Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar


-MAVZU: Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdan bugungi kungacha Hindiston va Pokiston



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə34/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46
jahon-tarixi

23-MAVZU: Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdan bugungi kungacha Hindiston va Pokiston.
Ikkinchi jahon urushi tugashi bilan Hindistondagi hind va musul- mon diniy jamoalari o‘rtasida kelishmovchiliklar yanada keskinlashdi. Buning ustiga urushdan keyingi oziq-ovqat inqirozi Hindistonni deyar- li ocharchilik holatiga olib kelib, ahvolni juda murakkablashtirdi. Bu holat Buyuk Britaniyani tezroq Hindistonni tark etishga majbur qildi.
Mustaqillikning e’lon qilinishi. 1946-yil 9-dekabrda Ta’sis majlisi ochildi. Inglizlar Hindistonni ikkita davlatga — Hindiston va Pokistonga bo‘lish rejasini ishlab chiqdi. Aholining hind va musulmon diniy jamoalariga mansubligi bo‘linish uchun asos qilib olindi.
1947-yil 15-avgust kuni ikkita mustaqil davlat — Hindiston va
Pokiston tashkil topganligi e’lon qilindi. Hindiston hukumatini Java- harlal Neru, Pokistonnikini esa Liikat Alixon boshqardi.
Hidistonning bo‘linishi ko‘plab muammolarni keltirib chiqardi. Bo‘linish paytidagi mojarolarda odamlarning ommaviy o‘ldirilishi uzoq yillarga Hindiston va Pokiston o‘rtasida o‘zaro dushmanlik hissini shakl- lantirdi. O‘z yurtini tashlab, boshqa hududlarga ko‘chish ham millionlab kishilar hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Musulmonlarni himoya qilganlikda ayblangan Maxatma Gandi hind-mutaassibi tomonidan o‘ldirildi.
M. Gandining o‘limi hindlar uchun juda katta milliy fojia bo‘ldi. Bu fojia jazavaga tushgan olomonni biroz jilovladi, o‘ylab ko‘rishga, qon to‘kishni to‘xtatishga majbur qildi.
Iqtisodiy rivojlanish. Mustamlakachilikning iqtisodiy qoldiqlarini yengib o‘tish oson kechmadi. Hukumat keng islohotlar olib bordi. Iqtisodning barcha sohalari erkin bozor siyosatiga jalb qilinib, ular asosini xususiy tadbirkorlik va xususiy investitsiyalar tashkil qildi.
Eng katta islohot agrar sohada o‘tkazildi. Yer unda mehnat qiladigan dehqonlarga tarqatildi. Yerni ijaraga berib, undan foyda olishga asos- langan tizim bekor qilindi. Biroq mehnat unumdorligi o‘smadi, hosildorlik juda sekin o‘sdi, oziq-ovqat muammosi yana uzoq vaqt saqlanib qoldi.
1950-yillaming ikkinchi yarmi — 1960-yillar Hindistonda jadal industrlashtirish boshlandi. Davlatga qarashli yirik sanoat korxonalari qurildi. Ammo iqtisodiy o‘sish natijalari aholining o‘sish sur’atlari oldida juda past bo‘lib, yalpi milliy mahsulotning yarmidan ko‘pi ichki iste’molga sarf qilinar edi. Natijada 1960-yillarda sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan va madaniyat sohalarida erishilgan muvaffaqi- yatlarga, iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarga qaramasdan, aholining yashash darajasi, turmush madaniyati pastligicha qolaverdi.
Zamonaviy siyosiy tizimning shakllanishi. XX asrda mustaqillik- ka erishgan Osiyo va Afrika mamlakatlari ichida Hindiston muqim parlament demokratiyasini shakllantira olgan yagona davlat bo‘ldi. 1949-yili Hindistonning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Kons- titutsiya asosiy demokratik erkinliklar, inson huquqlari, kastalar tengligini, hokimiyatning bo‘linishi prinsipini e’lon qildi.
1960— 1970-yillardagi inqiroz. 1965-yil Hindiston bilan Pokis- ton o‘rtasida boshlangan urush Hindistonda ichki siyosiy barqaror- likka ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Urushni to‘xtatish uchun 1966-yili Toshkentda Hindiston va Pokiston o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanib, Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.
Shu davrda iqtisodiy qiyinchiliklar ham ortib bordi. 1966 — 1967-yil- larda iqtisodda turg‘unlik yuz berdi. Keyingi yillarda ham sanoat o‘sishi past darajada bo‘ldi. Mamlakatga ochlik doimiy xavf solib turdi. 1960-yillarda agrar islohot o‘tkazildi. Ammo u ahvolni sezilarli yaxshilamadi. Hind dehqonlari hali ham ochlik darajasida kun ke- chirardi.
Shunday holatda bosh vazir Indira Gandi 1970-yillarda bir qa- tor muhim islohotlarni amalga oshirdi. Ular, asosan, iqtisodga davlat aralashuvini kamaytirishga qaratilgan edi. Natijalar yomon bo‘lmadi. Sanoat va qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishi keskin oshdi. 1980-yillar o‘rtalaridan mamlakat g‘alla bilan o‘zini o‘zi ta’minlay boshladi. Chet el investitsiyalari ham ko‘paydi.
Ammo 1990-yillar boshida Hindistonning iqtisodiy ahvoli yana yomonlashdi. Iqtisodiy o‘sish deyarli to‘xtadi, inflatsiya kuchaydi, ish- sizlik oshdi.

Indira Gandi.

Tashqi siyosatda. 1950-yillari «J. Neru kursi» shakllandi. Bu


buyuk davlatlar o‘rtasidagi mojarolardan chetda turish siyosati edi. J. Neru Qo‘shilmaslik harakatining tashabbuskorlaridan biri bo‘ldi.
Qo‘shilmaslik harakati Hindistonning butun XX asrdagi tashqi siyo-
satini belgilab berdi.
1990-yillarda Hindiston. Bu davrda Hindistonning iqtisodiy ahvoli yomonlashdi: jahon iqtisodiyotida yuz bergan tushkunlik Hindistonni
ham chetlab o‘tmadi. Iqtisodiy o‘sish deyarli to‘xtadi, inflatsiya kuchaydi, ishsizlik oshdi. Mamlakatda turli etnik va diniy guruhlar o‘rtasida zid- diyat, umumiy tanglik holati kuchayib bordi. Shunday holatda 1991-yili tamil terrorchisi tomonidan Hindiston bosh vaziri Rajiv Gandi o‘ldirildi.
Hokimiyatga kelgan Narasimxa Rao hukumati bozor islohotlarining yangi bosqichini boshladi. Davlat sektori qisqartirilib, yirik korxonalar xususiylashtirildi. Iqtisodga davlatning aralashuvi yanada kamaytirildi. Bir qator favqulodda tadbirlar ham amalga oshirildi. Xusu san, rupiyadevalvatsiya qilindi, soliq islohoti o‘tkazildi, davlatning valuta zaxirasi to‘ldirildi.

Narasimxa Rao
1990-yillarda Hindiston jiddiy yutuqlarga erishdi. Shu davrda YIM hajmi bir necha barobar oshdi. Ish- lab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlari ta’minlandi. Bu davrda Hindiston o‘zining oltin-valuta zaxirasini oshirishga intildi, neft qazib olishni ko‘paytirdi.
Qishloq xo‘jaligi ham muvaffaqiyatli rivojlandi.
yildan Hindiston g‘alla eksport qilishni boshla- di. Mamlakat ko‘plab, jumladan, yuqori texnologiya mahsulotlarini ham eksport qiladi. Masalan, yuqori sifatli kompyuter dasturlarini sotishdan yiliga bir necha milliard dollar foyda olmoqda. Hindiston kompyuter dasturlarini yaratish sohasidagi yuqori malakali kadrlar soni bo‘yicha dunyoda AQSHdan so‘ng ikkinchi, ilmiy-texnik xodimlar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi.
Zamonaviy Hindiston. 1998-yil mart oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida Xalq-demokratik alyansi g‘alaba qozonib, uning yetakchisi Atal Bixari Vajpai bosh vazir lavozimini egalladi.
Ko‘plab tabiiy qiyinchiliklarga, jumladan, mam- lakat g‘arbidagi qurg‘oqchilikka qaramasdan, A.BVaj- pai hukumati o‘zining bir qator rejalarini amalga oshirdi. Kashmirdagi musulmon separatizmini kuch- sizlantirish tadbirlari o‘tkazildi.
Atal Bixari 2000-yili mamlakat shimoli-g‘arbida uchta yangi
Vajpai shtat tashkil qilindi. Hukumat mamlakatning bu
mintaqasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi, shu maqsadda bi- rinchi marta maxsus vazirlik tuzildi.
A.BVajpai hukumati ovoz berishning yanada erkinligini, saylovoldi kampaniyasida moliyaviy xarajatlarning oshkoraligini ta’minlash maqsa- dida bir qator saylov islohotlarini amalga oshirdi.
Iqtisodiy sohada A.B.Vajpai kabineti xo‘jalik faoliyatiga hukumatning bevosita aralashuvini qisqartirish choralarini ko‘rdi. U ko‘plab sohalarda davlat monopoliyasini bekor qildi, tadbirkorlar va firmalar faoliyati ustidan nazoratni kamaytirdi, soliqlarni pasaytirdi. Hukumat barqaror iqtisodiy o‘sishni, Hindiston sanoatining raqobatbardoshligini, kompyu- ter texnologiyalari, transport va aloqa sohalari rivojlanishini ta’minladi. Ammo iqtisodiyotning yanada liberallashuvi ayniqsa yoshlar orasida ishsizlikning o‘sishiga, qashshoqlik muammosining keskinlashuviga olib keldi. Natijada 2004-yil may oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda Hindiston milliy kongressi (HMK) so‘llar bilan hamkorlikda g‘olib chiqdi.Hukumatni Manmoxan Singx boshqardi. Yangi hukumat mayda ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga, ishsizlikni kamaytirishga, aholining kamdaromad qismini oziq-ovqat bilan ta’minlashni yaxshilashga, qashshoqlar sonini kamaytirishga, inson manfaatlari yo‘lida iqtisodiy islohotlar o‘tkazishga va’da berdi.
Hindiston — XXI asrda dunyoning iqtisodiy yetakchilaridan biriga aylanishga da’vo qilayotgan mamlakat. 2006-yili e’lon qilingan Jahon bankining prognozlariga qaraganda, 2025-yilga kelib, Hindiston iqtiso- diyoti dunyoda Xitoy va AQSHdan so‘ng uchinchi o‘ringa chiqishi mumkin. Hindiston hozirdanoq barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan sektorni rivojlantirish, shu- ningdek, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish yo‘lidan bormoqda. 2014-yili Hindiston bosh vaziri bo‘lgan Narendra Modi ham islohotlar siyosatini davom ettirmoqda.
I Hindistonning ichki va tashqi siyosati shakllani- shiga, XXI asrda uning iqtisodiy yuksalishiga I ta’sir ko‘rsatgan va ko‘rsatayotgan hal qiluvchi omil mamlakatning demokratik yo‘ldan rivojlanishi bo‘ldi. Unda hokimiyatning rahbar organlarida jamiyatning turli qatlamlari vakillari ishtiroki uchun imkoniyat yaratildi.
Narendra Modi Hindistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ancha yuqori sur’atlari aholi katta qismining ya- shash sharoitini yaxshilash imkonini berdi, bu hind jamiyati va davlati erishgan eng katta yutuq hisoblanadi.
Shunga qaramasdan, keng miqyosdagi ijtimoiy muammolar mam­lakatning muntazam rivojlanishiga to‘siq bo‘lib turibdi. Ulardan eng asosiysi demografik muammo. 2017-yil oxiriga kelib, Hindistonda aho­li soni 1 mlrd 350 mln kishidan oshib ketdi. Mamlakatda 400 mln qashshoqlar mavjud, aholining deyarli 1/3 qismi savodsiz. Shuningdek, Hindiston ko‘p etnosli, ko‘p tilli, aholisi eng tez ko‘payayotgan mamlakat bo‘lgani uchun etnik muammolar doimiy saqlanib qolmoqda. Ular, masalan, Panjobda sikxlar, Assamda bengallar, Janubiy Hindistonda tamillar, Kashmir muammosi kabilardan iborat. Bulardantashqari, diniy muammolar ham mavjud. Masalan, hozir Hindiston- dagi musulmonlar soni 160 mln kishidan oshib ketgan. Ularning hindlar bilan munosabatida kelishmovchiliklar mavjud. Qashshoqlik- ni bartaraf qilish, ishsizlik darajasini pasaytirish va aholi yashash darajasini oshirish ham hamon davlat va jamiyatning eng dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda.
Ushbu qiyinchiliklarga qaramasdan, Hindiston demokratik rivojlanish yo‘lidan jadal ketmoqda. Bu mamlakatning yangi davr da’vatlariga munosib javob berishi uchun kuchli asos hisoblanadi.
Tashqi siyosatda Hindistonning bosh maqsadi dunyoning yetakchi davlatlaridan biriga aylanishdir. Iqtisodiyotni jadal rivojlantirish aso- sida davlatning iqtisodiy va siyosiy qudratini oshirish, yadro quroliga va zamonaviy texnikaga ega bo‘lgan kuchli armiyani yaratish shu maqsadga qaratilgan edi. Hindiston BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lish uchun tinimsiz harakat qilib kelmoqda.
XXI asrda ham Hindiston tashqi siyosati an’anaviy yo‘nalishda davom etmoqda. Bu siyosatning asosini jamiyatda demokratik qad- riyatlar ustuvor bo‘lgan sharoitda mamlakatning tashqi xavfsizligini ta’minlash kursi tashkil qilib, bu kurs jamiyatning katta qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin