21-MAVZU: 1945-yildan bugungi kungacha Italiya. Fashistik rejim va Ikkinchi jahon urushi italyan xalqiga juda katta musibatlar keltirdi. Yuz minglab kishilar halok bo‘ldi, millionlab odamlar boshpanasiz qoldi. Pulning qadrsizla- nishi o‘ta yuqori darajaga yetdi.
1948-yil 1-yanvardan Italiyaning yangi konstitutsiyasi kuchga kir- di. Hukumat G‘arbning yetakchi davlatlari bilan ittifoqchi bo‘lishga intildi. Italiya «Marshall rejasi»ga qo‘shildi, NATOga a’zo bo‘ldi, uning hududida AQSHning harbiy bazalari joylashtirildi. Italiya hukumati Yevropa integratsiyasi g‘oyasini faol hayotga tatbiq qilib bordi. 1957-yili Yevropa iqtisodiy hamkorligini (YIH) tuzish to‘g‘risida Rim shartnomasi imzolandi.
Urushdan keyingi o‘n yillikda Italiya G‘arbning boshqa davlatlari singari jadal iqtisodiy o‘sish davrini boshdan kechirdi. Ammo bu jarayon uzoq davom etmadi.
1950 — 1960-yillardagi jadal rivojlanishga qaramasdan, ishchilar hara- kati avvalgi darajasida qoldi, ba’zan hatto faollashdi ham. Ish tash- lash harakati bo‘yicha Italiya boshqa mamlakatlardan ancha oldinlab ketdi.
1974-yili Italiyada chuqur iqtisodiy inqiroz boshlandi. Ishlab chiqa- rishning o‘sishi deyarli to‘liq to‘xtadi, ishsizlar soni ko‘paydi, tashqi savdoda defitsit oshib ketdi. Narx-navo ko‘tirilib bordi. Bularning barchasi, ayniqsa, aholining kam daromadli qismi uchun juda og‘ir bo‘ldi.
1980-yillarga kelib koalitsion hukumat shakllandi. Biroq u barqa- ror emasdi va hukumatning tez-tez almashishi Italiyaning o‘ziga xos an’anasiga aylanib qoldi. Italiyada davlat institutlarining chuqur inqi- rozi, shuningdek, mafiya tizimlarining faoliyati bilan ham bog‘liq edi. Davlat tizimidagi korrupsiyalashgan unsurlar bilan qo‘shilib ketgan mafiya Italiyada katta kuchga aylandi. Mafiya aholiga dahshat soladi, uni qo‘rqitadi, talonchilik va qotillik qiladi, pul undiradi, doimiy pul to‘lab turgan boylarning daxlsizligini ta’minlaydi. Kim mafiya bilan kelishmasa uni doimiy ta’qib qiladi, o‘ldiradi. 1980 — 1990-yillar boshlari Italiyada mafiyaga qarshi kurash davri bo‘ldi.
1990-yillarda Italiya. Italiyada postindustrial jamiyatning asos- lari o‘tgan asrning 80-yillarida shakllandi. Keng miqyosda sanoat ishlab chiqarishining texnik bazasi va texnologiyasini yangilash ja- rayoni — ishlab chiqarishga kompyuter boshqaruv tizimini joriy qilish, robotlardan keng foydalanish boshlandi. Eng asosiysi, bu jarayonning oldingi safida kichik korxonalar bordi.
Jamiyatning ijtimoiy strukturasida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz ber- di. Jadal rivojlanayotgan xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lganlar soni tez o‘sdi.
Siyosiy hayotda beqarorlik va hukumatning tez-tez almashishi Italiyaning o‘ziga xos an’anasiga aylandi. Italiyada davlat institut- larining chuqur inqirozi, shuningdek, mafiya tizimlarining faoliya- ti bilan ham bog‘liq edi. Hokimiyatning yuqori organlarida misli ko‘rilmagan korrupsiya Italiya siyosiy mexanizmining o‘ziga xos tomonlari bo‘lib qoldi. Saylov bu yerda proporsional tizim bo‘yicha o‘tkazilardi. 1993-yilgi referendumda Italiya aholisi bunday saylov tizimidan voz kechish uchun ovoz berdi.
1980 — 1990-yillar boshlarida ichki siyosiy jarayonlarga an’anaviy partiyalarning ta’siri kamaydi. 1991-yili Italiya kommunistik partiyasi tarqalib ketdi. Uning bazasida Liberal-sotsialistik partiya va Kommunistik uyg‘onish partiyasi tashkil qilindi.
1992-yil fevral oyida mamlakatda «Halol qo‘llar» kampaniyasi boshla- nib, hokimiyatning yuqori qatlami va asosiy partiyalar rahbariyatida ommaviy korrupsiya holatlari aniqlandi. Pora olish bilan bog‘liq yangi siyosiy janjal avj oldi. Yirik tadbirkorlar, Xristian-demokratlar partiyasi (XDP) va Italiya sotsialistik partiyasi (ISP) yetakchilari, deputatlar va senatorlar, bir necha vazirlar tergovga tortildi. Italiya prezidenti F.Kossiga iste’foga chiqdi. Jami 20 ming kishi tergov ro‘yxatiga kiritildi. 1992-yil fevraldan boshlab ikki yil ichida poraxo‘rlikda ayblanib uch mingga yaqin kishi, jumladan, sobiq bosh vazirlar, parlament deputatlari, vazirlar qamoqqa olindi. Hokimiyatning oliy rahbariyati bilan mafiya o‘rtasidagi aloqani ochib tashlagan sud jarayoni butun jamiyatni hayratga soldi. Qarshilik harakati to‘lqinida shakllangan partiyaviy-siyosiy tizimning qulashi boshlandi. 1992-yilgi parlament saylovlari asosiy siyosiy partiyalar, jumladan, XDP va ISPning ham jamiyatdagi nufuzi pasayganligini ko‘rsatdi. 1993-yili XDP bazasida Italiya xalq partiyasi tuzildi. ISP tarqalib ketdi. 1994-yil martda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari avvalgi partiyaviy tizimning qulaganligini namoyish qildi. Yangi, hali tanilmagan guruhlar: «Olg‘a, Italiya!», «Shimol ligasi», «Milliy alyans» — neofashistlar va o‘ng natsionalistlar birlashmasi oldingi maydonga chiqdi.
Silvio Berluskoni
Hukumatni «Shimol ligasi» va «Milliy alyans» koalitsiyasi asosida S.Berluskoni shakllantirdi. Hukumat 1994-yil oxirigacha tura oldi, xolos. Korrupsiyaga qarshi kurash e’lon qilgan S.Berluskonining o‘zi soliq qoidalarini buzganlikda ayblandi va iste’foga chiqdi. Italiyaning yangi hukumati partiyasiz- lardan tashkil qilindi.
yildan hokimiyatda so‘l markazchi- lar koalitsiyasi turdi. Biroq, ijtimoiy ta’minot tizimini o‘zgartirishga urinish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha koalitsiyada kelishmovchiliklar yuz berdi. Ayni paytda bir qator mafiya guruhlari boshliqlarining qamalishi jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.Biroq, bosh vazir Romano Prodi hukumati ichki kelishmovchiliklar- ni bartaraf qila olmadi va parlamentdagi ustunlikni yo‘qotib, 1998- yili iste’foga chiqdi. Massimo D’Alema bosh vazir lavozimini egal- ladi. M.D’Alema shu paytgacha yuqori darajada saqlanib kelayotgan ishsizlikni qisqartirishni taklif qildi.
2000-yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan mahalliy saylovlarda barcha shi- moliy viloyatlarda o‘ng kuchlar g‘olib chiqdi. Ijtimoiy fikrga «Halol qo‘llar» operatsiyasi katta ta’sir ko‘rsatdi, katolik cherkovi ham o‘nglarni qo‘llab-quvvatladi. M.D’Alema iste’foga chiqdi.Italiya XXI asrda. Zamonaviy Italiya — yuqori darajada rivojlangan industrial mamlakat. XX asrning so‘nggi yillarida va XXI asr bosh- larida u o‘z taraqqiyotida sezilarli natijalarga erishdi. Inflatsiya ancha pasaydi, ishsizlik kamaydi, yangi korxonalar soni tez o‘sdi. Puxta o‘ylangan yoshlar siyosati olib borilmoqda. Faqat 1998-yili 12 ming
kichik va o‘rta biznes korxonalari yaratilgan bo‘lib, ularning asosiy qismini yoshlarga qarashli firmalar tashkil qiladi. Ayni paytda Italiya yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi dav- latlardan ortda qolmoqda.
So‘nggi o‘n yil ichida Italiyada YIM o‘sishi o‘z beqarorligi bilan ajralib turadi. Bu faqat 2008 — 2009-yillardagi jahon moliyaviy inqirozi bilan bog‘liq bo‘lmasdan, Italiya iqtisodining o‘ziga xos tuzilishi bilan ham bog‘liq. YIM kichik bo‘lsa-da, doimiy o‘sish xarakteriga ega. Ammo davlatning qarzi ham juda katta, hozir u YIMga nisbatan 130% ni tashkil qiladi.
2014-yil fevral oyidan boshlab Italiya hukuma- tini boshqargan Matteo Rensi soliqlarni pasaytirish evaziga italyanlarning daromadini oshirish maqsadi- ni e’lon qildi. U 2015-yildan ta’lim tizimini isloh qilishni ham boshladi. 2016-yil dekabrda bosh vazir lavozimini egallagan Paolo Jentiloni shu siyosatni davom ettirmoqda.
XXI asrga kirib kelgan Italiya dunyoning yetakchi mamlakatlariga nisbatan texnologik qoloq- likni bartaraf etishga, o‘z iqtisodining raqobat- bardoshligini oshirishga intilmoqda. Zamonaviy ax- borot texnologiyalarini, iqtisodning noan’anaviy sohalari — bank faoli- yati, turizm, sport va sog‘liqni saqlash industriyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
1950 — 1960-yillardagi Italiya taraqqiyoti to‘g‘risida gapirib bering. Bu davrda Italiyaning rivojlanishi Germaniyaning shu davrdagi rivoj- lanishidan nimasi bilan farq qiladi?
1970-yillarda Italiyadagi siyosiy beqarorlikning sabablari nimada edi?
XX asr oxiri — XXI asr boshlarida Italiya taraqqiyotining o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat?