Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə25/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
jahon-tarixi

Siyosiy rivojlanish. 1980-yillar — 1990-yillarning boshlari neokon- servatizm g‘oyasining tantanasi davri bo‘ldi. Bu yillari AQSH ichki taraqqiyotda ham, xalqaro maydonda ham katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Shunga qaramasdan, 1992-yilgi prezidentlik saylovlarida res- publikachi J.Bush kutilmaganda yosh demokrat B.Klintonga yutqazib qo‘ydi. Biroq, demokratlar ham o‘z g‘alabasini mustahkamlay olmadi. 1994-yilgi oraliq saylovlarda demokratlar qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Ikkala palatada ham ko‘pchilik o‘rinlarni, ko‘plab shtatlarda gubernatorlik lavozimlarini ham respublikachilar egalladi. Respub- likachilar partiyasining obro‘yi va ta’sirini tiklash uchun qulay sha- roit paydo bo‘ldi. Ammo demokratlarning ichki va tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatlari 1996-yilgi saylovlarda ikkinchi marta B.Klintonning g‘alabasini ta’minladi. B.Klinton ma’muriyati ijtimoiy sohani o‘z siyo- satining ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qildi.


Barak Husayn Obama
2000-yilgi saylovlarda yana respublikachilar vakili kichik Jorj Bush prezident etib saylandi. Uning ikkinchi muddat prezidentlik davrida AQSH iqtisodiy inqirozni boshdan kechirdi. Natijada 2008-yili bo‘lib o‘tgan saylovlarda demokratik partiyadan yagona nomzod Barak Obama AQSH prezidenti etib saylandi.
B. Obama prezidentligining ikkinchi muddatida
Iroq va Suriyadagi vaziyatning og‘irlashuvi, Yevro- pa mamlakatlari va AQSHning o‘zida ham terroristik xavfning kuchayishi kabi bir qator muammolar prezident va uning ma’muriyati obro‘yini tushirib yubordi.


Donald Tramp
Natijada 2016-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida demokratlar partiyasidan nomzod Xillari Klin- ton yutqazib qo‘ydi. AQSHning navbatdagi preziden­ti etib respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp saylandi.
D. Tramp ichki siyosatda Amerikaning buyukligini tiklash, tashqi siyosatda esa boshqa davlatlar ishlariga aralashmaslikni e’lon qilgan edi. Ammo prezident­lik saylovlariga rossiyalik xakerlarning aralashganligi to‘g‘risidagi gumonlar hamda president yordamchilarining Rossiya elchisi bilan xufiya uchrashuvlari D. Trampning obro‘yini tushirib yubordi. Bu esa unga o‘zining saylovoldi va’dalarini bajarish imkoniyatini bermayapti.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin