Mavzu №9: Bilish jarayonlari diagnostikasi


-mavzu: Psixokorrektsiya metodlari



Yüklə 290,62 Kb.
səhifə21/38
tarix07.01.2024
ölçüsü290,62 Kb.
#211518
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
Mavzu №9 Bilish jarayonlari diagnostikasi-fayllar.org (1)

13-mavzu: Psixokorrektsiya metodlari
Reja:
1. O‘yin terapiyasi. Ertakterapiya. Artterapiya, kollaj, biblioterapiya.
2. Psixogimnastika. Izoterapiya. Qum terapiyasi. Raqs terapiyasi. Qo‘g‘irchoq terapiya.
3. Xulq-atvor psixokorrektsiyasi metodlari, psixodramma
4. Guruhiy psixologik korrektsiyaning o'ziga xos jihatlari.
Artterapiya dastlab Z.Freyd va K.Yungning egodagi himoya mexanizmlarining namoyon bo'lishi sifatidagi nazariy g'ovalari asosida vujudga keldi (sublimatsiya, proeksiya). Dastlab psixoanalizda paydo bo'lgan artterapiya hozirda barcha yo'nalish vakillari tomonidan keng qo'llanilmoqda. Artterapiyaning yutug'i shundaki, u tarapevtik aloqani o'rnatishni chuqurlashtirishga yordam beradi. Bir vaqtning o'zida ham terapevtik va diagnostik metod hisoblanadi, psixoterapiyaning har qanday shakli va vazivatlarida qo'llash mumkin. Turli vositalardan foydalanish imkoniyati mavjud - qalamcha bilan qumga chizishdan, oddiy qalam bilan san’at asari yaratish va haykal yasash ham mumkin, turli muammolarni hal qilishda foydalanish mumkin. Artterapiya bolalarda xavfsizlik hissini rivojlantiradi.

Artterapiyaning mahsuldorligi shundaki, birinchidan, nizoli vaziyatlar simvolik shaklda qayta paydo bo'ladi, rasmlar yordamida tashqariga chiqariladi, shu tariqa uni muhokama qilish va qaror qabul qilish mumkin. Ikkinchi tomondan, ijod jarayonining o'zi shaxsning o'sishiga, o'zini o'zi namoyon qilishga, o'zini o'zi rivojlantirishga inikoniyat yaratadi, hayotiy qiyinchiliklarni yengish uchun ichki imkoniyatlarni topish imkonini beradi.


Artterapevtik metodning afzalliklaridan biri juda kuchli qarshilik bo'lganda ham bola bilan aloqa o'rnatish oson bo'ladi. Psixolog oldiga kelganda bola har doim ham o 'z muammosi haqida gapirgisi kelmaydi, lekin nimanidir chizib berish so'ralganda, hech qachon qarshilik qilmaydi. Bola kuchli hayajonlanganda, uning nafaqat gapirgisi balki o 'z muammolarini chizgisi ham kelmaydi. Bunday holda o 'z muammolarini boshqa tilda ifodalash imkonini beradigan majoziy rasmdan foydalanish mumkin.
Artterapiyada diagnostik va terapevtik jarayonlar bir vaqtda ro'y beradi.Artterapiya mahsullari qimmatbaho diagnostik material hisoblanadi. Bu esa artterapiyani proektiv testlarga yaqinlashtiradi. Ba’zi mualliflar uni ekspressiv proektiv metodlarga kiritadi. Artterapevtik tahlil asosiy emas, balki rasm muallifi o'zini qanday tushunishi. ko'rishi muhim.
O‘z ijodi mahsullarini tasvirlash va muhokama qilish jarayonida mijozning o ‘z ichki his-tuyg‘ularini anglashi ro‘y beradi. O‘z muammo va nizolarini asta-sekin bayon etish, ularni bartaraf etish va hal qilishga olib keladi.
Artterapiya uchun maxsus xo'na yoki sinfdan foydalanish mumkin. Xonada suv jumragi boMishi maqsadga muvofiq. Maxsus fartuk yoki xalatdan foydalanish mumkin. Artterapiya materiallari har xil boMishi mumkin: kraska, qalamlar, flamasterlar, rangli qog'ozlar, kley, qaychi, karton, ip, tayoqcha, mel, qum, tuproq, plastilin, gullar, materaillar, tuxumning po'chogM.
Artterapevtik mashg'ulotlarni asosiy to‘rt bosqichga boMish mumkin. Dastlabki bosqichda ishtirokchilar tasodifiy ijodiy faoliyatga tayyorlanadi. Buning uchun turli o'yinlar va maxsus mashqlardan foydalaniladi: “Erkin boMing va nimani kerak deb hisoblasangiz. shuni amalga oshiring”.- degan qoMlanma aytiladi.
Ikkinchi bosqich asarni yaratish jarayonidir. Uchinchi bosqich - o ‘z ishini muhokama qilish jarayoni.
To ‘rtinchi bosqichda har bir guruh a’zosining muvaffaqqiyatini ta'kidlash va mashg‘ulot haqida iliq taassurotlar almashinadi.
“K ollaj”. Artterapevtik metodlaming bir usuli kollaj texnikasi hisoblanib, bir-biridan ko‘rinishi va rangi jihatidan farq qiluvchi materiallarni tanlab yopishtirish bilan belgilanadi. Bolalarga jurnallardan qirqib olingan rasmlar, tasviriy fragmentlar, turli tasviriy ifodalardan muayyan obraz yaratish taklif etiladi. Kollaj texnikasi shaxsiy yozuvlar, kichik jumlalar bilan toMdirilishi mumkin. Odatda jurnallardan qirqib olingan rasmlar turli hajmdagi qog‘ozlarga yopishtirilishi mumkin.
Kollaj texnikasi psixologiyada xuddi rasm chizdirish singari proektiv metod sifatida qoMlanilishi ham mumkin. Proeksiya keng ma’noda shaxsiy ichki dunyosini yuzaga chiqarish bilan belgilanadi. Koliajda insonning kechinmalari, tassavvurlari, intilishlari, his- tuyg‘ulari, qadriyatlari ifodalanadi. Inson uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi narsalar uning ishida o‘z ifodasini topadi, ikkinchi darajali narsalarga esa kamroq e’tibor qaratiladi.
Boshqa artterapevtik texnikalar singari kollaj bir vaqtning o‘zida ham terapevtik, ham psixodiagnostik vazifalarni bajaradi. Kollaj axborotga boy boMib, uning yaratilishi va tahlilida insonning ongli ustanovkalari bilan birga uning anglanilmagan kechinmalari, ehtiyojlari, munosabatlari ham o‘z aksini topadi. Koilajni yaratishda turli mavzulami taklif etish mumkin. Masalan “Men kimman?”, “Men qandayman?”, “Biz va boshqalar”, “Mening o‘tmishim”, “Bugunim va kelajagim”. Kollaj obrazi terapiya maqsadiga ko‘ra belgilanadi.
Masalan, kollaj texnikasini o ‘smirlar guruhida ularni birlashtirish maqsadida o‘tkazish mumkin. U holda “ Biz kimmiz?”, “Biz qandaymiz?” mavzulari tanlanadi, yoki oilaviy konsultatsiyalarda ota- onalardan bolalari bilan “Bizning oila” mavzusida kollaj yaratishini so‘rash mumkin.
Kollaj yakka tartibda yoki kichik guruhlarda (2-4 kishi) amalga oshiriladi. Uning bajarilish mudati qat'iy vaqt chegaralaridan to vaqtning umuman chegaralanmaganligigacha belgilanishi mumkin.
Psixolog koilajni yaratishda kuzatuvchi yoki guruh a’zosi sifatida ishtirok etishi mumkin, yoki vazifa kattalar ishtirokisiz mustaqil xuddi uy vazifasi sifatida bajarilishi mumkin.
Koilajni ayniqsa, 9-11 sinflarning psixologik mashg‘ulotlarda qoMlanilishi juda qiziqarli. Yuqori sinf o ‘quvchilarining ijodiy yondoshuvi psixoterapevtik vazifalar bilan birga ijtiinoiy-psixologik vazifalarni ham yechish imkonini beradi. Bundan tashqari ularga ijobiy hamkorlik tajribasini, bir-birini eshitish va tushunishga o ‘rgatishga kelishmovchiliklarni hai etishga yordam beradi
Kollaj texnikasini qo‘llash bosqichlari.
1. Tayyorlov bosqichi. Bu bosqich o‘z ichiga kollaj texnikasi bilan tanishuv, uning yaratilishi uchun materiallarni tayyorlash (vatman, jurnallardan, kesib olingan materiallar, yelim, qaychi, flomaster)ni oladi. Maskur bosqichning asosiy maqsadi - ishni tashkil etish va ijodiy ustanovkani yaratishdir.
2. Instruktiv bosqich - kollaj yaratishning boshlang‘ich qismi bo‘lib bir tomondan vazifa mavzusining tushunarli va aniq tushuntirishni taqozo etsa, ikkinchi tomondan, xavfsizlik, ishonch hissini bag‘ishlovchi ijodiy muhitni yaratish bilan belgilanadi. Ijobiy munosabatlar ish jarayonidagi tanqidiy tanbehlarning boMmasligi, ishning boshlang‘ich bosqichida ijobiy baholash, jurnal, rasm, tasvir va yozuvlarni tanlashdagi ixtiyoriylik ushbu bosqichidagi muhim qadamiardir.
Psixologning asosiy ustanovkasi: Siz xohlagan ishingizni bajarishingiz “mumkin”, noqulayliklami yuzaga kelmasligi uchun psixolog guruh a ’zolaridan tartiblikni, tozalikka roiya qilish, tinchlikni saqlash kabi buyruqlardan o‘zini tiyishi, aksincha, ochiqlik va ijodiy tartibsizlikni qo‘llab turishi lozim. Bu ishtirokchilarga o'zlarini tinc.h va erkin his etishlariga hamda ishga bajonidil kirishish imkonini beradi.
3. Vazifani bajarilish bosqichida psixolog guruh ishini kuzatib borishi mumkin. Shu o‘rinda u yo passiv kuzatuvchi sifatida namoyon bo‘lib, o'zining jarayonga bo'lgan ta’sirini kamaytirishga harakat qiladi.
Kerak bo'lgandagina, ba’zi hisobot yoki bayonnomalami amalga oshirishi mumkin yoki faol kuzatuvchi bo'lib, guruhlar bilan o'zaro aloqaga kirishadi, o'z fikrlarini bildiradi, o'z g'oyalari bilan qo'llab quvvatlab turadi. Ba’zi hollarda, agar psixolog oldida faqatgina guruh a ’zosi bo'libgina hal etishi mumkin bo'lgan vazifa tursa, masalan, psixologik jamoani jipslashtirish, u qo'yilgan vazifani ijodiy jarayonni bevosita ishtirokchisi sifatida hamma bilan birga bajarishi mumkin.
4. Muzokara va tahlil bosqichi o'z ichiga quyidagilarni kiritadi: birinchidan. ishchi guruh bilan birga ifoda etish, bunda ular kollajning asosiy g'oyalarini ta’riflab, o'zlarini uning yaratilishdagi fikrlari va kechinmalarini guruh ishining hususiyatlari (guruhli qarorni qabul qilinishi, guruhdagi munosabatlar, munozarali masalalarni hal etilishini) so'zlab beradilar. Ikkinchidan, boshqa guruh ishtirokchilarining qayta aloqasi, ularning kollajni yaxlit holda yoki alohida qismlarini tushunish.
Pedagog-psixolog bu bosqichda ishtirokchilami muzokaraga chorlaydi, ularni o'z fikrlarini bayon etishga yo'naltiradi, guruhiy muzokarani tashkil etib, u o'z oldiga qo'ygan vazifalardan kelib chiqqan holda suhbatni kerakli maqsad tomon yo'naltiradi. Masalan, agar asosiy vazifa jamoaning jipslashuvi bilan belgilansa, psixolog savollari ham- korlikdagi faoliyatga ko'maklashuvchi mexanizmlar, strategiya va tantanalar masalasiga qaratiladi.
5. Kollaj interpritatsiyasi, tahlilning muhim qismi bo'lib, u psixologik tomondan qayta aloqa sifatida beriladi hamda psixoterapevtik vazifani bajaradi. U bir kishi yoki guruh muammosini hal etishga yo'naltiriladi. U yumshoq shaklda, ijobiy baho, qo'llab-quvvatlash ruhida bo'lishi kerak.
Psixolog kollaj texnikasidan psixodiagnostik maqsadlarda ya’ni shaxs va guruh haqida axborot olish uchun foydalanishi mumkin.

Yüklə 290,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin