Neokonservatizm — AQSHning harbiy va iqtisodiy qudratidan dushman rejimlarga qarshi va ularda de- mokratik tizimni o‘rnatish uchun foydalanish tarafdor- lari bo‘lgan bir qism konservativ siyosatchilar mafkurasi. Eksport — mahsulot, xizmat yoki kapitalni o‘z mamlakatidan tashqariga chiqarish. Referendum — umumxalq so‘rovi, davlat ahamiyatidagi muhim masalani hal qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan umumxalq ovoz berishi. Ikkinchi jahon urushi Buyuk Britaniya uchun qanday natijalar bilan tugadi?
1970-yillarda Buyuk Britaniya iqtisodiyotidagi pasayish nima- larda namoyon bo‘ldi?
Buyuk Britaniyada hukumatni konservatorlar boshqargan yillarda qanday ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi?
20-MAVZU. 1946 - 1991-YILLARDA FRANSIYA. Ikkinchi jahon urushi Fransiyaga nihoyatda katta zarar yetkazdi. 1945-yili sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi urushdan oldingi darajasining yarmiga ham yetmadi. Moliya tizimi izdan chiqqan edi. Aholi asosiy qismining moddiy ahvoli keskinyomonlashdi.Boshqa G‘arb davlatlari singari Fransiya ham «Marshall rejasi»ga qo‘shildi. Xo‘jalik katta tezlik bilan tiklandi. 1950-yillari iqtisodiy
o‘sish boshlandi. To‘rtinchi respublika yillarida sanoatning zamonaviy sohalari paydo bo‘ldi. Ammo ichki siyosiy va iqtisodiy rivojla- nishning murakkabligi siyosiy va ijtimoiy holatning keskinlashuviga olib keldi. 1958-yili Fransiyada navbatdagi siyosiy inqiroz boshlandi. Hokimiyatga kelgan Sharl de Goll Milliy majlisni tarqatib yubordi. To‘rtinchi respublika barham topdi.
Sharl de Goll.
Beshinchi respublika. 1958-yil sentabrda referendum o‘tkazilib, unda fransuzlar Sh. de Goll bosh- chiligida ishlab chiqilgan konstitutsiyani ma’qul- ladilar. 1958-yil 21-dekabrda Sh. de Goll Fransiya prezidenti qilib saylandi.
Fransiyaning buyukligini tiklashga intilgan Sh. de Goll kuchli iqtisod va mustaqil tashqi siyo- satga ega bo‘lgan davlatni shakllantirishga kirishdi.
Mustamlakachilik endi o‘tmish ekanligini tushungan prezident 1960-yili Fransiyaning Afrikadagi deyarli barcha mustamlakalariga mustaqillik berdi.
1960-yillar oxirida Fransiya iqtisodiy otini modernizatsiya qilish davom etdi. Fransiya sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining yirik eksport qiluvchisiga aylandi. Fransuz mehnatkashlarining mod- diy farovonligi ham ancha yaxshilandi.
Ammo 1960-yillar oxirida Beshinchi respublikada inqiroz boshlandi. Davlatning qat'iy tartibga solish siyosati fransuz jamiyatining ko‘plab qatlamlarini norozi qildi. 1968-yil mayda Parij talabalarining namoyishi boshlandi. Prezident tashabbusi bilan o‘tkazilgan referen- dumda saylovchilarning ko‘pchiligi prezidentni qo‘llamadi. Sh. de Goll iste'foga chiqishga majbur bo‘ldi.
1970-yillarning oxirida Fransiya iqtisodiyoti juda murakkab holatda edi. Shundan so‘ng sotsialist Fransua Mitteran Fransiya prezidenti etib saylandi. So‘l kuchlarning hamkorlikdagi dasturida ko‘pchilik fransuzlar manfaatiga mos bo‘lgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ko‘zda tutil- di. Biroq inflatsiyani to‘xtatishning iloji bo‘lmadi. Ishsizlik ham oshib bordi. Bu siyosat kichik o‘zgarishlar bilan 1992-yilgacha saqlab qolindi.
Tashqi siyosat. Xalqaro munosabatlarda Fransiya Sh. de Goll tomoni- dan belgilab berilgan tashqi siyosiy kursni davom ettirdi. Fransiya Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Xelsinki kengashini o‘tkazishda katta rol o‘ynadi. YIH (Yevropa iqtisodiy hamjamiyati) doirasida G‘arbiy Yevropa mamlakatlari bilan faol hamkorlik qildi. Atlantika yo‘nalishidagi an’analar kuchaydi. AQSH bilan aloqalar ancha faollashdi.
XX asr oxirlarida Fransiya. 1980-yillar oxirida Fransiya huku- mati korxonalar, banklar va sug‘urta kompaniyalarini omma- viy xususiylashtirish siyosatini e’lon qilgan edi. Xususiylashtirish yo‘llaridan biri — korxonaning uning ishchilari tomonidan sotib olinishi bo‘ldi. Ishchilar soni 500 dan 1 ming nafargacha bo‘lgan korxo- nalarning chorak qismi shu yo‘l bilan sotib olindi. Iqtisodiy taraqqi- yotning 1989 — 1992-yillarga mo‘ljallangan rejasi pul aylanishi barqa- rorligini ta’minlashni, inflatsiyaning pasayishini va iqtisodning raqo- batbardoshligini qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutardi.
Fransiyani sotsialistlar boshqargan 1980 — 1990-yillar boshlarida
xalqaro hayotda eng muhim voqealar sodir bo‘ldi: «sovuq urush»
yakunlandi, Germaniya birlashdi, Sovet Ittifoqi va Yugoslaviya tarqalib ketdi, G‘arbiy Yevropa birlashdi. Fransiya prezidenti Fransua Mitteran va uning hukumati Germaniya bilan yaqinlashish va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining birlashishini o‘zining asosiy vazifasi deb bildi. Ger- maniya bilan birga Fransiya G‘arbiy Yevropani birlashtirishning eng faol ishtirokchisi bo‘ldi. 1990-yil yanvarda Lyuksemburgning Shengen shahrida Fransiya hukumati Shengen kelishuvini imzoladi. Unga bi- noan Yevropa Iqtisodiy Hamkorligi (YIH) mamlakatlari fuqarolari vizasiz va bojxona nazoratisiz bir-biriga bemalol o‘tishi mumkin bo‘ldi.
So‘llar hokimiyatda turgan yillarda ular tarafdorlari kutgan nati- jalarga erishilmadi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari juda past bo‘ldi. 1993- yili ishlab chiqarish hajmi qisqardi. Ishsizlik mislsiz darajaga yetdi. Sotsialistlarning obro‘yi tushib ketdi. Markaziy va Sharqiy Yevropada kommunistik rejimlarning qulashi, SSSR va Yugoslaviyaning tarqalib ketishi, Rossiya hukumati tomonidan rasman kommunizmning qora- lanishi nafaqat kommunistlarni, balki butun sotsialistik g‘oyalar va qadriyatlar tizimini obro‘sizlantirdi.
yili Milliy majlisga bo‘lib o‘tgan saylovlarda o‘ng kuchlar par- lamentda mutlaq ko‘p o‘ringa ega bo‘ldi. Fransiyaning urushdan ke- yingi tarixida so‘l kuchlar ilk bor shunday qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. So‘l kuchlar bunday mag‘lubiyatdan so‘ng uzoq vaqt inqiroz- dan chiqa olmadi.
yilgi prezidentlik saylovlarida Jak Shirak g‘olib chiqdi va ishsizlikka qarshi kurashni, jamiyatning boylar va qashshoqlarga bo‘linishini bartaraf qilishni asosiy vazifa deb e’lon qildi. Tashqi siyosatda uning asosiy faoliyati Fransiyaga Yevropa Ittifoqining
«yetakchisi» va butun dunyo uchun «erk mayog‘i» rolini qaytarish- ga qaratildi. Yangi hukumat davlat budjeti kamomadini kamaytirish, bandlikni ta’minlash rejasini e’lon qildi. 1996-yildan YIMning o‘sish sur’atlari, kapital kiritish va shaxsiy iste’mol hajmi oshdi.
1990-yil yanvarda Lyuksemburgning Shengen shah- rida Fransiya hukumati Shengen kelishuvini imzo- ladi.
Postindustrial jamiyat. 1990-yillari Fransiyada postindustrial jami- yatning shakllanish jarayoni davom etdi. Ilmiy-texnik inqilobning shiddat bilan rivojlanishi Fransiyaning qiyofasini o‘zgartirdi. Parij va boshqa yirik shaharlarda osmono‘par binolar paydo bo‘ldi. Butun mamlakatni avtomobil yo‘llari va soatiga 250 — 300 km tezlik bilan yuradigan temiryo‘l trassalari qamrab oldi. Angliya bilan ham- korlikda qurilgan La-Mansh bo‘g‘ozi ostidan o‘tgan temiryo‘l tonneli (Yevrotonnel) — XX asrning eng buyuk muhandislik yutuqlaridan biri
yil may oyida tantanali ravishda ochildi.
Boshqa rivojlangan mamlakatlardagi singari Fransiyada ham elek- tronika, informatika va ular bilan bog‘liq sanoat sohalari jadal rivoj- landi. Industrial jamiyatning ramzi bo‘lgan sanoat sohalari — metallur- giya, ko‘mir qazib chiqarish kabi sohalar asta-sekin tushkunlikka yuz tutdi.
XXI asrda Fransiya. XX — XXI asrlar chegarasida Fransiya bar- cha muhim ko‘rsatkichlar bo‘yicha dunyoning eng rivojlangan dav- latlari qatoriga kirdi. Ammo 2008 — 2009-yillardagi jahon moliyaviy inqirozi Fransiya iqtisodiga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 2007-yili Fransiya prezidenti etib saylangan Nikolya Sarkozi o‘ng konservativ «Xalq harakati uchun ittifoq» partiyasining yetakchisi edi.
Fransua Olland
2012-yilgi saylovlarda Fransiya prezidenti lavozimiga saylangan FSP (Fransiya sotsialis- tik partiyasi) yetakchisi Fransua Olland
Fransiyaning Yevroittifoqdagi rolini yanada oshirish, Yevropa siyosatida yetakchi davlat- lardan biri sifatidagi o‘rnini saqlab qolish uchun harakat qildi. U 2012-yili boylar uchun qo‘shimcha soliq o‘rnatish tashabbusi bilan chiqdi. Bu tashabbus konstitutsion sud tomonidan bekor qilindi. So‘ng bir jinsli shaxslar o‘rtasida nikohni yoqlab chiqib, uni qonun- lashtirdi. Bu katolik cherkovining noroziligiga sabab bo‘ldi.
Suriya va boshqa urush harakatlari bo‘layotgan Sharq mamlakat- laridan kelayotgan muhojirlar oqimi ham Fransiyadagi ijtimoiy holatni keskinlashtirdi. 2015-yil noyabr oyida Parijda sodir etilgan terroristik akt oqibatida yuzdan oshiq kishi halok bo‘ldi, uch yuzdan oshiq odam yaralandi. Bu terrorchilik aktlarini ISHID terrorchi guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Emmanyuel Makron
Hukumat tomonidan barcha ehtiyot choralari ko‘rilishiga qaramasdan, terroristik aktlar yana takrorlandi.
FOlland Fransiya tarixidagi eng nufuzsiz prezi- dent bo‘lib tarixga kirdi. U 2017-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘ymadi.
Aprel oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarning ikkinchi turida «Olg‘a!» harakatining vakili Emmanyuel Makron g‘alaba qozondi. Ayni paytda bu saylovlar Fransiyada ham Germaniyadagi singari multikultu- ralizm siyosatining barbod bo‘lganligini ko‘rsatdi.
Muhojirlar sonining oshishi, terrorizm xavfining kuchayishi sharoitida o‘ng Milliy front partiyasining obro‘yi oshib bordi. Milliy front vakili Marin Le Pen ilk bor prezidentlik say- lovlarida ikkinchi turga chiqib, qariyb 34% ovoz oldi.
Mamlakatdagi ko‘plab muammolarga qaramasdan, XXI asr boshlariga kelib, Fransiya ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan dunyoning yetakchi davlatlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Fransiyaning urushdan keyingi ahvoli va rivojlanish yo‘nalishlari to‘g‘risida gapirib bering.
Fransiyada To‘rtinchi respublikaning tarqalib ketishiga qanday holatlar sabab bo‘ldi?
Fransiyada Beshinchi respublikaning paydo bo‘lishi va mamlakat iqtisodiy hamda siyosiy holatining barqarorlashuvida Sh. de Gollning yetakchilik roli qanday ahamiyatga ega bo‘ldi?
XX asrning 80 — 90-yillarida Fransiya tashqi siyosati haqida nima larni bilasiz?