7. Korreksiyaning faoliyatli tamoyili Ushbu tamoyil korreksion urinishlarning tatbiq predmetini, maqsadga erishish usullari va vositalarini tanlashni, korreksion ishni o‘tkazish taktikasini, qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish yo‘llari va usullarini belgilavdi.
Korreksion-rivojlantiruv ta ’sirning asosiy usuli sifatida mijozning aktiv faoliyatini tashkillashtirish nazarda tutiladi. Shaxs rivojlanishida ijobiy o‘zgarishlar uchun zarur boMgan asos yaratiladi.
Mazkur tamoyilga ko‘ra korreksion ishning asosiy yo‘nalishi boMib mijozda predmetli faoliyatning turli jabhalariga: shaxslararo munosabatlar, pirovardida, taraqqiyotning ijtimoiy vaziyatiga doir. xususiy yo'nalishning umumlashgan uslublarini maqsadga muvofiq ravishda shakllantirish ilgari suriladi.
Bolalar bilan boMgan korreksion ishda «yetakchi faoliyat» tushunchasi ishlatiladi. Maktabgacha va boshlangMch maktab yoshida bunday faoliyat o‘yin, o'smirlik yoshida muloqot va hamkorlikdagi faoliyatdir.
Korreksiyaning faoliyatga doir tamoyili: birinchidan, korreksion urinishlarning tadbiq predmetini aniqlab bersa, ikkinchidan, xususiy yo'nalishlarning umumlashgan usullarini shakllantirish yo‘li bilan yoshga xos faoliyat ko‘rinishlarini uyushtirish orqali korreksion metodlami belgilaydi.
Takrorlash va muhokama uchun savollar: 1. Psixokorreksion faoliyat tamoyillariga nimalar kiradi?
2.Diagnostika va korreksiyaning birligi tamoyilining mohiyati nimadan iborat?
3.Taraqqiyotning normalligi tamoyili nimani anglatadi?
4.Korreksiyaning "yuqoridan pastga" tamoyilining mazmuni qanday?
5.Korreksiyaning "pastdan yuqoriga" tamoyili haqida tushuncha bering.
6.Psixik faoliyat taraqqiyotining tizimlilik tamoyilining mohiyati nimadan iborat?
7.Korreksiyaning faoliyatli tamoyili nimani anglatadi?
Mavzu yuzasidan test savollari: 1.Korreksion ta’sir ko'rsatishda kasbiy tayyorlikning asosiy mezonlari nimalardan iborat?
A.Nazariy mezon.
B.Amaliv mezon.
S.Shaxsiy tayyorlik.
D. A,В javoblar.
*E. Barcha javoblar to‘g'ri.
2. Professional tayyorlikga qanday yondashuvlar mavjud?
A.Bir nazarivaga tavanib ishlash, bir hil yondashuv.
B.Eklektizm - turli nazarivalarga yondashish.
S.Umumiy yondashuv.
D. A,В javoblar.
*E. Barcha javoblar to'g'ri.
3. Korreksion ish amaliyotida rivojlanislidagi qiyinchiliklar sabablarini tushuntiruvchi qanday modellar mavjud?
A.Biologik model, tibbiv model.
B.Tibbiy model, interaksionistik model.
S.Interaksionistik model,pedagogik model.
D. Pedagogik model, biologik model.
*E. Barcha javoblar to'g'ri.
4. Korreksion ish amaliyotida og'ishlaming kelib chiqishini organik yetilish tempining sekinlashuvi bilan izohlaydigan modelni aniqlang.
*A.Biologik model.
B.Tibbiy model.
S.Interaksionistik model.
D. Pedagogik model.
E. Barcha javoblar to'g'ri.
5.Korreksion ish amaliyotida tibbiy modelning mohiyati nimadan iborat?.
A.OgMshlaming kelib chiqishini organik yetilish tempining sekinlashuvi bilan izohlaydi.
*B. rivojlanishdagi og'ish, qiyinchiliklar va muammolami anomal rivojlanish sohasiga olib chiqadi.
S. taraqqiyot muammolarini vujudga kelishida shaxs va muhit o'rtasidagi o'zaro ta’sirlaming buzilishi, xususan, bolaning sensor va ijtimoiy deprivatsiyasi oqibatlarini alohida qayd etib o'tadi.
D. og'ishlaming sababini pedagogik va ijtimoiy qarovsizlikda ko'radi.
E. Barcha javoblar to'g'ri.
6.Korreksion ish amaliyotida taraqqiyot muammolarini vujudga kelishida shaxs va muhit o'rtasidagi o'zaro ta’sirlaming buzilishi, xususan, bolaning sensor va ijtimoiy deprivatsiyasi oqibatlarini alohida qayd etib o'tuvchi modelni aniqlang.
A.Biologik model.
B.Tibbiy model.
S.Interaksionistik model.
D. Pedagogik model.
E. Barcha javoblar to'g'ri.
7. Fransuz maktab psixologiyasining otasi kim?
A. Ayzenk.
B. Zazzo.
S. K.Levin.
*D. A.Bine.
E. Simon.
8. A.Bine psixologik xizmat sohasida nechanchi yili ish boshlagan?
A. 1960.
B. 1970.
S. 1870.
D. 1884.
*E. 1894.
9. Fransiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari qachon tashkil etildi?
A. 1960.
B. 1950.
*S. 1970.
D. 1980.
E. 1990.
10. Maktabgacha tarbiya muassasasidagi psixologga ota-onalaming birinchi guruh murojaati nimadan iborat?
A.Oilaviy sharoitini qanday qilib yaxshilash bo'yicha murojaat.
B.Oilaviy munosabatlami qanday qilib yaxshilash bo'yicha murojaat.
*S.Bolalarning psixik va aqliy rivojlanishini aniqlash uchun murojaat.
D.Guruhdagi shaxslararo munosabatni aniqlash uchun murojaat.
E.Farzandlariga qanday munosabatda bo'lish kerakligi bo'yicha murojaat.