Mavzu №9: Bilish jarayonlari diagnostikasi


Ilk o ‘spirinlik davrida psixoprofilaktika va psixokorreksiya bosqichlari



Yüklə 290,62 Kb.
səhifə27/38
tarix07.01.2024
ölçüsü290,62 Kb.
#211518
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Mavzu №9 Bilish jarayonlari diagnostikasi-fayllar.org (1)

4. Ilk o ‘spirinlik davrida psixoprofilaktika va psixokorreksiya bosqichlari
Ilk o'spirinlik davrini ikkinchi o'tish davri deb hisoblash mumkin.
Agar birinchi o'tish davri ko'p ro q bolalikka yaqin bo'Isa, ikkinchi o'tish davrida boMgan o'spirin ko'proq yoshlik davriga yaqindir va shu jihatidan oMganiladi hamda tadqiq etiladi. Ilk o'spirinlik davri, asosan, unda mustaqil hayotning boshlanishi (o'rta maktabni tamomlab, litsey, kollejlarga kirishi)bilan xarakterlanadi. Hayotdagi bu o‘zgarishlar ilk o‘spirinning shaxsiga, o‘z-o‘zini anglashiga ta’sir ko‘rsatadi.
O'sm irlardan farqli oMaroq ilk o‘spirinlar katta hayotni tasavvur etmaydilar, balki unda ishtirok etadilar.
Ilk o‘spirinlarning mustaqilligi ortishi bilan kattalarning unga munosabatlari ham o‘zgaradi. Kattalar o ‘smirga ko‘proq bola deb qarasalar, ilk o‘spirin yoshdagilarga katta odamdek munosabatda boMadilar. Ilk o‘spirinlar hayotda o‘z o‘rnini topishga nisbatan intilishi anglangan holatda boMadi. U o ‘z hayotiy rejalarini amalga oshirish uchun harakat qila boshlaydi va m a’lum bir kasbni egallay boshlaydi yoki shu soha b o ‘yicha akademik litseylarda o ‘qishini davom ettiradi.
O 'spirinlar tanlagan sohalari yoki kasblarida ju d a katta yangiliklar, kashfiyotlar qilgilari keladi, lekin asta-sekinlik bilan yangilik va kashfiyotlar qilish uchun ularda bilim va tajriba yetishmayotganligini, buning uchun ko‘proq o'qish va o ‘rganishlari kerakligini anglay boshlaydilar. Hayot faoliyati kengaygan sari o ‘spirinlarda ijtimoiy rollar kengligi faqat miqdor tomondangina kengayib qolmay, balki sifat tomonidan ham o ‘zgarib boradi.
M a’lutn bir kasbda faoliyat ko'rsatishni boshlayotgan o ‘spirin unga intellektual, ijtimoiy-psixologik hamda axloqiy jihatdan tayyor boMishi kerak. 0 ‘smirlik davrining oxirlari va o'spirinlik yoshiga kelib, ularda mehnat ko'nikm a va malakalari rivojlanadi. Bu ko‘nikma va malakalari ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatlari bilan to ‘g ‘ridan- to ‘g ‘ri bogMiq. Har qanday kasbiy ko'nikm a va malakalarning o'sishi, aw alo , o'spirin intellektining umumiy rivojlanganlik darajasiga bogMiq.
Shuning uchun ham bu davrdagi o ‘spirinlar intellektining rivojlanishiga alohida e ’tibor berishi lozim. Bu yoshdagi bolalarga muloqotga kirishish ehtiyojining mavjudligi ham ju d a muhim, lekin u yetakchi emas, faqat tanlagan kasb va y o ‘nalishlari bo‘yicha m ashg'ul boMniagan o ‘spirinlargina k o ‘proq tengdoshlari bilan muloqotda boMishga ehtiyoj sezadilar. Bu yoshdagi bolalar mehnat faoliyati bilan xuddi kattalardek shug‘ullana oladilar. Ilk o'spirinlik davrini kasbiy bilim, ko'nikm a va malakalarning shakllanishi uchun senzitiv davr deb hisoblash mumkin.
O 'zining kasbiy taqdirini tasodifan yoki noto'g 'ri hal etilishi murakkab ichki kechinmalarga, ikkilanishlarga, ziddiyatlarga olib kelishi mumkin.
Bu esa yigit va qiz hayoti uchun ham, jam iyat uchun ham katta zarar keltiradi. Kasb tanlash vaqtida ilk o'sp irin lar o‘z moyilligi va qobiliyat- larini shaxsiy sifatlar, xususan, nerv sistemasining tipi, analizatorlar xususiyati, emotsional-irodaviy sifatlarini ham hisobga olishlari zarur.
O‘quvchilarni kasb-hunarga y o‘naltirish tizimining asosiy tarkibiy qismlari quyidagi faoliyatlardan iborat:
- o‘z ichiga kasbiy targ’ibot va tashviqotni olgan kasbiy m a’rifat (kasbiy axborot) ;
- u yoki bu soha. kasbga boMgan shaxsiy qiziqish va qobiliyat- larining birlamchi kasbiy diagnostikasi;
- kasb tanlashda mutaxassislar tomonidan individual, guruhiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan kasbiy konsultatsiya;
- ko‘proq muvaffaqiyatga erishishi mumkin bo‘lgan kasbni tanlab olishga qaratilgan kasbiy tanlov;
- ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida amalga oshiriluvchi ijtimoiy-kasbiy adaptatsiya (moslashuv);
- tanlangan kasbni o‘rganish jarayonida burch, mas’uliyat, kasbiy or-nomus, oriyat hislarini o'quvchilarda shakllantirishga qaratilgan kasbiy tarbiya.
Ular ichidan kasbiy ma’rifat (kasbiy axborot) o‘quvchilarga kasblar olami, kasblarning belgi va xususiyatlari, kasb klassifikatsiyasi, kasblar professiogrammasi, hududning qaysi kasblarga ehtiyoji borligi to‘g‘risidagi axborotlami berishdan iborat bo‘lib, ular asosida o‘quvchi o‘zini qiziqtirgan, jamiyat uchun zarur bo‘lgan kasbni tanlaydi.

Yüklə 290,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin