. Avvalo, ish haqi, ayniqsa, islohotlarning dastlabki yillarida, sezilarli darajada kamaydi, ishsizlik keskin oshdi.
Neokonservativ modernizatsiyalashning bunday ziddiyatli natijalari mamlakatdagi umumiy siyosiy muhitga ham ta’sir ko‘rsatdi. 1989-yili o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida Xristian-demokratik partiya yetak- chisi P Eylvin g‘olib chiqdi. Diktatura davri tugadi.
Meksika: modernizatsiyalashning islohotchilik varianti. 1958-yili Meksika sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi bo‘yicha Lotin Ameri- kasida birinchi o‘ringa chiqdi. Mamlakatning muvaffaqiyatli iqtisodiy rivojlanishida davlat sektori asosiy rol o‘ynadi.
Lotin Amerikasida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan Kuba inqilobi Meksika rahbarlarini ham ijtimoiy sohaga jiddiy e’tibor qaratishga undadi. Ammo modernizatsiyalashning Kuba variantini qabul qilmas- dan, Meksika ayni paytda Chili variantiga ham o‘ta ishonchsizlik bilan qaradi. Meksika hukmron doiralari rivojlanishning liberal-islo- hotchilik yo‘lidan chekinmadi.
1980-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Meksika uchun katta sinov bo‘ldi. Inqiroz yengib o‘tilgan bo‘lsa-da, ishsizlik, tashqi qarz keskin oshdi, tashqi dunyoga, birinchi navbatda AQSHga qaramlik ham ortdi.
XX asr oxirida Lotin Amerikasi mamlakatlari. XX asr oxiriga kelib Lotin Amerikasi mintaqasida 34 ta mustaqil davlat va bir necha qaram hududlar mavjud edi. XX asrning ikkinchi yarmida yuz bergan jadal iqtisodiy o‘sishga qaramasdan, Lotin Amerikasi mamlakatlari jahon siyosatining chekka mintaqasi bo‘lib qolmoqda. Asr oxiriga kelib mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning neolibe­ral modeli oldingi o‘ringa chiqdi. Aslida bu model Augusto Pinochet davrida Chilida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi. Bugun ham Chili barqaror rivojlanayotgan mamlakat bo‘lib, mintaqada yetakchi o‘rinni egallaydi. Ammo, umuman, Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun neoliberal islohotlarning natijalari ziddiyatli bo‘lib chiqdi. Agar bu islohotlarning birinchi bosqichi iqtisodiy o‘sishga turtki bo‘lgan, modernizatsiyaga ko‘maklashgan bo‘lsa, keyinchalik to‘siqlar paydo bo‘ldi, ayrim hollarda esa islohotlar retsessiyaga, xo‘jalikning chuqur tushkunligiga olib keldi.Mintaqada birinchi bo‘lib neoliberal islohotlar yo‘liga kirgan Mek- sikada 1994-yil dekabrda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz boshlandi. Mam- lakatda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol og‘irlashdi. Shunday sharoitda Meksi- kadan kapitalning ommaviy ravishda AQSHga ko‘chishi boshlandi.
Milliy valuta — peso keskin tushib ketdi, amalda milliy moliya tizimi izdan chiqdi, 20 ming korxona xonavayron bo‘ldi, mamlakat YIMi keskin tushib ketdi.
Meksika inqirozi 1990-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlarini lar- zaga solgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozlar zanjirining birin- chisi edi. Neoliberal islohotlar oqibatida mintaqa davlatlarining tashqi omilga qaram bo‘lib qolishi Braziliya va Argentina kabi eng yirik
davlatlar iqtisodiga ham og‘ir zarba berdi.
Ayniqsa, 1990-yillari «neoliberal islohot yutuqlarining namoyishi» bo‘lgan Argentina iqtisodiyoti qattiq zarar ko‘rdi. 2001-yili Argenti- nada defolt e’lon qilinishi jahon tarixidagi eng yirik bankrot holati bo‘lib, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi neoliberal tajribalarga nuqta qo‘ydi va mintaqada siyosiy hamda iqtisodiy rivojlanishning yangi davrini boshlab berdi.
Bu jarayonlar ta’sirida iqtisodiy kursdan norozilik, an’anaviy partiyalar va ularning yetakchilariga ishonchsizlik hollari kuchaydi, qarshilik ha- rakati, jumladan, radikal ko‘rinishdagi tashkilotlarning (qo‘zg‘olonchilik, terrorchi tashkilotlar, narkomafiya) faollashuvi uchun sharoit tug‘ildi.
XX asrning 90-yillarida Kolumbiyada qurollangan so‘l radikal
harakat avj olib, ularning qo‘shinlari mamlakat hududining 40% ini nazorat qilardi. 1992-yili Peruda ham «Oydin yo‘l» qo‘zg‘olonchi- terrorchilik tashkiloti faollashdi. 1994-yili Meksikada hindularning ommaviy qo‘zg‘oloni boshlandi. Hukumat siyosatining ijtimoiy oqi- batlariga qarshi Argentina, Meksika, Ekvador va boshqa bir qator mamlakatlarda aholining ommaviy chiqishlari bo‘lib o‘tdi.
Ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda hindu xalqlarining o‘z huquqlari, o‘ziga xos madaniyatini saqlab qolish, avtonomiya va yerga bo‘lgan huquqi uchun kurashi alohida o‘rin egallaydi. XX asr oxiriga kelib hindular Boliviya, Gvatemala, Peru, Meksika, Ekvador kabi mamla- katlar aholisining 25 — 50 % ini tashkil qiladi.
1990-yillarning boshlarida X.Kolumb tomonidan Amerikaning kashf etilganiga 500 yil to‘lishi keng nishonlandi. Ammo bu voqea min- taqa aholisi tomonidan bir xilda ijobiy qabul qilinmadi. Sof madaniy muammolardan tashqari neoliberal islohotlar natijasida hindu jamoala- rining yerlarini tortib olish hollaridan norozilik kuchaydi. Hukumat- larning hindu aholisiga nisbatan olib borgan adolatsiz siyosati oqi- batida mintaqaning ayrim mamlakatlarida hindularning tartibsiz chi- qishlari bo‘lib o‘tdi. Bu harakat Ekvador, Boliviya, Peru, Braziliyada va Meksikaning janubida ayniqsa ommaviy tus oldi.
Lotin Amerikasi mamlakatlari XXI asr boshlarida. Yangi asr boshiga kelib Lotin Amerikasi mamlakatlari o‘z tarixida birinchi marta diktaturalarsiz rivojlanish yo‘liga kirdi, deyarli barcha davlatlarda saylov yo‘li bilan hokimiyatga konstitutsiyaviy rejimlar keldi. Mintaqa mamla- katlarining mutlaq ko‘pchiligida o‘ziga xos jihati dohiyparastlik va populizm bo‘lgan siyosiy tizim hamda prezidentlik boshqaruvi o‘rnatildi.
XX asr oxiridan boshlab aholining an’anaviy partiyalarga ishonchi so‘nib bordi va buning natijasida XXI asr boshida Braziliya, Peru, Venesuela, Ekvador kabi mamlakatlarda hokimiyatga yangi, mustaqil deb atalayotgan nomzodlar keldi.
asr oxiri — XXI asr boshlarida mintaqadagi mamlakatlar siyo­siy hayotining boshqa bir xarakterli jihati kommunistik partiyalarning o‘z mavqeyini yo‘qotishi bo‘ldi. Bu, albatta, dunyoda yuz berayotgan global jarayonlar bilan bog‘liq edi.
1959-yilgi inqilobdan so‘ng o‘ziga xos kommunistik siyosiy rejim shakllangan Kubada ham shunday jarayonlar yuz berdi. Sotsialistik tizim barbod bo‘lgandan so‘ng Kuba tashqi moddiy-texnik va mo- liyaviy yordamdan mahrum bo‘ldi, bu esa, birinchi navbatda, aholi­ning ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ammo bu qiyinchiliklarga qa- ramasdan, XXI asrda ham Kuba ijtimoiy davlat bo‘lib qolmoqda.
asr boshlarida Lotin Amerikasi mamlakatlarida integratsiyalashuv jarayonlari kuchaydi. Bu jarayonlarning asosiy yo‘nalishi min- taqaviy erkin savdo zonalarini tuzish bo‘ldi. Kelajakda Shimoliy va Janubiy Amerika miqyosidagi erkin savdo zonalarini tuzish, savdo va sanoatini rivojlantirish mo‘ljallangan.
Ammo yirik rejalar va katta imkoniyatlarga qaramasdan, bu mamlakatlar, hatto Braziliya va Meksika kabi gigantlar ham bu- gun global siyosiy va iqtisodiy muammolarni hal etish jarayonida arzigulik ta’sirga ega emas. 2008-yildan mintaqadagi eng yirik uch- ta davlat — Braziliya, Meksika va Argentina G-20 («Katta yigirma- lik») obro‘li klubiga a’zo bo‘lsa-da, jahon siyosatida hali katta rol o‘ynamaydi. Shunga qaramasdan, bu davlatlar katta istiqbolli imko­niyatlarga ega. Masalan, Meksika 1994-yili Shimoliy Amerika erkin savdo zonasiga kirdi va 1994 — 2010-yillari Meksikaga kiritilgan chet el investitsiyalari maqdori to rt marta o sdi. Shuning 75 °% i AQSH ulushiga to‘g‘ri keladi. Agar yaqin o‘tmishda eksportning asosini neft tashkil qilgan bo‘lsa, hozir Meksika eksportining 80 % ini sanoat mahsulotlari tashkil qiladi.
Braziliya bugun dunyoning yirik iqtisodiyotlaridan biri, jadal rivoj- lanayotgan Xitoy, Hindiston, Janubiy Afrika Respublikasi va Rossiya bilan birgalikda BRIKS tashkilotining a’zosi hisoblanadi. Braziliya XXI asrda Lotin Amerikasining tan olingan yetakchisiga aylanish, AQSHning doimiy ta’siridan butunlay qutulish va BMT XKning doimiy a’zolaridan biri bo‘lish kabi olamshumul vazifalarni qo‘yib, shunga intilmoqda.
Aytish lozimki, Lotin Amerikasi mamlakatlari XX asrda o‘z oldi- lariga qo‘ygan murakkab muammolarni to‘liq hal qila olmadi, ammo buning yo‘llarini qidirishda davom etmoqda. XXI asrda bu muammolar o‘z yechimini qanday topishini hayot ko‘rsatadi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin