11. Yoshga oid qiyinchiliklar tamoyili. Ma’lumotlarning hajmi va murakkablik darajasini inobatga olish tamoyili Bu tamoyilda korreksion ishlar tadrijiyligi nazarda tutilgan. Mazkur tamoyil mijozning o'zi bajarayotgan ishidan zavqlana olishiga va korreksion ishga uning qiziqishini orttirishga yordam beradi.
Korreksion dasturni amalga oshirishda y a’ni materialning yangi hajmini berishdan oldin u yoki bu ko'nikma va malakalarni nisbatan shakllanganligiga e’tibor berish lozim.
Psixokorreksiya samaraliligini aniqlovchi omillar quyidagilardan iborat:
Psixokorreksiyaning samarasi konkret metod va ta’sir etuvchi xususiyatdan aniqlanadi.
12. M a’lumotlarning emotsional qiyinlik darajasini inobatga olish tamoyili O'tkazilayotgan o'yinlar, mashg'ulotlar, taklif etilayotgan material yaxshi emotsional fonni vujudga kelishiga yordam berishi kerak.
Korreksion mashqlar ijobiy emotsional fon bilan yakun topishi maqsadga muvofiqdir.
Psixokorreksion yordamning sam araliligiga baho berish borgan sari aktuallashmoqda. Bu psixologning ta’sir eta olishi va korreksion ishning sifatliligidandir.
Ishning samaraliligini baholashda aniq metodni belgilab olish zarur. Korreksion ishda m a’lum bir metodni oldindan tanlash qiyin, chunki ish faoliyatida psixologlar turli metodlardan foydalanadilar. Hatto bir metod har xil mutaxassisda har xil natija beradi.Ishning bahosini bu metoddan xabari bo‘lmagan ekspert berishi zarur. Psixologning tarbiyaviy-ta’limiy sifatini, kasbiga bo‘lgan qiziqishini hisobga olish kerak. Guruhiy korreksion ishda psixologning professional boMishi katta ahamiyatga ega.
Takrorlash va muhokama uchun savollar: 1 .Psixokorreksion dastur tuzishning asosiy tamoyillariga nimalar kiradi?
2 .Korreksion, profilaktik va rivojlantiruvchi topshiriqlaming tizimliliktamoyilining mohiyati nimadan iborat?
3 .Korreksiya va diagnostikaning birligi tamoyili nimani anglatadi?
4.Kauzal tipdagi korreksiyaning qarama-qarshilik tamoyili mazmunanqanday?
5.Korreksiyaning faoliyatli tamoyili haqida tushuncha bering.
6 .Mijozning yosh-psixologik, individual xususiyatlarini inobatga olishtamoyili nimani anglatadi?
7 .Psixologik ta’sir metodlarining komplekslilik tamoyili mohiyatan nimadan iborat?
8.Korreksion dasturda ijtimoiy muhitdagi yaqin kishilarning faol ishtirokini ta’minlash tamoyiliga nimalar kiradi?
9 .Psixik jarayonlarning notekislik darajasi tamoyilining mazmuni qanday?
10.Ta’limni dasturlashtirish tamoyili haqida tushuncha bering.
11.Yoshga oid qiyinchiliklar tamoyili va ma’lumotlarning hajmi hamdamurakkablik darajasini inobatga olish tamoyili deganda nima tushunasiz?
12.Ma’lumotlaming emotsional qiyinlik darajasini inobatga olish tamoyili o'z ichiga nimalarni oladi?