Mavzuning o‘quv maqsadi: talabalarni ontogenetik taraqqiyot inqirozlari psixokorreksiyasi va psixoprofilaktikasi bilan tanishtirish.
Darsning vazifasi: Talabalarga maktabgacha, kichik maktab yoshida, aksentuatsiyalashgan o'smirlarda, ilk o'spirinlik davrida, yetuklik davrida psixologik korreksiyaning asosiy vazifalari va ularni amalga oshirish shakllari haqida ma'lumot berish.
Tayanch tushunchalar: maktabgacha tarbiya yoshi, kichik maktab yoshi, o'sinir, ilk o'spirinlik davri, yetuklik davri, xarakter aksentuatsiyasi.
1. Maktabgacha tarbiya yoshida psixologik korreksiyaning asosiy
vazifalari va ularni amalga oshirish shakllari
Bog‘cha bilan maktab o'rtasida o'rnatilgan izchil aloqaning har tomonlamaligi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash vazifasini muva- faqqiyatli amalga oshirishning asosiy shartidir. Ta’limga psixologik tayyorgarlik, deganda bolaning ob ’ektiv va sub’ektiv jihatdan maktab talabiga munosibligi nazarda tutiladi. U maktab ta ’limiga avval psixologik jihatdan tayyorlanadi. Uning tayyorgarlik darajasi bolalar bog'chasi psixologi tomonidan psixologik diagnostika qilinadi. Ushbu jarayonda lozim bo‘lsa psixologik korreksiya ishlari amalga oshiriladi.
Binobarin, bolaning psixikasi bu davrda ilm olishga yetarli darajada rivojlangan bo'Iadi. Psixolog bu yoshdagi bola idrokining o'tkirligi, rivojlanganligi, sezgisining aniqligi, qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchligigi, tafakkurining yaqqolligi darajasini psixologik jihatdan diagnostika qiladi. Maktab ta ’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli, shartli, barqaror bo'Iadi. Psixologik diagnostika ishlarini olib borayotgan psixolog bu narsani nazardan chetda qoldirmasligi lozim. Chunonchi, bola diqqatining xususiyati rolli va syujetli o‘yinlarda, rasm chizish, qurish, yasash mashg‘ulotlarida, loy, plastilindan o‘yinchoqlar tayyorlashda, o‘zgalar nutqini idrok qilish va tushunishda, matematik amallarni yechishda, hikoya tinglash va tuzishda ko‘rinadi. Psixologik diagnostika ishlari mobaynida bola diqqatining muayyan ob’ektga y o ‘naltirilganligi, to ‘planganligi, taqsimlanishi bo'yicha m a’lum darajada ko‘nikmaga ega yoki ega emasligini, o‘z diqqatini boshqara olish yoki kerakli paytda to ‘plashga intila olishni o‘rganishi lozim. Shuningdek, psixolog bolaning xotirasini qay darajada qiziqarli, kishini taajjubga soladigan ma’lumot va hodisalarni puxta esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish imkoniyatlari darajasini ham diagnostika qiladi. Psixolog bolani maktab ta’limiga psixologik tayyorlashning sub’ektiv tomonini ham psixologik jihatdan diagnostika qiladi. Bolaning maktabda o ‘qishga xohish, intilishi, katta odamlar bilan muloqotga kirishish istagi mazkur tayyorgarlik bilan uzviy bog‘liq ekanligini esdan chiqarmasligi lozim. Bolada shu davrga kelib o ‘qish, bilim olish haqida to‘g‘ri tasavvur shakllanganligi darajasi diagnostika qilinadi. Bolani maktab jamoasi a’zolarining mas’uliyatli vazifalarini anglab yetishi, ularga itoat qilishga, ularning ko‘rsatmalarini qay darajada bajarishga moyilligi psixolog tomonidan diagnostika qilinadi.
Ushbu jarayonda psixolog bolaning hammasi bir xil emasligi sababli ular o‘rtasida muhim farqlar vujudga kelishini hisobga olishi zarur.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda psixologik diagnostika ishlari mobaynida quyidagi sistema ko‘zga tashlanadi, ya’ni ba’zi bola maktabga butun vujudi bilan talpinadi, o‘qishga qancha vaqt qolganini uzluksiz sanaydi, o‘quv ashyolarini oldinroq tayyorlab,harakat qiladi. Boshqa bir bola esa maktabdan qat’iy voz kechishga boradi. Ushbu jarayonlarni psixologik jihatdan diagnostika qilishda o‘qishga nisbatan salbiy munosabat ko‘pincha kattalarning qo‘rqitishlari oqibatida vujudga kelganligi aniqlanadi.
Maktab bilan bog‘cha o ‘rtasidagi uzviy aloqa ko‘p tomonlama tuzilishga ega. Unda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning mazmuni, metod va usullari tashkiliy shakllari, shuningdek, bolalarni tarbiyalash shart-sharoitlari va psixik talab kabi yetakchi tomonlari psixologik jihatdan talab qilinadi.
Bunda psixolog quyidagilarga alohida e’tibor berishi kerak:
❖ Maktab talabi nuqtai nazaridan bilimlarni qay darajada chuqurroq egallab olishlari diagnostika qilinadi. Lozim bo‘lsa korreksion ishlar amalga oshiriladi.
Bog'ch a nuqtai nazaridan bolani maktab talabi darajasidagi bilim, malaka. ko'nikmalar bilan qay darajada qurollantirilganligi diagnostika qilinadi.
•I* Bolalarning maktabga qay darajada ruhiy tayyorgarligi darajasi diagnostika qilinadi. Shuningdek, asosiy vazifa bolalar mehnatining qay turiga tayyor turishlari, ularda aqliy mehnat bilimga qiziqishni o'stirish, ularni kelajakdagi mustaqil faoliyatiga qay darajada tayyor ekanligi diagnostika qilinadi.
❖ Bolalar bog‘chasidagi beriladigan ta’lim qay darajada rivojlantiruvchi ekanligi diagnostika qilinadi.
«> Psixolog bolalar bog‘chasi bilan maktab o‘rtasida izchil aloqa bor yoki yo'q lig in i diagnostika qiladi.
❖ Psixolog bog‘cha yoshidagi bolalar egallashlari lozim bo‘l gan bilim va tushunchalar mazmunini, tevarak atrofdagi xayot to 'g ‘risidagi tasavvurlar va ayrim oddiy tushunchalar mavjudligini psixologik jihatdan diagnostika qiladi. Bolalar tomonidan tasavvur va tushunchalarning egallab olinishi ya’ni bolalarda har xil sohalar bo‘yicha o'zlashtirgan umumiy tasavvurlar sistemasi ularning kelajakda umumiy - rivojlanishi uchun nihoyatda zarur bo‘lib, busiz ular hozirgi zamon Davlat ta ’lim standartlari asosida kerakli bilim, ko'nikma, malakalarni egallay olmaydilar.
Bog'cha yoshidagi bolalarning keng tarqalgan muammolari quyidagilardir:
1. Bola psixik taraqqiyoti darajasining yosh normasiga mosligi, ya’ni rivojlanishdagi qiyinchiliklar: xotira, diqqatning yomonligi va boshqalar.
2. Maktabda o‘qishga tayyorgarlik. Bu yerda muammo ota- onaning bolani 6 yoshdan o'qitishga qaror qilinganligi va bu bilan bog’liq bola maktabda yaxshi o‘qib, keta oladimi yoki yo‘qmi.
3. Shaxsiy rivojlanishning salbiy ko‘rinishlari va odamlarga kirishib ketishlik muammolari.
4. Bolaning o'z harakatlarini rejalashtira, boshqara va baholay olmasligi. Ota - onaning bola bilan nizolashishi.
5. Bolaning bolalar muassasasiga ko‘nikishi.
Yuqoridagi keng tarqalgan muammolarni tuzatish masalalariga to'xtalsak. unda b o g ‘cha yoshidagi shaxsni mukammal o‘rganishimiz kerak. Chunki, bog‘cha yoshidagi bolalarning aqliy taraqqiyotini korreksiya qilish sezgi va idrok qobiliyatlarini rivojlantirish vazifalarini o‘z ichiga oladi. Barcha bolalar uchun rasm chizish, plastilindan har xil narsalar yasash, aplikatsiya va qurilish faoliyatlari keng qoMianiladi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning tafakkurini tuzatishda bilish motivlarini rivojlantirish, obrazli tafakkurini rivojlantirishda esa syujetli va rolli o‘yin!ar, qoidali o ‘yinlar muhim rol o ‘ynaydi.
Bolaning maktabda yetuklik darajasini aniqlash, y a’ni ta ’lim olishga tayyormi yoki y o ‘qmi, bilish lozim. Buning uchun alohida metodikalar mavjud. Bolalar bilan dastlabki tanishish uchun Kern Yirasek testi , " Uycha ", "Grafik diktant", "Torens" metodikalari va boshqa testlar qulaydir. Masalan, Kern Yirasek testiga to ‘xtalib o‘tamiz.
Bu test 3 ta topshiriqdan iborat.
1. Erkak kishining rasmini chizish.
2.Gapni ko‘chirish.
3. Nuqtalarni ko'chirish.
Har bir topshiriq 5 baholi sistema bilan baholanadi. Topshiriq natijalari qo‘shilib, umumiy baho 13-15 ballgacha to ‘plagan bolalarning taraqqiyoti yuqori hisoblanadi. 10-13 ballgacha o‘rtacha, 9-6 ballgacha normadan past deb hisoblanadi. 5 ball olgan bolalarni chuqur o‘rganish, tekshirish zarur. Ular orasida nosog‘loin bolalar boMishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda shuni nazarda tutish kerakki ushbu guruhdagi bolalarni keyinchalik chuqur tekshirmasdan turib, ularni past, quyi rivojlangan, maktabga tayyormas guruhga qo‘shish kerak emas. Yirasekning fikri bo‘yicha, yaxshi natija olish bu maktabda yaxshi o‘zlashtirishning nisbatan ishonchli asosidir, lekin yomon natija maktabga tayyor emaslik, yomon o‘zlashtirish haqida xulosa chiqarishga ishonchli asos boMmaydi.
“O‘yinchoqlar bilan berkinmachoq”
Dostları ilə paylaş: |