Mavzu: №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari


Mavzu: № 21Psixologiya fanining rivojlanish bosqichlari



Yüklə 360,12 Kb.
səhifə25/54
tarix07.01.2024
ölçüsü360,12 Kb.
#207907
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54
Mavzu №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari-fayllar.org

Mavzu: № 21Psixologiya fanining rivojlanish bosqichlari
Reja:

1.Psixologiya tarixi haqida.
2.O’rta asr(metafizik, ratsionalistik) psixologiyasi.
Psixologiya tarixi boshqa fanlar tarixi singari, qiziq va mazmundor bilimlar sohasidan iborat. Psixologiya tarixi - bu avvalo insoniyat tomonidan hayvonlarga va insonga xos bo’lgan psixik hayot hodisalari haqidagi bilimlarning asta-sekin to’planib borish tarixidir. Insonning o’z-o’zi haqidagi bilimlarni to’plab hamda chuqurlashtirib borishidir.

Psixologiya tarixi - u avvalo insoniyat tomonidan hayvonlarga va insonlaga hos bo`lgan psixik hayot xodisalari haqidagi bilimlarni asta -sekin to`planib borish tarixidir. Insonning o`z-o`zi haqidagi bilimlarni to`plab hamda chuqurlashtirib borishidir.


Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik hayotini o`rganishga bo`lgan intilish kishilar hayotining har -xil tarixiy bosqichlarida, ularning qanday nazariy va amaliy e’htiyojlar bilan taqazo qilganligini, ba’zi bir ma’lumotlar , ya’ni psixik hodisalar qay tarzda kashf qilingan, qaror topgan va aniqlanganligini, ular qanday tushuntirilganligini, ularning ba’zi qonuniyatlari qanday tushuntirilganligini, ularning ba’zi qonuniyatlari qanday ochilganligini bilib olamiz. Bunda tashqari psixologiya tarixi tarixiy hayotning har xil bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlab yakkayu-yagona bo`lgan psixologiya qay tarzda taraqiy etib, butun bir psixologiya fanlari sistemasi darajasiga ko`tarilganligi haqida kam ma’lumot beradi.
Psixologiya tarixida psixikani yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini beradigan , psixologiya fani taraqqiyotiga ko`maklashadigan foydali ilmiy tekshirish metodlarining izlanilishi va yaratilishi katta o`rin tutadi.
Psixologiya hech qachon ajralgan fan bo`lmagan : u hamisha boshqa bilim sohalari bilan bog`liq holda taraqqiy etib borgan. Umum fan taraqqiyoti tarixida u bog`lanishlar kengaydi va chuqurlashdi. Boshqa fanlarning yutuqlari psixologiya taraqqiyotiga qanday ta’sir ko`rsatganligini bilim sohalarining taraqqiyotida psixologiyaning roli qay darajada bo`lganligini, psixologiyaning ilmiy yutuqlari praktikada qanday tadbiq qilinganligini kuzatib borish juda qiziqarlidir.
Psixologiyaning butun tarixi ( shuningdek, filosofiya tarixi ) davomida idializm bilan materializm o`rtasida kurash ketgan. Bu kurash psixologiyaning mohiyatini turlicha tushunishda hamda psixologiya predmetini tushinishda ifodalangan. Shuning uchun, psixologiya fani sistemasini o`zi ham, uning metodlari, ma’zmuni va vazifalari ham turlicha talqin qilingan.
Albatta, psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo`nalishlar bo`lishiga qaramasdan, bu fanining predmeti, ya’ni hayvon va insonlarga xos bo`lgan psixika, psixik hayot birdamligicha qolaveradi. Tarixiy jihatdan psixologiyaning o`rganish predmeti emas, balki shu predmetni tununish, psixik hayot mohiyatiini tushunish o`zgarib keldi.Psixologiya predmetini tushunishdagi muhim o`zgarishlar, yangi psixologik tekshirish metodlarining yaratilishi hamda ularning keng tadbiq qilinishi, ilmiy falsafiy tafakkurining umumiy yo`nalishi psixologiya fanining tarixiy taraqqiyotidagi xususiyatlarini belgilab berdi.
Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik hayotini o’rganishga bo’lgan intilish kishilar hayotning har xil tarixiy bos-qichlarida ularning qanday nazariy va amaliy ehtiyojlari bilan taqozo qil-ganligini, ba’zi bir ma’lumotlar, ya’ni psixik hodisalar qay tarzda kashf qilingan, qaror topgan va aniqlanganligini, ular qanday tushuntirilgan-ligini, ularning ba’zi qonuniyatlari qanday ochilganligini bilib olamiz. Bundan tashqari, psixologiya tarixi tarixiy hayotning har xil bosqichlari-da, fan va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlab yakka-yu yago-na bo’lgan psixologiya qay tarzda taraqqiy etib, butun bir psixologiya fanlari sistemasi darajasiga ko’tarilganligi haqida ham ma’lumot beradi. Psixologiya tarixida psixikani yanada chuqur va aniq bilish imko­niyatini beradigan, psixologiya fani taraqqiyotiga ko’maklashadigan foydali ilmiy-tekshirish metodlarining izlanishi va yaratilishi katta o’rin tutadi.

Platon bilan Aristotel yaratgan ruh haqidagi ta’limot o’rta asrlarda Sharqda ham, G’arbda ham hukmron bo’lib keldi. Psixologiyadagi bu oqim keyinchalik (XVII asrda) metafizik yoki ratsionalistik psixologiya deb nom oladi.


Bu psixologiyaning metafizik deb atalalishiga sabab, uning tekshirish predmeti bo’lgan - ruh, psixik jarayonlar - fizik hissiy dunyo chegarasi-dan tashqarida mavjud mohiyat, g’ayri jismiy bir narsa deb tushuntiriladi; shuning uchun ham ratsionalistik deb ataladiki, uning tekshirish metodi tajribadan ajratilgan faqat quruq mulohazadan iborat edi.
O’rta asr mutafakkirlarining ruh va ruhiy hayot haqidagi mulohaza-lari, asosan, ruhning mohiyati haqidagi, uning kuchi, qobiliyatlari va ke­lib chiqishi haqidagi, uning tana oigandan keyingi taqdiri haqidagi, ruhning tanaga bo’lgan munosabati haqidagi masalalarga qaratilgan edi.
Ruhning mohiyati haqidagi masala, odatda, Platon va Aristotellarda qanday hal qilingan bo’lsa, xuddi shunday hal qilinar edi. Ruh o’z tabiatiga ko’ra barcha moddiy va jismoniy narsalarga qarama-qarshi qo’yilar edi.
Ruh o’z tabiatiga ko’ra alohida qobiliyatlarga egadir, deb fikr yuritilardi. Shuningdek, o’rta asr mutafakkirlari iroda masalasiga alohida e’tibor ber-dilar. Masalan, Avgustin Ipponskiy (353-430) birinchi bo’lib, kishining boshqa ruhiy qobiliyatlari orasida irodaning muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida fikr yuritgan. Irodaning ustunligi haqida, ayniqsa, Dune Skott (1265-1308) ning ta’limoti juda yaqqoldir. Uning aytishicha, iroda aqldan ham yuqori turadi butun o’rta asr tarixi mobaynida, undan keyingi vaqt-larda ham, faylasuf va psixologiyada iroda erkinligi haqidagi tortishuv juda katta o’rin egalladi. Bu masala bo’yicha V asrdayoq ikkita oqim-determinizm va indeterminizm paydo bo’lgan.
Deterministlar (lot. Determinare - belgilamoq) inson irodasi ham, dunyodagi hamma narsalar singari, sababiyat qonuniga bo’ysunadi, bino-barin, insonning barcha irodaviy harakatlari ham erkin emas, balki zaru-riyat bilan, o’z sabablari bilan belgilanadi, deb ta’lim berdilar.
Indeterministlar, aksincha, inson irodasi va uning xatti-harakatlari har qanday sababiyatdan xoli erkin hamda zaruriyatga bog’liq emas, deb ta’lim berdilar. Indeterminizm sof idealistik ta’limot edi. Determinizmda esa, materialistik tendensiyalar ifodalangan edi.
Umumiy va mavhum tushunchalar haqidagi masala ham iroda erkin­ligi haqidagi masaladan kam tortishuvlarga sababchi bo’lmadi. Bunda ikki oqim-realistlar bilan nominalistlar o’rtasida tortishuv ketadi.
Realistlar — umumiy tushunchalar («universallilar» o’sha vaqtda shun­day deb atashardi) real, obektiv holda mavjuddir va inson aqlida yakka narsalarga bog’liq bo’lmagan holda aks etadi, deb da’vo qildilar. Shunday qilib, realistlar faqat Platonning narigi dunyo ideya (g’oya)lar dunyosi haqidagi, har bir kishi aqlidagi bu g’oyalarning tug’ma ekanligi haqidagi ta’limotini takrorladilar, xolos.



Yüklə 360,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin