15-mavzu: Bilish jarayonlari korrektsiyasi va taraqqiyoti. Shaxslararo munosabatlarnihg korrektsiyalash
Reja: 1.Bilish jarayonlari klassifikatsiyasi. Bilish jarayonlarini korreksiyalash va rivojlantirish tamoyillari.
2.Kichik maktab yoshidagi diqqatni rivojlantirish.
3.Xotiraning rivojlanishi.
4.Tafakkur rivojlanishi.
5.Xayolning rivojlanishi.
6. Nutqning rivojlanishi.
Mavzuning o'quv maqsadi: talabalarni bilish jarayonlarini korreksiyalash va rivojlantirish tamoyillari bilan tanishtirish.
Darsning vazifa si: Talabalarga turli yosh davrida bilish jarayonlari korreksiyasi va rivojlantirish usullari haqida ma’lumot berish.
Tayanch tushunchalar:bilish jarayonlari, diqqat, xotira, tafakkur, xayol, nutq.
1. Bilish ja rayonlari klassifikatsiyasi. Bilish jarayonlarini korreksiyalash va rivojlantirish tamoyillari Odatda inson ongi uni qurshab turgan tev arak-atrof haqidagi bilimlar m ajm uasidan iborat bo‘lib, lining tuzilishi tarkibiga shunday bilish jarayonlari kiradiki, ularning bevosita yordami bilan shaxs o‘z axborotlari ko‘lamini uzliksiz ravishda boyitib boradi.Insondagi bilimlar sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol singari bilish jarayonlari yordamida asta-sekin anglashinish darajasiga ko'tariladi. keyinchalik esa muayyan turkum larning tarkibiga kiradi.
Bilish jarayonlarini korreksiyalash va rivojlantirish tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Faollik tamoyili. Bu tamoyil ko‘proq eksperimental psixologiya asosida quyidagi g'oyaga bo‘ysunadi: Inson eshitganlarining 10% ini, ko‘rganlarining 50% ini, aytib berganlarining 70% ini va nihoyat o'zi qilganlarining 90% ini o‘zlashtiradi.
2. Ijodiylik tamoyili.Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundan iboratki, trening davomida ishtirokchilar guruhi psixologiyada aniq boMgan, kashf etib ulgurilgan g‘oyalar, qonuniyatlarni topadilar, kashf qiladilar, eng asosiysi esa o‘zlarining shaxsiy resurslarini, imkoniyat va sifatlarini anglab yetadilar.
3. Xulq-atvor ob’ektivlashishi (anglab yetilishi) tamoyili. Mashqlar davomida ishtirokchilar xulq-atvori impulsivlikdan ob’ektivlik darajasiga bo‘ladi va trening davomida o'zgarishlar kiritish imkonini beradi. Xulq-atvor obektivligining universal vositasi sifatida aks aloqa hisoblanadi. Guruhdagi aks aloqani yuzaga kelishini ta’minlash trenerning m as’uliyatidir.
4. Sheriklik (Sub’ekt-sub’ektlik) muloqoti tamoyili. Sheriklik yoki sub’ekt-sub’ektlik muloqoti boshqalar manfaati, ular hissiyotlari, his-tuyg‘ulari, qayg'ulari, boshqa insonning shaxsiy qadr qimmati deb tan olinadi. Buning qo‘llanilishi guruhda ishonch, ochiqlik iqlimini yaratadi.
Yuqoridagi tamoyillardan tashqari, treningning samarali boMishi maMum bir jihatdan trenerning spetsifik prinsiplariga ham bog’liqdir.
Trener har doim trening o‘tkazishga kirishishdan avval o'ziga: Men qanday maqsadga erishmoqchiman? Men nima uchun shu maqsadga erishmoqchiman? Men qanday vositalar bilan unga erishmoqchiman? kabi savollarini berishi lozim.
Bu savollarga javobni trenerga guruh bilan ishlash davomida diagnostik tadqiqotlar ochib beradi.