Mavzu №9: Bilish jarayonlari diagnostikasi


Diagnostika va korreksiyaning birligi tamoyili



Yüklə 290,62 Kb.
səhifə18/38
tarix07.01.2024
ölçüsü290,62 Kb.
#211518
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Mavzu №9 Bilish jarayonlari diagnostikasi-fayllar.org (1)

2. Diagnostika va korreksiyaning birligi tamoyili
Korreksiya va psixologik diagnostika birligi tamoyili psixologik amaiiyotning o‘ziga xos fenomeni sifatida psixologik yordam ko‘rsatish jarayoni yaxlitligi, mujassamlashganligini aks ettiradi. I.V. Dubrovina, D.B. Elkonin va boshqalarning asarlarida batafsil yoritib berilgan mazkur tamoyil butun korreksion faoliyatning negizi deb e’tirof etiladi, zotan korreksion faoliyat samaradorligining to‘qson foizi avval amalga oshirilgan psixologik diagnostika jarayonining chuqurligi, jiddiyligi bilan belgilanadi.
Yuqorida zikr etilgan tamoyil ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi.
Birinchidan, korreksion muolajalarni psixologik diagnostika izlanishlari bilan uy g ‘unligini ta ’minlash, uning asosida birlamchi xulosa tuzish va korreksion-rivojlantiruv ishning maqsad va vazifalarini aniqlash zarur.
Korreksion ish samarasi faqatgina dastlabki puxta psixologik diagnostika ishlari bilan belgilanadi. Shu bilan birga «..eng aniq, chuqur tashhis ma’lumotlari agar ular jiddiy o‘ylangan psixologik-pedagogik korreksion tadbirlar tizimi bilan uyg‘unlashtirilmasa ma’nisiz bo‘lib qolishi mumkin» (D.B. Elkonin, 1989).
Ikkinchidan, psixologning korreksion-rivojlantiruv faoliyati mijozning korreksion ishlar jarayonidagi kechinmalari va his-tuyg‘ulari, emotsional holati dinamikasi, faoliyati, fe’l-atvori, shaxs o‘zgarishi dinamikasining doimiy nazoratini talab etadi. Ushbu nazorat programmasi vazifalarga zaruriy o‘zgartirishlar kiritishni, mijozga psixologik ta’sir ko‘rsatish uslublari va vositalarini vaqtida yangilash imkonini beradi.
3. Taraqqiyotning normalligi tamoyili
Taraqqiyotning "normativligi" tamoyili psixik taraqqiyotning asosiy qonuniyatlarini hisobga olishni, bola shaxsi rivojlanishi uchun taraqqiyot bosqichlari ketma-ketligini ta’minlaydi. Masalan: bog‘cha yoshidagi bolalarga nisbatan bunday yuqori talabchanlikka misol sifatida ota - onalarning diqqatini bir joyga to‘play olmaslik, qaysarlik, aytgan ishini bajarmaslik kabi bolalar ustidan qilgan shikoyatlarini keltirish mumkin. Taraqqiyotning normativligi tamoyili bilan "yuqoridan pastga" tuzatish tamoyili uzviy bogMangan. Bu tamoyilda bola psixik taraqqiyoti uchun ta’limning yetakchi roli e ’tiborga olinadi.
"Pastdan -yuqoriga" tuzatish tarafdorlari tuzatish ishlarining asosiy mazmuni sifatida boladan mavjud psixologik qobiliyatlarni mashq qildirishni k o‘rsatadi. Bu yerda ta’lim taraqqiyotdan keyin keladi.
Rivojlanish normativligi deganda ontogenetik taraqqiyotning yosh bosqichlari, ularning bir birlarining o‘rnini izchil egallashlari jarayoni nazarda tutiladi.
«Psixologik yosh» L.S.Vi’gotskiy tomonidan kiritilgan tushunchadir. Bu shaxs tuzilishini, uning faoliyatini shunday yangi toifasiki, u bolaning ongini, muhitga boMgan munosabati, uning ichki va tashqi olamini, ayni vaqtdagi rivojlanishini asoslab, aniqlab beradigan psixik va ijtimoiy o'zgarishlardir.
Shunday qilib, bolaning rivojlanish darajasini yosh m e’yorlariga mos kelishini baholashda va korreksion maqsadlarni belgilashda quyidagi harakteristikalarni inobatga olish zarur:____________________
Ijtimoiy vaziyat (ahvolining) xususiyatlarini (masalan, tarbiyaviy yoki ta’limiy idoraning turini bolaning muloqat doirasi, kattalar, oila a’zolarini hisobga olgandagi o‘zgarishi va h.k.)
Rivojlanishning ауnan shu. yosh bosqichdagi yangi psixologik hosilalarning shakillanganlik darajasini.
Bolaning etakchi faoliyatini rivojlantirish darajasi uning optimallashuvini.
L.S.Vigotskiy tomonidan ilgari surilgan ushbu tamoyil korreksion ish yo‘nalishini ochib beradi. Psixologning diqqat markazida rivojlanishning ertangi kuni turadi, korreksion faoliyatning asosiy mazmuni: mijoz «taraqqiyotining istiqbolli hududi»ni yaratishdir (bunday mijozlar L.S.Vigotskiyda bolalar edi). «Yuqoridan quyiga» tamoyiliga binoan korreksiya ilgarilab boruvchi harakterga ega bo'lib, u yangi psixologik hosilalarni o'z vaqtida shakllantirishga yo'naltirilgan psixologik faoliyat sifatida tuziladi.
“Yuqoridan pastga” tamoyilining asosiy mazmuni mijoz “taraqqiyotning istiqboli hududi”ni yaratish

Yüklə 290,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin