Direktiva — yuqori tashkilotning unga bo‘ysunuvchi tashkilotlarga beradigan ko‘rsatmasi, bajarilishi lozim bo‘lgan hujjat. Militarizm — jamiyatda harbiylar qatlami va harbiy ruhning ustuvorligiga, harbiy kuchga tayanuvchi siyosiy tizim. Bu tizimda davlat xarajatlarining katta qismi harbiy maqsad- larga yo‘naltiriladi. Texnopolis — texnologik yangiliklarni samarali qo‘llash maqsa- dida tashkil qilingan erkin iqtisodiy hudud. Faoliyatining asosini ilmiy tadqiqotlar tashkil qiladi. Investitsiya — iqtisodiyotning biron-bir sohasiga uzoq muddatli kapital kiritish. Dizayn — loyihalash, chizish, o‘ylab topish. Dizayn — bu loyi- halash tafakkuri va ijodning uyg‘unligiga asoslangan faoliyat turi. Nou-xau — biron turdagi ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan texnik, tijorat va boshqa bilimlar majmuyi. Bu atama hujjatlar almashinuvi, ishchilarni o‘qitish, mutaxassislar ishtiroki ko‘zda tutilgan xalqaro kelishuv va shartnomalarda qo‘llaniladi. 25-MAVZU Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdan bugungi kungacha TURKIYA, ERON VA AFG‘ONISTON 1946—1980-yillarda Turkiya. Turkiya prezidenti Ismet Inyonyu Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Otaturkning yo‘lini davom ettirdi, mamlakatda bitta partiya diktaturasi saqlanib qoldi.
«Sovuq urush» yillarida Turkiya G‘arb bilan birga bo‘ldi. Buyuk Britaniya, keyin AQSH Turkiyaga moliyaviy va iqtisodiy yordam ko‘rsatdi. Turkiya «Marshall rejasi»ga kiritildi, NATOga a’zo bo‘ldi.
Turg‘ut O‘zol.
G‘arb davlatlari bilan hamkorlik- ka, ularning yordamiga qaramasdan, 1980-yillargacha Turkiyada iqtisodiy o‘sish sur’atlari past bo‘ldi. Demokratik jarayonlar sekin rivojlanib, siyosat- da armiyaning roli yuqoriligicha qoldi. Bu I960—1970-yillarda bir qator harbiy to‘ntarishlarga olib keldi.
1980-yil sentabrda general Kenan Evren navbatdagi harbiy to‘ntarish o‘tkazib, yana harbiylar hokimiyatni qo‘lga oldi. O‘ta qattiq, hatto, dahshatli usullar bilan bo‘lsa-da, mamlakatda tartib o‘rnatildi. 1982-yil noyabrda o‘tkazilgan referendum yangi konstitutsiyani tasdiqladi.