Konferensiya (konferentia — bir joyga to‘playman) — davlat yoki partiya, jamoat va olimlar vakillarining muayyan masalani muhokama etish uchun yig‘ilishi. Pragmatik — pragmatizm tarafdori, falsafiy tizim. Maishiy ma’noda pragmatik — hayotga nisbatan o‘z qarashlari va amallarini foydali natijalarga qarab shakllantiruvchi kishi. Strategiya — hukumatning ishlab chiqarish, daromad va xarajat, budjet, soliq, kapital kiritish, narx-navo, ijtimoiy himoya bora- sidagi uzoq muddatli, eng muhim tadbirlari rejasi. Sanksiya — xalqaro kelishuv va normalarni buzgan bir guruh shaxslar yoki butun boshli davlatga nisbatan qo‘llaniladigan cheklov chorasi. Sanksiya iqtisodiy, harbiy, siyosiy va boshqa turda bo‘lishi mumkin. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar Xitoyda fuqarolar urushining boshlanishiga nima sabab bo‘ldi va u qanday yakunlandi?
Xitoyda amalga oshirilgan «Katta sakrash» siyosatining mohiyati nimada edi?
Madaniy inqilob va uning Xitoy uchun oqibatlari nimalardan iborat bo‘ldi?
Xitoyda yangi islohotlarning boshlanishiga qanday sabablar turt- ki bo‘ldi?
XX asrning 80 — 90-yillarida Xitoy tashqi siyosati haqida nima- lar bilasiz?
Xitoydagi islohotlar XXI asr boshlariga kelib qanday natijalarga olib keldi?