Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar


-MAVZU. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdan bugungi kungacha AQSH va Lotin Amerikasi davlatlari



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə24/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46
jahon-tarixi

17-MAVZU. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdan bugungi kungacha AQSH va Lotin Amerikasi davlatlari.
Ikkinchi jahon urushidan keyin boshqa rivojlangan mamlakatlarga nisbatan AQSH uchun juda qulay sharoit vujudga keldi. Paydo bo‘lgan qulay imkoniyatlardan foydalangan AQSH yangi bozorlarni egallab oldi. Tovarlar eksport qilishni, undan ham ko‘proq ilmiy-texnik imkoniyatini oshirdi. AQSH G‘arb dunyosining siyosiy, iqtisodiy va harbiy yetakchisiga aylandi.
Iqtisodiy rivojlanish. Urushdan keyingi yillarda ilk bor AQSHda harbiy ishlab chiqarishning konversiyasi amalga oshirildi. 1940-yil- larning oxiridan boshlab barqaror va to‘xtovsiz o‘sish AQSH iqtisodiy tizimining o‘ziga xos jihati bo‘lib qoldi. 1950-yillarda AQSH iqtisodi- yoti boshqa G‘arb davlatlari iqtisodiyotiga nisbatan sekin o‘sganligiga qaramasdan, u barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha haqiqiy iqtisodiy yetakchi bo‘lib qolaverdi.
1960-yiHari prezidentlar Jon Kennedi va Lindon Jonson ma’muriyatlari iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish sari yo‘l tutdilar. Ishlab chiqarishni ommaviy avtomatlashtirish amalga oshirildi. Iqtisodning energetika, elektronika va kimyo sanoati, avtomatlashtirish va alo- qa vositalarini hamda turli asboblarni ishlab chiqarish yetakchi sohalarga aylandi.


Jon Kennedi.
1970-yillar boshiga kelib iqtisodiy o‘sish sur’atlari sekinlashdi. Amerika valutasiga nis- batan ishonchsizlik kuchaydi. G‘arb davlatlari jiddiy iqtisodiy inqirozni boshdan kechirdi. Bu inqiroz boshqa rivojlangan davlatlarga nisbatan AQSHda ancha og‘ir kechdi.


Ronald Reygan.
1980-yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Ronald Reygan ma’muriyati inqirozdan chiqish yo‘llarini topishga urinib, davlatning iqtisodga aralashu- vini chekladi, sarmoya kiritish uchun katta soliq imtiyozlari joriy qildi. Xususiy tashabbus rag‘batlantirildi. Bu va boshqa bir qator tadbirlar «Reyganomika» nomini oldi. «Reyganomika» AQSH uchun yaxshi natijalarga olib keldi. Inflatsiya pasaydi, ishsizlik kamaydi, iste’mol buyumlariga talab ortdi. Chet el kapitalining kirib kelishi ancha kuchaydi.
1990-yillar boshida AQSH iqtisodiyotida qisqa muddatli retsessiya kuzatildi. O‘sish sur’atlarining pasayishi xo‘jalikning hamma jabhalarini qamrab oldi.

Martin Lyuter King.


Siyosiy rivojlanish. 1940-yillar oxiri —1950-yillar boshi AQSHda siyosiy reaksiyaning avj olishi bilan xarakterlanadi. Bu ko‘p jihatdan boshlangan «sovuq urush» bilan bog‘liq edi. 1952-yilgi saylovlarda respublikachilar partiyasidan nomzod Duayt Eyzenxauer g‘olib chiqdi. AQSH hukumatini u boshqargan dastlabki yillarda reaksiya yanada kuchaydi. Mamlakatda makkartizm avj oldi. Senator Jozef Makkarti davlat organlarida josuslar va kommunistlarni aniqlash uchun tek- shiruvlar olib bordi. J. Makkarti faoliyatini ko‘pgina reaksion tashkilotlar qo‘llab-quvvatladi..

Amerikaning xaritasi.
1960-yillari fuqarolar tengligi uchun harakat o‘zining eng yuqori nuqtasiga yetdi. Ko‘plab joylarda qora tanlilarning g‘alayonlari bo‘lib o‘tdi. Bunga qarshi o‘ta o‘ng harakat vakillari siyosiy qotilliklarni amalga oshira bosh- ladilar. 1963-yili AQSH prezidenti Jon Kennedi, 1968-yili qora tanlilar tengligi uchun harakatning eng mashhur arbobi, Nobel tinchlik mukofoti sovrindori, ruhoniy Martin Lyuter King o‘ldirildi. 1960-yillardagi fuqarolar huquqlari uchun harakatning o‘ziga xos tomoni shundaki, u ommaviy ijtimoiy norozilik harakatlari bilan bir paytga to‘g‘ri keldi. Bu harakat vakillari, ayniqsa, AQSH Vyetnamda olib borayotgan urushga qarshi keskin norozilik namoyishlarini uyushtirdi. Shunday qilib, 1960-yillar ijtimoiy-siyosiy burilishlar davri bo‘ldi.
Respublikachilarning hokimiyatga qaytishi Amerika jamiyatiga to‘liq barqarorlik olib kelmadi. Demokratlar partiyasining Uotergeyt mehmonxonasidagi saylovoldi shtabiga respublikachilar vakillari tomonidan xufiya eshitish vositalarining o‘rnatilishi «Uotergeyt ishi» nomli siyosiy janjalga aylanib, prezident Richard Niksonning impich- mentiga (iste’fosiga) olib keldi. Hokimiyatning yuqori qatlamida kor- rupsiya hollari ko‘paydi. Bularning hammasi ijro va qonunchilik hokimiyatiga amerikaliklarning ishonchini so‘ndirdi.
1980-yillar - 1990-yillarning boshlari neokonservatizm g‘oyasi tan- tanasi davri bo‘ldi. Bu yillarda AQSH ichki taraqqiyotda ham, xalqaro maydonda ham katta muvaffaqiyatlarga erishdi.
Tashqi siyosat. Jahonda yetakchilik mavqeyini egallab olgan AQSH Ikkinchi jahon urushidan keyingi dastlabki yillarda ikkita tamoyilning uyg‘unligiga asoslangan faol tashqi siyosat olib bordi. Birinchidan, AQSH kuch yordamida o‘zlariga ma’qul bo‘lmagan o‘zgarishlarga qarshilik qildi. Ikkinchidan, qarshilik qilish mumkin bo‘lmagan hollarda ularga moslashib, bu o‘zgarishlardan saboq olishga intildi. Jahonda o‘z gegemonligini o‘rnatishga uringan AQSH, yer yuzining barcha mintaqalarida xalqaro munosabatlarga faol aralashdi. Ko‘p marta o‘z manfaatlarini ta’minlash uchun G‘arb demokratiyasini himoya qilish bahonasida boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuchdan foydalandi. Masalan, 1965—1973-yillari AQSH Vyetnamda faol urush harakatla- rini olib bordi.
SSSRni o‘zining asosiy mafkuraviy, siyosiy va harbiy raqibi deb hisoblagan AQSH «sovuq urush» yillarida uzoq vaqt SSSRga va uning ittifoqchilariga qarshi harakat qilib, ko‘plab iqtisodiy, siyosiy va harbiy ittifoqlarni tashkil qildi.
SSSRda M.S. Gorbachyov boshchiligida yangi siyosiy rahbariyatning hokimiyatga kelishi bilan sovet — Amerika munosabatlarida jiddiy ijobiy o‘zgarishlar boshlandi. Ayniqsa, Strategik hujum qurollarini cheklash va qisqartirish to‘g‘risidagi shartnoma muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Boshqa ko‘plab sohalarda ham sovet — Amerika munosabatlari yaxshilandi. Shunday holat 1991-yil SSSR tarqalib ketgunga qadar davom etdi.

Iqtisodiy rivojlanish. 1990-yillar boshida AQSH iqtisodiyotida qisqa muddatli retsessiya kuzatildi. O‘sish sur’atlarining pasayishi xo‘jalik- ning hamma jabhalarini qamrab oldi. Biroq, 1992-yil bahoridan yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari yana jadallasha boshladi.


Bill Klinton prezidentligining dastlabki uch yili AQSHning iqtisodiy rivojlanishi uchun muvaffaqiyatli kechdi. Bu davrda iqtisodiy konyunktura yaxshilanib, ishsizlik darajasi va inflatsiyaning
pasayishiga olib keldi.
B.Klinton prezidentligining ikkinchi muddatida uning ma’muriyati ijtimoiy sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi. Federal xarajatlarning asosiy qismi inson resurslarini rivojlantirishga sarflandi. AQSHni ijtimoiy davlatga aylantirish boshlandi. Bu siyosat B.Klintonning «yangi iqtisodiy falsafasi» nomini oldi.
XXI asr boshiga kelib AQSH iqtisodiyoti texnik taraqqiyotning asosiy manbayiga aylandi. Dunyo bo‘yicha yangi texnologiyalarni yaratishga sarflanayotgan barcha xarajatlarning 1/3 qismi AQSH ulushiga to‘g‘ri keladi. Dunyo ishlab chiqarishida yetakchi pozitsiyani ta’minlab turgan makrotexnologiyalarning ham yarmi AQSHga tegishli edi. Jahonning iqtisodiy yetakchisi bo‘lgan AQSH davr muammolarini muvaffaqiyatli hal qilib, XXI asrga yangi iqtisodiyot bilan kirib kel­di. Biroq, 2007 — 2008-yillari AQSHning moliya sektorida boshlangan inqiroz 2009-yilga kelib dunyo miqyosidagi global retsessiyaga ayla- nib ketdi. 2009-yili jahonda ishlab chiqarilgan YIM Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marta salbiy ko‘rsatkichga tushib ketdi. Ish- sizlikning misli ko‘rilmagan darajada oshishi mehnat bozorini kuza- tishning butun tarixi davomida eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi va 2009-yili dunyoda ishsizlar soni 200 mln ga yaqin kishini tashkil qildi. Miqyosi va oqibatlari bo‘yicha bu inqirozni faqat 1930-yillardagi Buyuk depressiya bilan tenglashtirish mumkin. AQSH iqtisodiyoti 2014-yilga kelib ham to‘liq tiklanmadi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin